Maduro hozir qaerda? Endi nima bo‘ladi?
Venesueladagi zarbalarda tinch aholi jabrlanganmi? AQSh ittifoqchilariga bosim kuchayadimi?
BBC Janubiy Amerika muxbiri Ayon Uells xabar berishicha, Venesuela hukumati shanba kungi zarbalar paytida AQSh ayrim tinch aholi yashaydigan hududlarga zarba berganini bildirgan va halok bo‘lganlar hamda jarohatlanganlar soni bo‘yicha ma’lumotlarni jamlayotganini ma’lum qilgan.
The New York Times nashrining yozishicha, bir turar-joy majmuasiga zarba berilgan, keksa ayol halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan hamda kamida 40 kishi jabrlangan. Biroq, bu jabrlanganlar tinch aholi vakillarimi yoki harbiy nishonlar ekani hozircha aniq emas. BBC ushbu xabarlarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmadi.

Surat manbasi, Institute for the Study of War/BBC
Agar ushbu zarbalarda tinch aholi jabrlangani tasdiqlansa, bu AQShning ayrim ittifoqchilariga bo‘lgan bosimni yanada kuchaytiradi, ularning ba’zilari hozir bu vaziyatga qanday munosabat bildirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Masalan, Buyuk Britaniya hukumati Prezident Maduroga nisbatan iliq munosabatda emas, biroq uni hokimiyatdan chetlatish usulini ham ochiqchasiga olqishlamadi. AQShning ayrim tanqidchilari esa Vashingtonni xalqaro huquqni buzishda ochiq ayblamoqda.
Karakasda kuyib ketgan transport vositalari: zarbalar oqibatini ko‘rsatgan suratlar
BBCning AQShdagi hamkori CBS Newsga yuborilgan suratlarda shanba kuni AQShning Karakasdagi muhim harbiy ob’ekt hisoblangan Fuerte Tiunaga bergan havo zarbalari oqibatlari aks etgan.

Surat manbasi, CBS NEWS

Surat manbasi, CBS NEWS

Surat manbasi, CBS NEWS
Maduroga qanday ayblovlar qo‘yilgan?
Kecha AQSh Bosh prokurori Pam Bondi Venesuela prezidenti va uning rafiqasi Silia Floresga qo‘yilgan ayblovlarni e’lon qildi.
Nikolas Maduro quyidagi jinoyatlarda ayblanmoqda:
"narko-terrorizm, kokain import qilish, avtomatik qurollar va xatarli qurilmalarni saqlash hamda ularni AQShga qarshi qo‘llash."
Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp bu ayblovlarni Maduroning AQSh va uning fuqarolariga qarshi olib borgan "o‘limga olib keluvchi narko-terrorizm kampaniyasi" deya ta’rifladi.
Maduro avvalroq narkotik savdosi tarmog‘ining rahbari ekanini rad etgan. Tramp esa uni "noqonuniy diktator" deb atab, zarbalardan bir hafta oldin undan "taslim bo‘lishni" talab qilganini aytdi.
Bondi bildirganidek, Maduro va uning rafiqasi "Amerika hududida, Amerika sudlarida, Amerika adolatining to‘liq jazosi bilan yuzlashadi."
Ular hozir Nyu-Yorkdagi hibsxonada bo‘lib, dushanba kuni mahkamaga tortilishi kutilmoqda.
Venesuela prezidenti giyohvand moddalar va qurollar bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha mahkamada javob berishi kutilmoqda. Mahkama jarayoni dushanba kuni boshlanishi mumkin.

