Millionlab dollar bilan tushayotgan amaldorlar - nega pora miqdori ortib ketdi?

Surat manbasi, ДХХ
Shavkat Mirziyoev davriga nisbat berib atalayotgan Yangi O‘zbekistonda amaldorlarning misli ko‘rilmagan darajada pora bilan qo‘lga tushayotgani va go‘yoki yetarli jazosiz qolayotgani muhokama qilinmoqda.
So‘nggi haftada Andijon viloyati va Chirchiq tumanlaridan ikki hokim o‘rinbosarining shu vaqtgacha misli ko‘rilmagan katta miqdorda pul bilan ushlangani jamiyatda aks-sadolarga sabab bo‘ldi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Millioner amaldorlar
DXX 5 noyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hokimining o‘rinbosari juda katta miqdorda pora olgan vaqtida ushlangani haqida xabar berdi.
Ismi va hokimning qaysi masalalar bo‘yicha o‘rinbosari ekanligi aytilmagan xabardagi mulozim shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yerni 2 million dollarga sotishga kelishgan.
U 1 million AQSh dollari olayotganda ushlangan.
Oldinroq Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimidan yaqinda bo‘shatilgan Botirjon Hamroev qo‘lga olingan vaqti uning uyidan 3 million dollar pul chiqqani xabari berildi.
Bu pullar hokim o‘rinbosari uyida qanday paydo bo‘lib qolgani tafsilotlari aytilmadi.
Andijon viloyatida amaldorlarning pora bilan yoki davlat pullarini talon-taroj qilib qo‘lga tushish holatlari oldin ham kuzatilgan. Rasmiy ma’lumotlarda Andijon respublikada korruptsiya ildiz otgan viloyatlar qatorida birinchi o‘rinda tilga olinadi.
Lekin shunday bo‘lsa-da, nafaqat Andijonda balki ochiq manbalardagi xabarlarga ishonilsa, Hamroev barcha viloyatlardagi amaldorlar ichida bunday katta miqdorda pul bilan qo‘lga olingan ilk mulozim bo‘lib turibdi.
Viloyat yoki shaharda qo‘l ostidagilarining katta miqdordagi talon-taroj qilishiga yoki pora olishiga viloyat, tuman yo shahar hokimlari ham siyosiy javobgar bo‘lishi kerakmi?
Jinoiy emas, siyosiy javobgarlik masalasini ko‘rish kerak. Qozog‘istonda shunday qilishdi. Men bu taklifni doim berib kelganman. Albatta vazirlar qarshi bu gapimga.
Andijonda o‘zi nima bo‘lgandi?

Surat manbasi, Андижон вилоят ҳкоимлиги
Daryo.uz nashri Andijon viloyati hokimligidagi o‘z manbasiga tayanib, viloyat hokimi sobiq o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Botirjon Hamroevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilganini yozdi.
Uning xonadonida tekshiruv o‘tkazilgan. Sobiq amaldor byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.
Nashr sobiq hokim o‘rinbosari xonadonida juda katta miqdorda (uch million dollar) mablag‘ saqlanayotgani aniqlangan, deb yozdi.
Ammo keyinchalik daryo.uz va kun.uz xabarni tahrir qilib, 3 million dollar topilgani haqidagi jumlani olib tashladi. Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bosim bilan maqolalarni tahrirlash yoki olib tashlatish keng yoyilganini aytishadi.
Ammo aniq.uz saytida sobiq hokim o‘rinbosari xonadonida uch million dollar mablag‘ topilgani sarlavhaga yozilgan maqola hamon turibdi.
3 million dollar katta pulmi?

