Yosh avlod dunyo bo‘ylab hukumatlarni ag‘darib tashlamoqda – Ijtimoiy tarmoq isyonlari siyosat va hayotni o‘zgartiradimi?

Keniya poytaxti Nayrobida 2025 yil 7 iyulda tashkil etilgan norozilik namoyishi ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar.

Surat manbasi, Donwilson Odhiambo / Getty Images

Surat tagso‘zi, Keniyadagi Z avlodi (Generation Z - 2000-yillarda tug‘ilganlar) mamlakatdagi 1990 yillardagi demokratik harakatni xotirladilar
    • Author, Luis Barrucho va Tessa Vong
    • Role, BBC Jahon xizmati
  • O'qilish vaqti: 7 daq

Marokashdan Madagaskargacha, Paragvaydan Perugacha bo‘lgan yoshlarning norozilik namoyishlari butun dunyoni qamrab olayapti. Z avlodi, ya’ni 13 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hukumatlarga norozilik bildirmoqda va o‘zgarishlarni talab qilmoqda.

Bu harakatlardagi umumiylik shuki, ishtirokchilar nisbatan yosh va harakatlar asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘zg‘atilmoqda. Biroq, mutaxassislar bu harakatlarning o‘z ichida o‘z halokati urug‘lari bo‘lishi mumkinligidan ham ogohlantiradilar.

Madagaskarda elektr energiyasi va suv tanqisligi tufayli bo‘lgan norozilik namoyishlari hukumat ag‘darilishiga olib keldi.

Aloqador mavzular

Nepalda korruptsiya va qarindosh-urug‘chilikka qarshi namoyishlar Bosh vazir iste’fosiga sabab bo‘ldi.

Peruda yoshlar olomoni korruptsiya va o‘sib borayotgan xavfsizlik muammolariga qarshi norozilik bildirish uchun avtobus va taksi haydovchilar bilan birga Kongressga yurish qildilar.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Indoneziyada vaqtinchalik ishchilar ijtimoiy ta’minot qisqarishiga qarshi norozilik bildirdilar.

Marokash ham so‘nggi yillardagi eng yirik hukumatga qarshi mitinglarga guvoh bo‘ldi.

Namoyishchilar sog‘liqni saqlash va ta’limni yaxshilashni talab qilish bilan birga, Jahon chempionati stadionlariga sarflangan milliardlab dollar mablag‘larni tanqid qildilar.

Perudagi norozilik namoyishi.

Surat manbasi, Klebher Vasquez / Anadolu via Getty Images

Surat tagso‘zi, Z avlodi namoyishchilari Peruda rasmiylarning korruptsiyaga botgani da’volari hamda xavfsizlik vaziyati yomonlashayotganiga qarshi tashkil qilingan norozilik namoyiishida parlament binosini qo‘riqlayotgan politsiya bilan to‘qnashdilar

Ushbu norozilik harakatlarining barchasida ijtimoiy tarmoqlar birdamlik, taktik muvofiqlashtirish va chegaralararo tajriba almashish platformasi sifatida markaziy rol o‘ynadi.

Germaniyaning Global va mintaqaviy tadqiqotlar instituti xodimi Janjira Sombatponsirining aytishicha, biroq bular "raqamli aloqa orqali shakllangan yoshlar boshchiligidagi norozilik namoyishlarining 15 yillik to‘lqini" davomidir.

Marokash poytaxti Rabotda 2025 yil 3 oktyabrida tashkil etilgan norozilik namoyishi ishtirokchilari maorif va sog‘likni saqlashda islohotlar talab qildilar, korruptsiyani qoraladilar.

Surat manbasi, Abu Adem Muhammed / Anadolu via Getty Images

Surat tagso‘zi, Marokashda yillarki bu qadar yirik aksilhukumat yurishlari uyushtirilmagan edi. Bu galgi protestlarni Gen Z tashkillashtirdi

Bu to‘lqin 2010-2011 yillardagi Arab bahorini, 2011 yildagi "Uoll-stritni egallang" harakatini, 2011-2012 yillarda Ispaniyada byudjet xarajati qisqarishiga qarshi "Indignados" harakatini, Tailand (2020-2021), Shri-Lanka (2022) hamda Bangladesh (2024)dagi demokratiyani qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarni qamrab oladi.

