Eronning keyingi qadami qanday bo‘lishi mumkin? Video

Smoke can be seen as during a missile attack from Iran on Israel, amid the Iran-Israel conflict, in Tel Aviv, Israel, June 22, 2025.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, AQSh hujumidan keyin Eron va Isroil bir-birlariga hujumlarni davom ettirdi
    • Author, Frank Gardner
    • Role, Bi-bi-sining xavfsizlik muxbiri
  • O'qilish vaqti: 4 daq

Eron AQSh zarbalariga keskin norozilik bildirib, bu harakatlar "abadiy oqibatlarga" olib kelishini aytdi.

Biroq gap-so‘zdan tashqari, ayni paytda Eron xavfsizlik va razvedka tizimlarining yuqori pog‘onalarida jiddiy muhokamalar ketadi.

Eron rahbarlari oldida ikkita asosiy yo‘l turibdi: AQShga qarshi darhol va qat’iy javob qaytarish yoki AQSh Prezidenti Donald Tramp undaganidek muzokaralarga qaytish, ya’ni mamlakat ichidagi atomni boyitish faoliyatini butunlay to‘xtatish.

Eron: Tramp endi Erondagi tuzumni ag‘darmoqchimi, Eron-chi, nima qilmoqchi - tafsilotlari uchun videomizni ko‘ring.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Aloqador mavzular

Bu ichki muhokamalar kechar ekan, ko‘plab yuqori lavozimli eronlik harbiy zobitlar "Isroilning navbatdagi nishoni o‘zim bo‘lmasmikanman yoki xonadagi kimdir allaqachon joyimizni Isroilning chet el razvedkasi – Mossadga shipshitib qo‘yganmikan", degan xavotirli o‘ylar og‘ushida qolgan.

Umuman olganda, hozirda Eronning oldida uchta strategik harakat yo‘li mavjud.

Ularning hech biri xavfdan xoli emas. Qaror qabul qilayotgan rahbarlarning bosh maqsadi – Islom respublikasi tuzumi saqlanib qolishini ta’minlash.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Qattiq va tez javob qaytarish

Eron ichkarisida qasos talab qilayotganlar ko‘p. Mamlakat avval Isroil tomonidan, endi esa AQSh tomonidan nishonga olinib, xalqaro maydonda kamsitilganini his qilmoqda. Isroil bilan o‘n kunlik to‘qnashuvlar hali tugamagan bir paytda, AQShga javob berish nafaqat Eron, balki butun mintaqa uchun keskin xavf tug‘diradi.

Eron 3 000 ta raketa bo‘lgan dastlabki arsenalining deyarli yarmidan ayrilgan, biroq qolgan qurollari bilan Yaqin Sharqdagi 20 ga yaqin AQSh harbiy bazasini nishonga olishi mumkin.

Eng yaqin va aniq nishonlardan biri Bahraynda joylashgan AQSh dengiz flotining qudratli Beshinchi floti bosh shtabi bo‘lishi mumkin. Ammo Eron Arab qo‘shnisiga bevosita zarba berishni istamasligi mumkin. Ko‘proq ehtimol bilan Iroq va Suriyadagi qurolli proksi-guruhlar vositasida At-Tanf, Ayn al-Asad yoki Erbildagi ancha izolyatsiyalangan AQSh bazalariga hujum uyushtirish stsenariysi tanlanadi. Bunday taktika Eron uchun yangilik emas.

Tramp 2020 yilda Quds kuchlari rahbari Qosim Sulaymoniyni o‘ldirganidan so‘ng, Eron Iroqda AQSh harbiylariga zarba bergan, lekin bu haqida oldindan ogohlantirgan edi. Bu safar esa ogohlantirish bo‘lmasligi ehtimoldan xoli emas.

A combination picture shows satellite images over Fordow, before and after the U.S. struck the underground nuclear facility, near Qom, Iran, June 2, 2025 (L) and June 22, 2025.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Fordo yadroviy inshootining AQSh hujumlaridan oldingi va keyingi ahvolini ko‘rsatadi

Eron AQSh harbiy kemalariga qarshi "yoppasiga hujumlar", ya’ni dronlar va tez harakatlanuvchi torpedoli katerlar yordamida hujum qilish strategiyasini ishga solishi mumkin. Bu usul Eron Inqilobiy gvardiyasi flotida yillar davomida mashq qilingan.