Surat manbasi, Reuters
Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng aks-sado berdi. Har qalay O‘zbekistonda amaldorlarning pora bilan yoki boshqa sabablar bilan qo‘lga olinayotganida buncha katta miqdordagi summa jamoatchilikka ilk marotaba oshkor qilingandi.
Uyingda 3 mln dollar puling bo‘lsa, qanday yasharkan a odam? 3 mln dollar naqd pul qancha joyni egallarkan?, deb savol beradi, @murodov_.
Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri X post, 1
“1 kub metr joyga 100 million dollar sig‘adi.
30 kilo pul bo‘larkan xolos 3 million dollar”, deydi @Aslanov_K.
Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri X post, 2
Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, agar 3 million dollar 100 dollarlik banknotlardan iborat bo‘lsa kichik safar chamadoni yoki ryukzakka joylanishi mumkin.
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov pora olish hodisalarini Islom Karimov djavri bilan qiyoslaydi.
“Adashmasam, 1999 yilning dekabrida 250 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan hibsga olingan Jizzax shahar prokurori Shamsiev voqeasi butun tizimni dahshatga solgandi. Bugun hokim o‘rinbosarlari uchun 2-3 million dollarlik poralar odatiy hol o‘laroq qabul qilinmoqda. Savol: bu taraqqiyotmi yoki korruptsiya darajasi? 2030 yilda odatiy pora miqdori qancha bo‘larkin?”, deydi u.
Andijon korruptsiya eng ildiz otgan viloyat sifatida qayd qilinadi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi hisobotlariga qaralsa, viloyat bir necha yildan beri korruptsiyaga oid jinoyatlar sodir qilish reytingida tepadan pastga tushmayapti. Davlat manfaatlariga zarar yetkazish bo‘yicha ham Andijon bu yil old qatorlarda qayd qilingan.
Hokimlar bexabarmi?
Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim foydalanuvchilar bu pullar aslida viloyat hokimiga atalganligi haqida farazlarni bildirdi.
Biroq ushbu farazlarning isboti yo‘q va rasmiylar hozircha bunday katta miqdorda pul saqlagani aytilayotgan amaldor to‘g‘risida rasmiy ma’lumot bermayapti.
Ammo kuzatuvchilar O‘zbekistonda korruptsiya yoki pora olishda ayblanib faqat rahbar yo hokim o‘rinbosarlarining qo‘lga olinishidan shubha bildirishadi.
Qo‘l ostidagilarning poraxo‘r bo‘lib ketganidan hokim bexabar qolishi mumkin emas, deyishadi ular.
Biroq korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi agar qaysidir hokim jinoyat ustida ushlanmasa uni huquqiy javobgarlikka tortishga asos yo‘qligini aytadi. Biroq u rahbarlar siyosiy javogarlikka tortilishi kerakligini ta’kidlaydi.
“Siyosiy javobgarlik masalasiga qo‘shilaman. Men bu taklifni doim berib kelganman. Ayniqsa, rahbarlar qarshi chiqadi menga, albatta vazirlar qarshi bu gapimga. Qozog‘istonda shuni qilishdi. O‘sha tizimida qaysidir xodimi korruptsion jinoyatni sodir qilsa, rahbariyatini javogarlik tortish. Jinoiy emas, siyosiy javobgarlik masalasini ko‘rish kerak”, deydi Akmal Burxonov.
Hozircha korruptsiyada peshqadam bo‘lib turgan Andijon viloyati hokimi ham, o‘rinbosarlari minglab va ba’zan millionlab dollar bilan tushayotgan boshqa rahbar va hokimlar ham siyosiy javobgarlikka tortilmadi.
2020 yilning iyunь oyida Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi o‘rinbosari J. Mashrabov 9 gektar maydonli yerni $60 ming evaziga taklif etib, $35 ming pora olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Bu holat prezident Mirziyoevning e’tiboriga tushgan uning oldini olish uchun o‘ziga xos yechim taklif qilgandi.
"Bitta rayonning hokimi o‘rinbosari 60 ming dollar pora olsa, bu nima degan gap? Endi bundan keyin hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlar Milliy geoaxborot tizimiga kiritilgandan keyin haqiqiy, deb hisoblanadi", deya ta’kidlagandi prezident.
Aftidan prezidentning taklifi ish bermayotgan ko‘rinadi.
Amaldorlar va blogerlarga bo‘layotgan ikki xil munosabat
Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelgach korruptsiyaga qarshi ayovsiz kurashishini ma’lum qildi.
Shu vaqt oralig‘ida Samarqand viloyati hokimi Turobjon Juraev 13 yilga qamaldi va uning seyfidan 1 million dollar naqd pul chiqqani xabar qilingandi.
Bundan tashqari sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov va DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevlar korruptsiyada ayblanib qamoqqa tashlandi.
Mirziyoev farmoni bilan maxsus Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.
Agentlik ma’lumotlariga ishonilsa jamiyatda korruptsiya holatlari yildan yilga kamaymoqda.
Biroq faollar javobgarlik borasida davlat sobiq amaldorlar va faollar hamda qalam ahliga bir xil munosabatda bo‘lmayotganidan shikoyat qilmoqda.
Prezident va’dalariga qaramasdan sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirovning kirdirkorlari aks etgan film namoyish qilinmasdan u ozodlikka chiqdi.
Farukh Samarkandi Andijon hokimi o‘rinbosari ham blogerlar kabi ochiq sud qilinadimi, deya savol tashlaydi.
“Pul olganini isbotlash uchun roliklar chiqadimikan tarmoqda?
Faollardan ayrimlari chaqirilib, bu zamhokimning kirdikorlari aks etgan "kino" panalarda qo‘yib beriladimikan Olimjonni "kinosi" kabi?
Buni sudi qanaqa bo‘larkana? Jamoatchilikka ochiq bo‘ladimikan?”, deydi Farukh Samarkandi.
Shuningdek, korruptsiya bilan qo‘lga tushayotgan amaldorlarga berilayotgan jazoning yumshoqligi va ular ko‘p o‘tmasdan ozodlikka chiqib yana mas’ul lavozimlarga tayinlanishi mulozimlar orasida qo‘rquvning kamayishi va pora miqdorining keskin oshib ketishiga olib kelgani taxmin qilinadi.
Rasmiylar hozircha uyida 3 million dollar bilan ushlangani aytilayotgan Andijon hokimi o‘rinbosari haqida hech narsa demayapti.
Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002