A man wearing a red and black T-shirt with the words: @Socialism Yes! SYU Sri Lanka@ stands facing a line of police in brown uniforms with white helmets on 24 September 2024. He has his right arm raised in the air.

Surat manbasi, Akila Jayawardana / NurPhoto via Getty Images

Surat tagso‘zi, Shri-Lanka Yoshlar Ittifoqini qo‘llab-quvvatlayotgan namoyishchi 2022 yil sentyabrida poytaxt Kolomboda politsiya safi qarshisida turipti

"Korruptsiya yaqqol ko‘rinadi"

AQShning Karnegi xalqaro tinchlik jamg‘armasi tahlil markazi katta ilmiy xodimi Stiven Feldshteyn bu hodisa ildizlarini yanada uzoqroqqa – 2001 yilda Filippindagi Ikkinchi xalq hokimiyati inqilobida SMS xabarlari muhim rol o‘ynaganiga bog‘laydi.

"Yoshlarning ommaviy harakatlar uchun texnologiyadan foydalanishi yangilik emas," deydi u.

Ammo hozirgi farq shundaki, texnologiyalar juda takomillashgan – mobil telefonlar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjer ilovalari va so‘nggi paytlarda sun’iy intellektning keng qo‘llanilishi odamlarni safarbar etishni osonlashtirmoqda.

Nepaldagi noroizilik namoyishidagi qiz

Surat manbasi, Prabin Ranabhat / AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Yaqinda Nepaldagi protestlar qonli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Oqibatda kamida 70 inson halok bo‘ldi, 2000 dan ortiq kishi yaralandi

Janob Feldshteyn shunday deydi: "[Z avlod] shunday ulg‘aygan – ular shunday muloqot qiladi.

Bu avlodning o‘zaro aloqalari buning tabiiy ko‘rinishidir."

Rasmlar va xabarlar avvalgidan uzoqroq va tezroq tarqalmoqda, g‘azab va birdamlikni kuchaytirmoqda.

Avstraliya Milliy universiteti sotsiologi Afina Charan Presto shunday deydi: "Ijtimoiy tarmoqlar hayot tarzi haqidagi oddiy bir postni siyosiy hujjatga va ko‘p hollarda birdamlik chaqirig‘iga aylantirdi.

Korruptsiya ko‘pincha hisobotlarda yoki sud jarayonlarida mavhum bir narsadek tuyuladi, lekin odamlarning qurilmalarida yaqqol ko‘rinadi.

Endi elitaning qasrlar, sport mashinalari, qimmatbaho sumkalar ko‘rinishidagi hashamatli hayoti va oddiy odamlarning kundalik qiyinchiliklari o‘rtasidagi farq shaxsiy haqoratga aylanmoqda, bu yerda korruptsiya ko‘rinarli tus oladi."

Nepallik viloyat vazirining o‘g‘li Saugat Thapa qizil sviter, qora shim va qora Guchchi tuflisida, hashamatli brend qutilaridan yasalgan Rojdestvo archasi yonida tushgan surati.

Surat manbasi, Instagram / sgtthb

Surat tagso‘zi, Nepallik siyosatchining o‘g‘li Instagramda e’lon qilgan Yangi yil archasi oldidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan tushgan foto surati mamlakatda keng miqyosdagi noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi

Bu yil sentyabr oyida Nepalda aynan shunday bo‘ldi – u yerda bir siyosatchining o‘g‘li hashamatli brend qutilaridan yasalgan Mavlud archasi yonida turgani aks etgan Instagram surati norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Xuddi shu holat Filippinda ham kuzatildi.

"Nepal singari, bu Filippindagi yoshlarga ham ta’sir qildi, chunki u allaqachon ma’lum bo‘lgan narsani – siyosiy elitalarning hashamatli turmush tarzini ko‘rsatdi," deydi Presto xonim.

