Alkogol zarari ilk tomchidan boshlanadi - spirtli ichimliklar qanchalik xavfli?

Pivo

Surat manbasi, Getty Images

O'qilish vaqti: 3 daq

Ko‘plab mamlakatlarda bazmlar spirtli ichimliklarsiz to‘kis bo‘lmaydi. Ba’zilar uchun bir piyola vino notanishlar bilan suhbat boshlashning ajoyib usuli hisoblanadi, chunki spirtli ichimliklar ijtimoiy suyuqlik sifatida ishlaydi.

Odamlar ko‘plab sabablarga ko‘ra ichishadi – bayram qilish, ijtimoiylashish, chalg‘ish va hatto stressni bartaraf etish uchun.

O‘tgan davrda ba’zi tadqiqotlar qizil vino kabi ba’zi spirtli ichimliklarni o‘rta darajada iste’mol qilish salomatlik uchun foydali bo‘lishi mumkinligini taklif qilgan.

Ammo hozirda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) spirtli ichimliklarni iste’mol qilish uchun xavfsiz daraja yo‘qligini aytmoqda.

BBC Jahon xizmati dasturi "The Food Chain" ichishning xavf va foydalarini o‘rganib chiqdi.

Saraton va o‘limlar

BBC
Spirtli ichimlik asosan xavfli moddadir va siz ichishni boshlaganingizdan boshlab xavf bor.
Doktor Tim Stokuel
Kanada (Batafsil: bbc.com/uzbek)

JSSTning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish dunyo bo‘ylab har yili 2.6 million o‘limga sabab bo‘ladi.

Spirtli ichimliklar kamida yetti xil saraton kasalligiga, jumladan, ichak va ko‘krak saratoniga olib keladi.

JSSTning batafsil tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, 1.5 litr vino yoki 3.5 litr pivo yoki 450 millilitrdan kamroq spirtli ichimlikni iste’mol qilish ham xavfli.

JSSTning yangi ko‘rsatmalari "xavfsiz miqdor yo‘q" va "ichuvchining salomatligiga xavf birinchi tomchidan boshlanadi" deb aytadi.

Iste’molning kamayishi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yilda 5.7 litr bo‘lgan iste’mol, 2019-yilda 5.5 litrgacha kamaygan.

Erkaklar ichuvchilarning ko‘pchiligini tashkil etadi va o‘rtacha yiliga 8.2 litr, ayollar esa 2.2 litr ichishadi.

Berkshireda (Angliya) yashovchi Anna Tait (44) kabi ba’zilar butunlay spirtli ichimliklarni ichishni to‘xtatmoqdalar.

"Odatda ko‘p ichmayman, lekin har juma albatta ichaman. Ishdan keyin ikki stakan pivo yoki gin ochishga odatlanganman va keyin tezda erim bilan birga bir shisha vino bo‘lishini kutaman," deydi Tait.

Shanba kuni ham xuddi shunday usul davom etadi. Tait, shuningdek, payshanba va yakshanba kunlari ham ichayotganini sezgan. Ammo, bu yilning boshida u marafonga tayyorlanishni boshlagan va murabbiyi unga spirtli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qilgan. Uning eri ham kuchaytiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanayotgan edi va ikkalasi ichimliklarni kamaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.

"Shu qadar katta o‘zgarish. O‘zimni kuchliroq yoki yaxshiroq his qilyapman," deydi Tait.

Biroq, ular ijtimoiy yig‘ilishlarda bo‘lganda, Taitning do‘stlari u va erining ichimlikka qo‘shilmayotganini bilishganda biroz xafa bo‘lishadi.

Germaniya, Bavariyada yashovchi Amelie Hauenstein (22) esa do‘stlarining yordamidan foydalangan holda ichishni to‘xtatdi.

"Ichmasam, kechani qiziqarli o‘tkazmayotgandek tuyilardim," deydi Hauenstein o‘tmishdagi bosimdan nafratlanib.

"Yakshanba tongida uyg‘onganimda kecha tunda nimalar qilganimni bilmaslik esa juda yomon edi."

U hayotida qilgan o‘zgarishidan juda xursandligini aytadi.

Ilm-fan xato qildimi?