Surat manbasi, @REALDONALDTRUMP/REUTERS
Venesuelada qo‘lga olingach, Maduro AQSh harbiy vertolyotida Karakasdan olib chiqilib, USS Iwo Jima harbiy kemasiga yetkazilgan. Ushbu jarayondan olingan suratni Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida e’lon qilgan.
Keyinchalik u Kuba orqali Nyu-Yorkka olib ketilgan.
Nyu-Yorkka yetib kelgach, u AQSh Giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) idorasiga olib borilgan. Quyidagi video uning AQShga keltirilganidan keyin DEA orqali kuzatilganini ko‘rsatadi:
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Shundan so‘ng Maduro Manxettendagi DEA idorasidan Bruklindagi Metropoliten hibsxonasiga ko‘chirildi.
Venesuela prezidenti giyohvand moddalar va qurollar bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha mahkamada javob berishi kutilmoqda. Mahkama jarayoni dushanba kuni boshlanishi mumkin.
U avvalroq narkotik savdosi tarmog‘ini boshqarganini inkor etgan.
03.01.2026 - Tramp matbuot anjumanida nimalar dedi?

Surat manbasi, Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp hokimiyat qonuniy rahbariyatga o‘tguncha, amalda Vashington Venesuelani boshqaradi, deya bayonot berdi.
"Haqiqiy hokimiyat kelgamungcha, biz u yerni boshqarishda davom etamiz" dedi Donald Tramp.
Qo‘shimcha qilib, "agar zarurat tug‘ilsa, Amerika armiyasi Venesuelaga ikkinchi, ancha kuchli zarba berishga tayyor, biroq ehtimol bunga hojat bo‘lmaydi" dedi.
U shuningdek, Venesuelaga Amerika neftь kompaniyalari kirib kelishini aytdi. Ular «mamlakat pul ishlashi uchun neftь infratuzilmasini tiklaydi».
"Biz Venesuela xalqini boy va mustaqil qilamiz hamda uning xavfsizligini ta’minlaymiz" dedi Tramp.
U shuningdek, Venesuelaga Amerika neft kompaniyalari kirib kelishini aytdi. Ular "mamlakat pul ishlashi uchun neftь infratuzilmasini tiklaydi".
"Biz Venesuela xalqini boy va mustaqil qilamiz hamda uning xavfsizligini ta’minlaymiz" dedi Tramp.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth ijtimoiy sahifasida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘z qarorgohida qo‘lga olinib, AQSh ga olib kelinar ekan, Iwo Jima bortida olingan suratini e’lon qildi.

Surat manbasi, Truth ijtimoiy tarmog'i Donald Tramp sahifasidan

Surat manbasi, Reuters
AQSh bosh prokurori Pam Bondining izohlarini yetkazamiz: Unga ko‘ra, Maduro va uning rafiqasi Nyu-Yorkning Janubiy okrugida ayblov e’lon qilingan.
Bondining ta’kidlashicha, Maduro quyidagi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda: narkoterrorchilik va kokain import qilish maqsadida til biriktirish, pulemyotlar hamda portlovchi qurilmalarni noqonuniy saqlash, shuningdek, ushbu qurollardan AQShga qarshi foydalanishni rejalashtirish.
Ular yaqin orada Amerika adolatining qahri bilan yuzma-yuz kelishadi. Bu adolat Amerika tuprog‘ida, Amerika sudlarida qaror topadi" deya qo‘shimcha qildi Bondi. Biroq u o‘z nutqida Maduroning rafiqasiga qanday ayblovlar qo‘yilgani haqida aniq to‘xtalib o‘tmadi.
"Xalqaro miqyosdagi ushbu ikki narkotrafikchini qo‘lga olish bo‘yicha nihoyatda muvaffaqiyatli va murakkab operatsiyani amalga oshirgan jasur harbiylarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman," deya ta’kidladi u.
Tramp AQSh Venesuelaga nisbatan keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazgani va Maduro qo‘lga olinganini e’lon qildi