"Filippin misolida esa bu hashamatli hayot siyosatchilarning tobora ko‘proq filippinliklar cho‘kayotgan suv toshqinlarini nazorat qilish loyihalaridan o‘g‘irlagani bilan bevosita bog‘liq."

Ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, chegaralar osha norozilik taktikalarini o‘rganish imkonini berdi.

A black banner reads “Liberate Hong Kong – Revolution of Our Times” in both English and Chinese

Surat manbasi, Delphia Ip / NurPhoto via Getty Images

Surat tagso‘zi, Thai protesters adopted Hong Kong's "be water" tactic - shifting rally locations last minute, via Telegram, to outmanoeuvre police

MilkTeaAlliance xeshtegi, Honkongning 2019 yildagi norozilik namoyishlari natijasida paydo bo‘lgan umumosiyo demokratiya tarmog‘i Myanma, Tailand va undan tashqaridagi faollar uchun markazga aylandi.

Misol uchun, tailandlik namoyishchilar Honkongning "suv kabi bo‘l" yondashuvini o‘zlashtirdilar – so‘nggi daqiqalarda Telegram kanallari orqali mitinglar joyini o‘zgartirib e’lon qilish orqali politsiyani chalg‘itdilar.

"Bu taktika fuqarolarga kuzatuv va hibsdan qochishga yordam berdi," deydi Sombatponsiri xonim.

Qo‘sh tig‘li qilich

Talinad poytaxti Bangkokdagi 2020 yil 29 noyabridagi norozilik namoyishlari payti harbiylar ko‘chalarga sim to‘r to‘shayotgani

Surat manbasi, Anusak Laowilas / NurPhoto via Getty Images

Internetdagi norozilik tarqalishiga ko‘plab avtoritar rejimlar senzura va kuch ishlatish bilan javob berdi. Ammo mutaxassislar ogohlantirishicha, bunday choralar ko‘pincha aks ta’sir ko‘rsatadi – ayniqsa, davlat zo‘ravonliklarining jonli efirdagi tasvirlari jamoatchilik g‘azabini qo‘zg‘atganda, yanada kattaroq namoyishlarni keltirib chiqaradi.

Bangladeshning 2024 yildagi qatag‘oni bunga misol bo‘la oladi – Avami ligasi hukumati internetni o‘chirib qo‘ydi, Raqamli xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun doirasida muxoliflarni hibsga oldi va talaba faollarga qarata o‘q uzdi. Biroq birgina surat – politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan talaba Abu Saidning surati uni shahidga aylantirdi va namoyishchilarning yangi to‘lqinlarini ko‘chalarga olib chiqdi.

A young person wearing dungarees headband displaying the Bangladeshi flag waves a large Bangladeshi flag. The flag is dark green with a red circle in the centre. Dozens of protesters are behind, most wearing identical headbands

Surat manbasi, NurPhoto via Getty Images

Surat tagso‘zi, 2024 yil 31 dekabridaBangladesh poytaxtida tashkil etilgan "Birdamlik yurishi" ishtirokchilari

Shri-Lanka, Indoneziya va Nepalda ham shunga o‘xshash vaziyatlar kuzatildi: namoyishchilarning o‘ldirilishi xalq g‘azabini alangalatdi, talablarni keskinlashtirdi va ba’zi hollarda hukumatlar ag‘darilishiga olib keldi.

Ijtimoiy tarmoqlar norozilik harakatlarini kuchaytirsa-da, ayni paytda ularni parchalanish va qatag‘onlarga ham duchor etadi.

A protester places their foot on the shoulder of a young female demonstrator who is kneeling on the ground while gagged with a rope tied around her upper arms and chest. A painted banner behind them displays 112, the section of Thai law criminalising insulting the monarch.

Surat manbasi, Anusak Laowilas / NurPhoto via Getty Images

Surat tagso‘zi, Tailandda aksilhukumat namoyishchilar Tailand Jinoyat Kodeksidan qirolni obro‘sizlantirish bandini olib tashlashni talab qildilar

Sombatponsiri xonim ta’kidlashicha, yetakchisiz harakatlar "moslashuvchanlik va tenglik tuyg‘usini" beradi, biroq bunday guruhlar infiltratsiya, zo‘ravonlik yoki maqsadlar o‘zgarishiga moyil bo‘lishi mumkin.