Ushbu ikki ayolning tajribasi spirtli ichimliklarni tark etishda ko‘proq foyda borligini aniq ko‘rsatadi.

Doktor Tim Stokuel Kanadaning modda iste’mol qilish tadqiqotlari institutida olim bo‘lib, JSST ogohlantirishining to‘g‘ri ekanligiga ishonadi.

"Spirtli ichimlik asosan xavfli moddadir va siz ichishni boshlaganingizdan boshlab xavf bor."

U past darajadagi ichish va o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun 107 ta ilmiy maqolani tahlil qildi.

Agar har yuzta holatda bitta o‘lim xavfi bo‘lsa, bu "o‘rta" deb nomlanadi, o‘n mingda bir o‘lim xavfi esa "past" deb nomlanadi, deydi Britaniya Tibbiyot Jurnali.

Past darajadagi ichimlik yoki o‘rta ichish tushunchasi mamlakatdan mamlakatga farq qiladi.

Buyuk Britaniya hukumati haftasiga o‘n to‘rt birlikdan ortiq ichmaslikni tavsiya qiladi, bu esa taxminan oltita o‘rta hajmdagi piyolada vino yoki pivo pintiga teng.

Stokuel o‘rta miqdorda ichish foydali ekanligi haqidagi xulosalar shunchaki tadqiqotlarning kamligi sababli paydo bo‘lgan deya mulohaza qiladi. Savollar yetarli darajada mulohazali emas edi va tadqiqotchilar o‘tmishdagi ichish odatlari haqida so‘ramaganlar. Ba’zi muhim omillar e’tibordan chetda qolgan.

"O‘rta ichuvchilarning daromadi yuqori, ovqatlanishi yaxshiroq, jismoniy mashqlar qiladilar, yaxshiroq tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga egalar, tishlari yaxshiroq va bel kirtaklari ingichka," deydi Stokuel.

Foyda va zarar savdosi

Ammo, hamma ham spirtli ichimliklarga bog‘liq xavflar haqida xavotirda emas.

"Men spirtli ichimlik ichishning xavflarini tushunishga intilishdagi bu obsesiyani hech qachon tushunmayman," deydi professor Sir David Spiegelhalter.

U Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida statistikadan professor bo‘lib, xavfni qanday tasavvur qilishimiz mumkinligini savol ostiga oladi.

"Haydashda xavfsiz daraja yo‘q. Hayotda xavfsiz daraja yo‘q, lekin hech kim ichmaslikni tavsiya qilmaydi. Biz foyda va zarar haqidagi mulohazalarimizni ko‘rib chiqishimiz kerak."

Doktor Spiegelhalter xavflarni to‘g‘ri baholay olish salohiyatimizni shubha ostiga oladi.

"Menimcha, odamlar ichishni qiziqarli narsa deb qabul qilishlari kerak."

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

U spirtli ichimlik ichish yoki ichmaslik lobbisi (spirtli ichimlikka qarshi harakat) bilan aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, BBCga nima uchun o‘rta darajada ichishni yoqtirayotganini aytadi.

"Xavf bu o‘rtacha umr ko‘rishni bir foizga kamaytirishni anglatadi."

"Ellik yil davomida alkogol iste’mol qilishda bir kunlik odatiy iste’mol sizning umringizni olti oyga qisqartirishi yoki har kuningizdan o‘n besh daqiqa olishi mumkin."

Doktor Spiegelhalter hatto kuniga bir soat televizor tomosha qilish yoki haftada ikki marta bekonli sendvich yeyayotganimizda ham sog‘liq uchun xavflar mavjudligini ta’kidlaydi.

Va u voyaga yetgan shaxslar o‘zlari uchun nima yaxshi yoki yomon ekanligi haqidagi qarorlarni mustaqil qabul qilishlari kerk deb hisoblaydi.

Doktor Tim Stokuelning o‘zi ham ichimlikdan zavq olishni afzal ko‘radi va ichmaslikni tavsiya qilmaydi.

"Agar siz spirtli ichimliklarni juda yoqimli va zavqlanuvchi narsa deb hisoblasangiz, siz bu odatni salomatligingizga kichik xavflar borligini bilgan holda muvozanatga solishingiz kerak."