So‘xga o‘tish-qaytishni 24 soat ochib qo‘yish mushkulmi? Video

Oktyabr oyining oxirgi kunlarida O‘zbek-Qirg‘iz chegarasida bir necha soatga cho‘zilgan uzun navbatlar yuzaga keldi

Surat manbasi, Facebook

Surat tagso‘zi, Oktyabr oyining oxirgi kunlarida O‘zbek-Qirg‘iz chegarasida bir necha soatga cho‘zilgan uzun navbatlar yuzaga keldi
O'qilish vaqti: 3 daq

Oxirgi kunlarda O‘zbekistonning So‘x anklavi aholisining Farg‘onaga kelib-ketishi qiyinlashdi. Chegara postlaridan o‘tib qaytishda bir necha soatlik navbatlar yuzaga keldi, insonlarning tobi qochgani xabar qilindi.

Buning asosiy sababi odamlar va avtomobillarni tekshirib o‘tkazadigan Qirg‘iziston chegara postlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati cheklangani deb ko‘rilayapti.

Aloqador mavzular

So‘xliklarning Bi-bi-siga aytishlaricha, uzun navbatlar va chegara tekshiruvidan o‘tib olish uchun 4-5 coatlab vaqt sarflash vaziyati oktyabr oyining 20-sanalaridan keyin deyarli har kuni kuzatilayapti.

Chegaradan o‘tish-qaytish qiyinlashganidan, ayniqsa, bolalar, keksalar va bemorlarga og‘ir bo‘lgan.

29-oktyabr kuni So‘xga Farg‘ona viloyatining Vodilidan kirib borgan so‘xlik taksi haydovchisining aytishicha, shu kuni o‘tish-qaytishi oson bo‘lgan.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, So‘x, Shohimardon xaritasi

O‘zbekiston hududi hisoblangan So‘x, Shohimardon va Cho‘ng‘ara qishlog‘i Qirg‘izistonning Botken viloyati ichkarisida joylashgan.

So‘x, Shohimardon va Cho‘ng‘araga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan Vodil va Rishton chegara postlaridan o‘tib boriladi.

Rishtondan So‘xgacha 60 kilometrcha, Vodildan So‘xgacha 100 kilometrcha Qirg‘iziston hududini bosib o‘tish talab qilinadi.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

Uch aholi maskani yashovchilari va tujjoriy yuk ortilgan transport vositalarini Qirg‘iziston chegara va bojxona rasmiylari bittama-bitta tekshiradilar, shaxsiy ehtiyoj va sotish uchun olib borilayotgan tovarlarni farqlash maqsadidagi tekshiruvlar ham chegaradan o‘tish fursatini uzaytiradi.

So‘xliklarning aytishlaricha, chegaradan o‘tish-qaytishni osonlashtirish maqsadida rahbariyatga murojaat qilganlari ortidan shu yil iyunidan oktyabrigacha chegara maskanlari 24 soat ishlash tartibiga o‘tkazilgan.

Bu o‘zbekistonliklarning hayotini osonlashtirgan, yozda so‘lim hordiq chiqarish maaskanlariga sayyohlarning borishini ham yengillashtirgan.

Farg‘ona viloyat hokimligi mas’ulining Bi-bi-siga aytishicha, oxirgi kunlardagi chegaradagi tirbandliklar Qirg‘iziston rasmiylarining o‘z hududida ko‘prikni ta’mirlayotganlari bilan bog‘liq.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Ammo so‘xliklar o‘z manzillariga yetish uchun So‘x daryosi ustidagi ko‘prikdan foydalanishga to‘g‘ri kelmasligini aytadilar.

"Eng katta muammo - budkalarining soni kamligi", deydi So‘x yashovchisi.

"Faqat yozda turistlar kelgani uchun emas, doim chegarani 24 soat ochib qo‘ysalar, yaxshi bo‘lardi", deydi u.

Chunki hozir chegaradan o‘tkazish nuqtasining ishlash vaqti cheklangan, ish vaqti tugaganidan keyin kelgan insonlar ertalabgacha shu yerda kutib qolishga majburlar.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

So‘xliklar Samarqandda boshlangan UNESCO anjumaniga murojaat yo‘lladilar, So‘xni muloqot markaziga aylantirish bilan mushkullarini hal etishga yordamlashishga chaqirdilar.

O‘zbekistonning So‘x tumani aholisi 87000 ni tashkil etadi.

So‘xliklarning o‘zlari "100 mingga yetib qoldik" deyishadi.

2020 yili Qirg‘iz ovuli yashovchilari va so‘xliklar o‘rtasida nizo kelib chiqdi, u yerga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning shaxsan o‘zi borishiga to‘g‘ri keldi.

Prezident Mirziyoyev va Prezident Japarovning keyingi yillardagi kelishuvlari so‘xliklarning hayotini ham osonlashtirdi, So‘x ichidagi yo‘llar, maktablar qurilishiga e’tibor kuchaydi.

2021 yil noyabridan buyon So‘x va Farg‘ona o‘rtasida avia qatnov yo‘lga qo‘yilgan, haftasiga 3-4 parvoz amalga oshiriladi.

Ammo quruqlikdagi Qirg‘iziston hududi hamon So‘xni O‘zbekiston bilan bog‘laydigan asosiy yo‘l hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating