Ternopol: Rossiya tomonidan Ukraina g‘arbiga qaqshatqich hujum - Video

Yonayotgan ko'p qavatli uy tasviri. Olov va tutun va vayron bo'lgan baland bino

Surat manbasi, @zinkevich_igor

    • Author, BBC Yangiliklar bo‘limi
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Rossiyaning dron va raketa hujumida Ternopol shahridagi ikkita ko‘p qavatli uyga berilgani zarba oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Yana o‘nlab odamlar yaralangani haqida Ukraina rasmiylari ma’lum qildi.

Politsiya tomonidan, yaralangan 73 kishi orasida 15 nafar bola borligi aytildi. Bu hujum 2022 yil fevralda keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Ukraina g‘arbidagi eng halokatli zarbalardan biri hisoblanadi.

Yana ikki g‘arbiy hudud — Lvov va Ivano-Frankovsk ham hujumga uchradi, shuningdek, Xarkovning uch tumaniga bo‘lgan dronlar hujumidan 30 dan ortiq kishi yaralandi. Internetda tarqalgan fotosuratlarda binolar va avtomobillar yongani ko‘rinadi.

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatning bir qator hududlarida elektr ta’minoti uzilishi kuzatilmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya 470 dan ortiq dron va 47 ta raketa uchirgan, natijada - katta vayronagarchilik yuz bergan. U Ternopolda vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Rossiya zarbalari oqibatidagi vayronagarchilik tezda hammaning diqqat markaziga tushdi. Zelenskiy tomonidan tarqatilgan videoda, ikki ko‘p qavatli uydan biri butunlay cho‘kkanini ko‘rish mumkin. Ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning aytishicha, binoga 3-qavatdan 9-qavatgacha zarar yetgan.

Derazalardan tutun ko‘tarilgan va ko‘p qavatli uy tashqarisida kichik yong‘inlar ko‘ringan.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Ternopoldagi "Doim yordamga tayyor Mariam ona" cherkovi ortida ulkan tutun buluti ko‘tarildi, shahar bo‘ylab sirenalar yangradi.

Ukraina g‘arbida boshqa joylarda ham energetika ob’ektlari, transport va fuqarolik infratuzilmalariga zarar yetdi.

Ivano-Frankovsk viloyatida energetika hujumga uchradi. U yerda yaralangan uch kishidan ikkitasi bola ekani xabar qilindi.

Lvov viloyati rahbari ham energetika ob’ektiga zarba berilganini ma’lum qildi.

Rossiya hujumlari, Ukraina armiyasi AQSh tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali Atacms raketalarini Rossiya hududidagi harbiy ob’ektlarga yo‘naltirganini aytganidan bir kun o‘tgach sodir bo‘ldi. Bu - Ukraina birinchi marta Atacms raketalarini Rossiya yerlarida ishlatganini tan olishi bo‘ldi.

Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainani Voronej shahriga to‘rtta raketa otganlikda aybladi. Ularning barchasi havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgani bildirdi.

Shu orada Zelenskiy urushni tugatish bo‘yicha AQSh tashabbusini qayta tiklash maqsadida Turkiya poytaxti Anqaraga yo‘l olmoqda. U Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shu bilan birga, Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff Rossiyadagi hamkasbi Kirill Dmitriev bilan reja ishlab chiqish ustida ishlayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

BBC
Kreml Anqaradagi muzokaralarda hech qanday Rossiya vakili ishtirok etmasligini bildirdi.
BBC.COM/UZBEK

Kreml Anqaradagi muzokaralarda hech qanday Rossiya vakili ishtirok etmasligini bildirdi. Matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh va Rossiya Ukraina bo‘yicha yashirin tinchlik rejasi ustida ishlayotgani haqidagi xabarga izoh berishdan bosh tortdi.

"Bu borada sizga aytadigan yangilik yo‘q", dedi Peskov chorshanba kuni jurnalistlarga.

Uning izohlari Zelenskiy payshanba kuni Kievda ikki yuqori lavozimli AQSh armiyasi rasmiylari bilan uchrashishi haqidagi xabarlar fonida yangradi.

Armiya kotibi Dan Driskoll va Armiya shtabi boshlig‘i general Rendi Jorj Donald Tramp prezidentlikka kelganidan beri Ukraina poytaxtiga tashrif buyurgan eng yuqori darajali AQSh harbiy amaldorlari hisoblanadi, deb xabar berdi Reuters.

Boshqa bir voqea tafsilotida, Ruminiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni tongda Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlaridan biri Ruminiya havo hududida taxminan 8 km masofani bosib o‘tganini ma’lum qildi. Uchoq keyin Ukraina va Moldovaga o‘tib, yana Ruminiyaga qaytgan, deyiladi xabarda.

Rumыniya va Germaniya havo kuchlari samolyotlari bu hodisaga javob sifatida havoga ko‘tarildi va mudofaa vazirligi dron qayerga tushgani noma’lumligini bildirdi.

Polsha ham chorshanba kuni ertalab uchoqlarini havoga ko‘tardi va Ukraina g‘arbidagi hujumlarga javob sifatida janubi-sharqdagi ikki aeroportni vaqtincha yopdi.

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganining to‘rt yilligi keyingi fevral oyida yaqinlashar ekan, Moskva va Kiev urushni qanday tugatish bo‘yicha o‘z qarashlarida tubdan qarama-qarshi bo‘lib qolmoqda.

Shu oy boshida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning tinchlik kelishuvi bo‘yicha shartlari Putin ularni 2024 yilda belgilaganidan beri o‘zgarmaganini aytdi.

18 noyabr 2025. Ukraina Frantsiyadan 100 ta Rafale qiruvchi samolyoti oladi – Bu nima uchun muhim?

Makron va Zelenskiy

Surat manbasi, CHRISTOPHE ENA/POOL/AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Makron va Zelenskiy 100 ta Rafale oldi-sotdisi bo‘yicha kelishishdi

Ukraina va Frantsiya prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Emmanuel Makron dushanba kuni Ukraina mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan deklaratsiyani imzoladi. Unga ko‘ra, Kiev kelasi 10 yil ichida Dassault ishlab chiqaruvchi kompaniyasidan 100 ta Rafale qiruvchi samolyoti sotib oladi.

BBC bu samolyot nima ekani va uning urushga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida so‘z yuritadi.

"Bu dunyodagi eng kuchli havo mudofaasi tizimlaridan biri bo‘ladi", — dedi Zelenskiy. U Makron bilan deklaratsiya imzolangandan so‘ng Dassault Rafale samolyoti va Frantsiya hamda Ukraina bayroqlari fonida jurnalistlar oldida chiqish qildi.

Yelisey saroyi samolyotlar sonini tasdiqladi va kelishuv tarkibiga havo mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar va dronlar ham kirishini ma’lum qildi.

"Biz Rafale xarid qilishni rejalashtiryapmiz, 100 ta samolyot — bu katta raqam. Bu Ukraina armiyasini qayta tiklash uchun zarur", — dedi Makron LCI TV telekanaliga bergan intervyusida. Unga ko‘ra, kelishuv Frantsiya va Dassault uchun ham yaxshi yangilik bo‘ladi.

Ukranian Presidency/Anadolu via Getty Images
Rafale qiruvchisi har bir parvoziga ko‘proq qurol olishi mumkin, bu uning jangovar samaradorligini oshiradi. So‘nggi versiyalari 4++ avlod talablariga javob beradi.
Pavel Aksenov
BBC Harbiy tahlilchisi (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Qiruvchilarni ishlab chiqaruvchi Dassault shirkati aktsiyalari tezda ko‘tarilib, Grinvich vaqti bilan 11:37 da 7,4 foizga oshdi.

Niyatlar haqidagi deklaratsiya siyosiy majburiyat, oldi-sotdi bitimi keyinroq tuziladi, deya ma’lum qildi Yelisey saroyi.

Bayonotda aytilishicha, kelishuv Yevropa Ittifoqi dasturlari va muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish hisobiga moliyalashtirilishi kutilyapti (YeI bu masalaga hali rozilik bermagan).

Makron va Zelenskiy

Surat manbasi, Ukranian Presidency/Anadolu via Getty Images

"Og‘ir yuk ko‘taruvchi" Rafale

Frantsuz qiruvchisi haqida BBC Rus xizmati harbiy tahlilchisi Pavel Aksenov sharhi:

Volodimir Zelenskiyda Ukraina Harbiy Havo Kuchlari uchun og‘ir qiruvchi samolyotlar xarid qilishda boshqa tanlov bo‘lganmi-yo‘qmi, aytish qiyin. Lekin Dassault Rafale, shubhasiz, o‘z toifasida dunyodagi eng yaxshi uchoqlardan biri.

Rafale — "og‘ir yuk tashuvchi" samolyoti: uning foydali yuk ko‘tarish quvvati 9500 kgni tashkil qiladi. Bu Amerikaning F-15EXdan kam, ammo qolganlardan ko‘p.

U har bir parvoziga ko‘proq qurol olishi mumkin, bu uning jangovar samaradorligini oshiradi. So‘nggi versiyalari 4++ avlod talablariga javob beradi. Ular Rossiyaning Su-35 yoki Eurofighter darajasidagi uchoqlardir.

Oktyabr oxirida Zelenskiy Kiev 250 ta zamonaviy jangovar samolyotdan iborat Ukraina Harbiy Havo Kuchlarini barpo etishni mo‘ljallayotganini aytgandi. Ular orasida shvedlarning Gripen, Amerikaning F-16 va Rafale bo‘ladi. O‘shanda Ukraina Shvetsiyadan 150 ta Gripen-E xarid qilmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.

Ko‘plab zamonaviy havo kuchlari ikki turdagi jangovar samolyotlardan foydalanadi — yengil front samolyotlari va og‘ir ko‘p vazifali samolyotlar. Tarix bo‘yi yengillari front yaqinida havo janglari uchun, og‘irlari esa keng vazifalar uchun ishlatilgan.

Biroq keyinchalik yengil samolyotlar imkoniyatlari kengaydi va bu farq shartli bo‘lib qoldi — ikkalasi ham yerdagi nishonlarga zarba berish va havodagi dushman bilan jang qilish imkoniga ega. Ayrim davlatlar hatto ikki xil samolyotga ega bo‘lishni lozim deb bilmaydi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Ukrainaning ham yengil, ham og‘ir samolyotlarni xarid qilish niyati ikki uchoqli an’anaga to‘liq mos keladi. Bu tushunarli, chunki Rafale qimmat va murakkab texnika, ko‘p missiyalarda undan ko‘ra arzonroq va injiqligi kam Gripenni qo‘llash oson.

Bundan tashqari, Rafale avvaldan frantsiyaliklar uchun mo‘ljallangani bois asosan frantsuz qurollaridan foydalanadi. Shved Gripen i esa Yevropa va Amerika raketalarni ishlata oladi.

Ikki samolyot havoda birgalikda ishlashi mumkin — ikkalasi ham, F-16 kabi, Link 16 protokolini qo‘llab-quvvatlaydi. U real vaqtda ma’lumot almashish imkonini beradi.

Bu rejalarni amalga oshirishdagi qiyinchilik moliyalashtirish va Dassault kompaniyasining katta sonda samolyot ishlab chiqarish quvvati bilan bog‘liq. 10 yil — ancha uzoq muddat, ammo Rafale bozorda juda ommalashgan samolyot, buyurtmalar ko‘p. Shuning uchun ham bu muddat nekbin stsenariy sifatida ko‘riladi.