Birinchi o‘pishish 21 million yil avval paydo bo‘lgan, deydi olimlar

Rasm turli hayvonlarning o‘zaro o‘pishib turganini ko‘rsatadi. Soat yo‘nalishi bo‘yicha yuqoridan chapga: ikki maymun o‘zaro o‘pishmoqda, yuzi bir-biriga tegib turgan ikkita lemur, og‘zidan o‘pishayotgan ikkita gepard, bir orangutan boshqa birining yuzidan o‘payapti, ko‘zlari yopiq holda o‘pishayotgan ikkita maymun va og‘zidan o‘pishayotgan ko‘rinishidagi ikkita jirafa rasmi

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Tadqiqotchilar bir nechta hayvon turlari o‘pishuv xatti-harakatlar qilishini isbotlashdi
    • Author, Viktoriya Gill
    • Role, BBC News
  • O'qilish vaqti: 3 daq

Odamlar, maymunlar va hatto oq ayiqlar ham bu ishni amalga oshirishadi. Endilikda olimlar o‘pishishning evolyutsion ildizlarini qayta tiklashdi.

Tadqiqotga ko‘ra, og‘izdan-og‘izga o‘pishish 21 million yildan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, bu odamlar va maymunlarning umumiy ajdodlariga xos bo‘lgan.

Tadqiqot shuningdek neandertallarning ham o‘pishgan bo‘lishi mumkinligini, hatto odamlar va neandertallar bir-birini o‘pgan bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatdi.

Getty Images
Insonlar, shimpanzelar va bonobolar bir-birlarini o‘pishadi. Ularning eng yaqin ajdodlari o‘zaro o‘pishgan bo‘lishi mumkin.
Matilda Brindel
Oksford universiteti biologi (Batafsil: bbc.co.uk/uzbek)

O‘pishish evolyutsion jumboq hisoblanadi. Uning mavjudotning tirik qolishi yoki ko‘payishi uchun foydasi bo‘lmasa-da, u nafaqat ko‘plab insonlar orasida, balki hayvonlar olamining ko‘p qismida ham kuzatiladi. Shu sababdan olimlar bu hodisani o‘rganish uchun mazkur tadqiqotni amalga oshirgan.

Rasmda ikki maymun ko‘zlari yopiq holda o‘zaro o‘pishayotgani ko‘rsatilgan.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Olimlar o‘pishishni "lab yoki og‘iz qismlarining harakati bilan, ovqat almashinuvisiz, og‘izdan-og‘izga tegishish" deya ta’riflashdi

Boshqa hayvonlar o‘zaro o‘pishgani haqida dalillarni topib, olimlar "evolyutsion nasl daraxti" ni tuzishga muvaffaq bo‘lishdi.

Turli xil hayvon turlari o‘rtasida bir xil xatti-harakatlarni taqqoslash uchun tadqiqotchilar "o‘pishish"ga juda aniq, balki romantik bo‘lmagan ta’rif berishlari kerak edi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Evolyutsiya va inson xulq-atvori nomli jurnalda chop etilgan tadqiqotda, ular o‘pishishni agressiv bo‘lmagan "ovqat o‘tkazilmasdan, lab va boshqa og‘iz qismlarining harakatlanishi" deya, to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘iz-og‘iz kontakti sifatida ta’riflashdi.

Oksford universitetining evolyutsiya biologiyasi bo‘yicha olima Matilda Brindel: "Insonlar, shimpanzelar va bonobolar bir-birlarini o‘pishadi", deb tushuntirdi. U shunday xulosaga keldi: "Ularning eng yaqin ajdodlari o‘zaro o‘pishgan bo‘lishi mumkin. Nazarimizda, o‘pishish 21,5 million yil oldin yirik maymunlarda paydo bo‘lgan".

Maymunlar o‘zaro o‘pishmoqda

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Maymunlar o‘zaro o‘pishmoqda

Bu tadqiqotda ular o‘z ilmiy ta’riflariga mos keladigan o‘pishish xatti-harakatini bo‘rilar, cho‘l itlari, oq ayiqlar (chindan ham nozik va juda ko‘p til harakati bilan) va hatto albatroslardan ham topishdi.

Olimlar odamdagi o‘pishuvning kelib chiqish evolyutsion manzarasini yaratish uchun asosan primatlarga, ayniqsa odamga yaqin maymunlarga e’tibor qaratishdi.

Aloqador mavzular:

Tadqiqot taxminan 40 ming yil avval yo‘q bo‘lib ketgan insoniyatning eng yaqin qadimgi qarindoshi neandertallar ham o‘pishganini ko‘rsatdi.

Neandertal DNKsi bo‘yicha qilingan tadqiqot zamonaviy odamlar va neandertallar og‘iz bo‘shlig‘ida yashovchi so‘lakda uchraydigan bakteriyalar va mikroblarning bir turini o‘zaro almashishganini ko‘rsatgan edi.

"Bu topilma ikki tur ajralib ketganidan keyin ham yuz minglab yillar davomida ular so‘lak almashinishganini anglatadi" deya tushuntirdi doktor Brindel.

Ikki maymun bir-birini og‘zidan o‘pmoqda

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Olimlar bu xatti-harakat "biz va bizning inson bo‘lmagan qarindoshlarimizga xosdir" deya ta’riflaydi

Mazkur tadqiqot o‘pishish qachon paydo bo‘lganini aniqlagan bo‘lsa-da, "nima uchun" degan savolga javob topa olmadi.

Bunga doir bir nechta nazariyalar mavjud bo‘lib, aytilishicha, o‘pishish bizning maymun ajdodlarimizdagi tozalash yoki parvarish qilish xatti-harakatidan kelib chiqqani yoda juftning sog‘lig‘i yoki mosligini baholashning yaqin, intim usuli bo‘lishi mumkin.

Chaqaloq Sumatran orangutani (chapda) katta orangutanni (o‘ngda o‘tirgan) o‘pmoqda. Quyoshli kunlarda hayvonlar o‘tda yonma-yon o‘tirib, bir-biridan mamnun ko‘rinadi.

Surat manbasi, Chester Zoo

Surat tagso‘zi, Ko‘plab yirik maymunlar o‘pishuv xatti-harakatini amalga oshirishadi

Doktor Brindel bu tadqiqot mazkur savolga javob topishda yangi yo‘l ochadi, deya umid qiladi.

"Bu xulq-atvor bizning inson bo‘lmagan qarindoshlarimiz bilan bo‘lishadigan jihatlarimizdan biri ekanini tushunishimiz muhim," dedi u.

"Biz bu holatni o‘rganishimiz kerak, insonlarda romantik ma’noga ega bo‘lgani uchun uni shunchaki e’tiborsiz qoldirmasligimiz lozim."