Surat manbasi, Reuters
Shanba kuni ertalab Venesuela poytaxti Karakasning bir nechta joylarida, jumladan harbiy inshootlarda, bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lgan portlashlar haqida xabarlar tarqaldi.
Shahar markazidagi La Carlota harbiy aerodromi hamda asosiy harbiy baza Fuerte Tiuna guvohlar tomonidan zarba olgan deb tasvirlanmoqda. Ikkala joyda ham portlash sodir bo‘lganini ko‘rsatadigan videolar tarqalmoqda.
Bu voqealar AQSh va Venesuela o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaygan bir paytda yuz bermoqda. Chunki Vashington Karib dengizida giyohvand moddalar tashiyotgani aytilayotgan tezkor katerlarga harbiy zarbalarni davom ettirmoqda.
AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduro noqonuniy ravishda saylanganini va shaxsan mamlakat orqali giyohvand moddalar kontrabandasiga aloqadorligini aytmoqda.
Venesuela hukumati esa Vashingtonning so‘nggi harakatlarini, jumladan, sanksiya ostidagi neftь tankerlarini musodara qilishni, Prezident Maduroni hokimiyatdan ag‘darish va Venesuelaning neftь zaxiralarini nazorat qilishga qaratilgan urinish deb hisoblamoqda.
Tramp ma’muriyati rasmiylari bu xabarlarni tasdiqladi va AQSh rasmiylari keyinchalik Prezident Tramp Venesuela hududidagi ob’ektlarga, jumladan harbiy inshootlarga zarbalar berishni buyurganini ma’lum qildi.
Hujumlar boshlanganidan so‘ng, Venesuela prezidenti Nikolás Maduro milliy favqulodda holat e’lon qildi. U zarbalarni qoralab, ularni AQShning mamlakatning neftь va mineral zaxiralarini nazoratga olishga urinish sifatida ta’rifladi.

Surat manbasi, Reuters
Keyinroq, soat 09:27 da Prezident Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida AQSh "keng ko‘lamli zarba"ni muvaffaqiyatli amalga oshirganini va Prezident Maduro hamda uning rafiqasini "qo‘lga olganini" e’lon qildi. O‘z bayonotida Tramp Venesuela rahbari AQSh huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng "mamlakatdan olib chiqib ketilganini" aytdi.
Respublikachi senator Maykl Li AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali gaplashib, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olinganini tasdiqladi.
Cenator Maykl Li, Rubioning "Maduro AQSh qo‘lida ekan, Venesuelada boshqa harakatlar bo‘lmasligi kutilmoqda", deb aytganini xabar berdi.
Vaziyat qanday qilib bunchalik keskinlashdi?
Bu, Sovuq urush davridan buyon Amerika qit’asida AQSh harbiy kuchlarining eng yirik to‘planishi bo‘ldi.
Nima bo‘ldi-yu, ishlar bu darajaga borib yetdi?
Avvaliga Venesuela suvlarida giyohvand moddalar tashiyotgani aytilgan tezkor katerlarga havo hujumlari bo‘ldi. Keyin, bu sharqiy Karib dengizi, Tinch okeani va boshqa hududlarga ham yoyildi – hozirgacha 110 kishi halok bo‘lgan. AQSh kuchlari sanksiya ostidagi ikki neftь tankerini musodara qildi, uchinchisi esa hozir quvib borilmoqda.
Rojdestvo bayrami arafasida Tramp birinchi quruqlikdagi zarba haqida ishora qildi.
Bu haqda hozircha juda oz ma’lumot bor, ammo BBC guvohlarning bayonotlarini o‘rganmoqda. Zarba Zulia shtatida bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda – bu neftga boy hudud.
Endi, ehtimoliy oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin? Biz hozircha bilamizki, Venesuela hukumati maxsus bayonot chiqargan, unda bu harakatlar darhol AQSh hukumatiga yuklanib, qoralangan. Shuningdek, hukumat o‘z tarafdorlarini – butun mamlakat bo‘ylab militsiyalar va mahalliy tashkilotlarni harakatga chaqirmoqda.
Bu katta ehtimol, Konstitutsiyaning II moddasiga ko'ra, AQSh xodimlarini mavjud yoki bo'lajak hujumdan himoya qilish bo‘yicha Prezidentning mutlaq vakolatlari doirasiga kiradi.