Maqsad – AQSh mudofaa tizimlarini son jihatidan bosish. Bundan tashqari, Eron yamanlik ittifoqchilari husiylardan Hind okeani va Qizil dengiz o‘rtasida harakatlanayotgan G‘arb kemalariga qarshi hujumlarni qayta boshlashni talab qilishi mumkin.

Eron iqtisodiy ob’ektlarga ham zarba berishi mumkin, lekin bu Fors ko‘rfazi arab davlatlari bilan erishilgan nisbiy tinchlikni xavf ostiga qo‘yadi. Eng og‘ir stsenariy dunyo neftining 20 foizi o‘tadigan muhim yo‘lak bo‘lmish Hurmuz bo‘g‘ozini minalash orqali yopish. Bu global savdoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba bo‘ladi.

Kiberhujum ehtimoli ham bor. Eron – Shimoliy Koreya, Rossiya va Xitoy kabi – kuchli kiberhujum salohiyatiga ega. AQSh tarmoqlariga, yirik kompaniyalarga zararli dasturlar joylashtirish, ularni ishdan chiqarish bu strategiyaning bir qismidir. Bu hujumlar hozirgi tang vaziyat yumshagach, kutilmagan tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Iran foreign minister Abbas Araghchi, speaks during a press conference at the Lutfi Krdar Congress Center on the sideline of the 51st session of the Council of Foreign Ministers of the Organization of Islamic Cooperation (OIC), in Istanbul on June 22, 2025.

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi, AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatiga xiyonat qildi, dedi

Javobni kechiktirish

Bu, joriy keskinlik pasayishini kutishni va Eronning o‘zi tanlagan bir paytda – AQSh bazalari maksimal ogohlik holatida bo‘lmaganda kutilmagan hujum uyushtirishni anglatadi.

Bunday hujum, shuningdek, AQShning diplomatik, konsullik yoki savdo vakolatxonalariga qaratilishi, yoxud alohida shaxslarni nishonga olish, hatto ularni o‘ldirish shaklida bo‘lishi mumkin. Biroq bu yerda Eron uchun katta xavf shundaki, oddiy eronliklar asta-sekin odatdagi hayotga qaytayotgan bir paytda bunday harakatlar AQShning yangi va yanada keskin hujumlar bilan javob berishi ehtimolini kuchaytiradi.

Qasos olmaslik

Bu Eron tomonidan juda katta sabr va o‘zini tiyishni talab qiladi, biroq bu yo‘l uni AQShning keyingi hujumidan asrashi mumkin. Eron, hatto diplomatik yo‘lni tanlab, AQSh bilan muzokaralarga qayta qo‘shilishi ham mumkin edi. Biroq, Eron tashqi ishlar vaziri ta’kidlaganidek, Tehron bu muzokaralarni hech qachon tark etmagan, uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Isroil va AQSh ularni izdan chiqargan.

Shunga qaramay, Masqatda, Rimda yoki boshqa joyda AQSh-Eron muzokaralarini qayta boshlash faqatgina Eron AQSh va Isroil belgilagan "qizil chiziq"ni qabul qilishga tayyor bo‘lsagina ma’no kasb etadi. Ya’ni, Eron o‘zining fuqarolik yadro dasturini saqlab qolishni istasa, o‘zidagi mavjud barcha uranni boyitish uchun mamlakat tashqarisiga yuborishi shart bo‘ladi.

Biroq shunday og‘ir zarbadan keyin mutlaqo javob qaytarmaslik Eron rejimini zaif va ishonchsiz qilib ko‘rsatadi, ayniqsa, AQSh tomonidan hujum qilingan taqdirda, "dahshatli oqibatlar" haqida ko‘p bora gapirganidan keyin. Oxir-oqibat, rasmiy Tehron xalq ustidan nazoratni yo‘qotishi xavfi AQShning ehtimoliy keyingi hujumlari keltiradigan zarar xavfidan ham kattaroq bo‘lishi mumkin.