Ramzan Qodirov Komil Allamjonovga tahdid qildi, prezident Mirziyoyev atrofidagi "tayyorgarlik"dan ogohlantirdi

Surat manbasi, Kadyrov_95
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezident devonining sobiq amaldori Komil Allamjonovga "odatlari bo‘yicha" javob berish bilan tahdid qildi va bo‘layotgan hodisalar O‘zbekiston prezidenti atrofida ko‘rinishdan zararsiz, ammo xavotirli tayyorgarlik qo‘ng‘irog‘i ekanligini aytdi.
Ramzan Qodirov O‘zbekiston ikki chechenistonlikni Komil Allamjonov va yana bir amaldor Dmitriy Liga suiqasd ishi bo‘yicha qidiruvga berganligi ortidan Telegram kanalida munosabat bildirib chiqdi.
Checheniston rahbari bundan ikki oy oldin Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan Toshkentdagi hujumni suiqasd deb atash qiyin degan. O‘zining ushbu amaliyotga aloqasi borligini yana bir bor rad qilgan.
"O‘shanda aytgandim, yana qaytaraman: agar buni men tayyorlaganimda, ishni o‘sha kuni oxiriga yetkazardim. Men haqimda bunday yomon fikrda bo‘lmang", degan u.
Qodirov O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar agentligi direktori Dmitriy Liga hayotiga nisbatan suiqasd buyurmasini "g‘alati" degan. U ushbu hodisani surishtirayotgan O‘zbekiston tergovchilariga nisbatan xizmat tekshiruvi ochilishi kerakligini urg‘ulagan.
"Menimcha, ushbu voqeani chuqur o‘rganish bilan birga, u bilan shug‘ullanayotgan tergovchilarga nisbatan xizmat tekshiruv zarur", degan Ramzan Qodirov.
Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston rahbari "bu shov-shuvlarning barchasi ichkaridagi ma’lum taraf" tomonidan o‘zlarining uzoqqa cho‘zilgan sahna orti o‘yinlari uchun foydalanilayotganiga ishonchi komilligini aytgan.
Qodirov nima bo‘lgan taqdirda ham chechen izlarini bu "hiyla-nayranglarga jalb qilmaslikni qat’iy maslahat" bergan.
Ramzan Qodirov O‘zbekistondagi nufuzli oila bilan do‘stligidan faxrlanishi bildirgan.
U bo‘layotgan hodisalarni O‘zbekiston prezidenti atrofida tayyorlanayotgan ishning xavotirli qo‘ng‘irog‘i ekanligini ta’kidlagan.
"Sodir bo‘layotganlar O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti atrofida tayyorlanayotgan narsalar haqida ilk xavotirli va ko‘rinishdan zararsiz qo‘ng‘iroqdir. Rangli inqiloblarning g‘arbparast stsenariylari har xil, lekin ular har doim kichik mojarolardan boshlanadi", deya ogohlantiradi Checheniston rahbari.
Ramzan Qodirov ayrim OAV go‘yoki prezidentning qizi va kuyovi hokimiyatga da’vo qilishi mumkinligi haqida "ertak" to‘qigani haqida to‘xtalgan.
Birinchidan, Shavkat Mirziyoyevning qizlari bunchalik ahmoq emas. Ikkinchidan, qaynotasini ota deydigan Otabek Umarovning xarakteri va fidoyiligini kam odam biladi.
U bu xabarlar Mirziyoyevning qaysi qizi va qaysi kuyovi haqida hamda qaerda chiqqaniga oydinlik kiritmagan.
Ammo Checheniston rahbari ushbu xabarlarga oila nomidan javob berganini ko‘rish mumkin.
"Bu, albatta, kulgili. Birinchidan, Shavkat Mirziyoyevning qizlari bunchalik ahmoq emas. Ikkinchidan, qaynotasini ota deydigan Otabek Umarovning xarakteri va fidoyiligini kam odam biladi. U prezidentga nihoyatda sodiq inson, Shavkat Miromonovichga zarar berishni xayoliga ham keltirmaydi. Men undan ko‘ra, Grozniyga boshqa galaktikadan o‘zga sayyoraliklar kelishiga ishongan bo‘lardim", deydi Ramzan Qodirov.
Qodirov kimdir yaxshi jamoaga putur yetkazishga, tizimni buzishga harakat qilayotgani ko‘rinib turganini ta’kidlagan.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
"Bu mamlakat rahbariyatiga tahdid soladigan puxta o‘ylangan stsenariydir. Prezidentni ishonchli muhitdan mahrum qilish uchun, birinchi navbatda rahbariyatga sodiq odamlar hujumga uchramoqda" degan u.
Checheniston rahbari O‘zbekiston prezidenti oilasi vakillarini bo‘layotgan voqea-hodisalarga bayonot berib, mish-mishlarga barham berishga chaqirgan.
Ramzan Qodirov murojaatini O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonov va O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar agentligi direktori Dmitriy Liga tahdid bilan yakunlagan.
"Komil Allamjonov va Dmitriy Liga qurbon rolini o‘ynamaslikni tavsiya qilaman. Nimani rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, o‘z vaqtida to‘xtatganingiz ma’qul. Aks holda barcha hiyla-nayrang, tuhmat va uydirmalar uchun javob berishingizga to‘g‘ri keladi. Hozir men odatlarimizga ko‘ra javob haqida gapiryapman", deydi Ramzan Qodirov.
Sobiq amaldorga suiqasd

Surat manbasi, Facebook/Allamjonov
Shu yilning 26 oktyabr kuni Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonov o‘tirgan mashina Qibray tumanida noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgandi.
Hodisadan sobiq amaldor va haydovchisi jarohatlanmagani aytilgan.
Shundan biroz o‘tib O‘zbekiston DXX rahbari ishdan olindi.
"Ozodlik" radiosi hodisada "chechen izi" haqida yozdi.
Nashr suiqasddan bir oy o‘tib Shavkat Mirziyovning kuyovi Otabek Umarov Prezident xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatilganini xabar qildi.
25 noyabrь e’lon qilingan rasmiy xabarda Otabek Umarov Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangani aytildi.
Otabek Umarovning Prezident davlat xavfsizlik xizmatidan ketgani borasida rasmiy xabar yoki izoh berilmadi.