Tailandda boshqaruv monarxiya bo‘lishiga qaramay, "Tailand Respublikasi" kabi xeshteglar va kommunistik ramzlar aks etgan postlar ehtimoliy ittifoqchilarni uzoqlashtirdi, natijada 2020-yilgi demokratiya tarafdori bo‘lgan harakat onlayn bahslar tufayli parchalanib ketdi.

Children with their faces painted in the colours of their old national flag, hold the hands up in the V-for-victory position. A boy has his mouth open and is shouting.

Surat manbasi, Patrick Baz / AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, "Arab Bahori"da Yaqin Sharq va shimoliy Afrika mamlakatlarida aksilhukumat qo‘zg‘olonlar kuzatildi

Nepal va Bangladeshda esa yaxshi muvofiqlashtirilmagan namoyishlar vaqti-vaqti bilan zo‘ravonlikka aylanib ketdi.

Shu bilan birga, tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, hukumatlar raqamli vositalarni faollarga qarshi ishlatmoqda.

"Arab bahoridan beri hukumatlar sun’iy intellektga asoslangan kuzatuv tizimlarini, qattiqroq senzurani va repressiv qonunlarni joriy qildi. Bu esa faollarni doimiy xavf ostida ishlashga majbur qilmoqda," deydi Sombatponsiri xonim.

Ekspertlar ijtimoiy tarmoqlar asosidagi norozilik namoyishlarining uzoq muddatli ta’sirini ham muhokama qilmoqda.

Harvard universitetining 2020-yilgi tadqiqotiga ko‘ra, 1980 va 1990-yillarda qurolsiz kampaniyalarning 65 foizi muvaffaqiyatli bo‘lgan, ammo 2010 va 2019 yillar oralig‘ida bu ko‘rsatkich 34 foizga tushgan.

"Ommaviy harakatlar hukumatlar yoki rejimlarda o‘zgarishlar olib kelsa ham, uzoq muddatli o‘zgarishlarga kafolat yo‘q," deydi Sombatponsiri xonim.

"Noroziliklar Suriya, Myanma va Yamandagi kabi fuqarolik urushlariga aylanib ketishi mumkin. Bu esa raqib guruhlarni hokimiyat uchun kurashishga undaydi. Yoki Misr, Tunis va Serbiyadagidek, islohotlar avvalgi rejimlarning mustahkam tizimini buzishga ojizlik qilgani bois, avtokratlar qaytib, o‘z ta’sirini mustahkamlashi mumkin."

Heshteglardan tashqari

Anti-government protesters in Antsiranana, Madagascar rallied on October 2, 2025, calling for a general strike to pressure President Andry Rajoelina to resign.

Surat manbasi, FITA / AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Ekspertlarga ko‘ra, onlayn va oflayn yondashuvlarni birlashtirgan "Gibrid strategiya haqiqiy o‘zgarishlar yasash uchun o‘ta muhim

Janob Feldshteyn shunday deydi: "Mohiyatan, ijtimoiy tarmoqlar uzoq muddatli o‘zgarishlarga mo‘ljallanmagan.

Uni davom ettirish uchun algoritmlar, g‘azab va heshteglarga tayanasiz.

O‘zgarish bo‘lishi uchun odamlar tarqoq onlayn harakatdan uzoq muddatli, ham jismoniy, ham onlayn aloqalarga asoslangan harakatga o‘tishi lozim."

Mutaxassislar, shuningdek, "gibrid strategiyalar" zarurligini ta’kidlaydilar.

Sombatponsiri xonim aytishicha, "ushbu strategiyalarda onlayn faollik ish tashlash va mitinglar kabi an’anaviy norozilik shakllari bilan birlashishi kerak.

Fuqarolik jamiyati, siyosiy partiyalar, institutsional ishtirokchilar va onlayn harakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydigan keng qamrovli ittifoqlar ham muhim ahamiyatga ega."