Germaniya: Feldsher ishini kamaytirish uchun 10 kishini o‘ldirgandan so‘ng umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Qo'lqop kiygan qo'l 10 mg suyuq morfin sulfat shisha idishi va shpritsni ushlab turibdi.

Surat manbasi, Getty Images

    • Author, Tabbi Uilson
  • O'qilish vaqti: 2 daq

Germaniyada 10 bemorni o‘ldirish va yana 27 kishini o‘ldirishga urinishda ayblanib, palliativ tibbiy yordam ko‘rsatuvchi feldsher umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Qoralovchilar, ismi oshkor qilinmagan feldsher, tungi navbatdagi ish hajmini yengillashtirish uchun, asosan qariya bemorlarga og‘riq qoldiruvchi yoki tinchlantiruvchi vositalarni in’ektsiya qilgan deb da’vo qilishgan.

Jinoyatlar 2023 yil dekabr va 2024 yil may oylari o‘rtasida G‘arbiy Germaniyadagi Vyurzelen shahridagi shifoxonada sodir etilgan.

Tergovchilar uning faoliyati davomida boshqa bir nechta shubhali holatlarni ko‘rib chiqayotganligi haqida xabar berishdi.

Frans-Press (AFP) axborot agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, ismi oshkor qilinmagan erkak 2007 yilda feldsherlik bo‘yicha o‘qishni tugatgandan so‘ng, 2020 yildan beri Vyurzelen shifoxonasida ishlagan.

Qorolovchilar Aaxen shahridagi mahkamaga aytishishlaricha, u "g‘azab" va bemorlarga nisbatan g‘amxo‘rlik his-tuyg‘usini ko‘rsatmagan holda o‘zini inson taqdirini belgilovchi rolda tutganlikda ayblangan.

Mahkamaga aytilishicha, u tungi navbatda bo‘lgan payti ishini yengillashtirish uchun bemorlarga katta miqdorda morfin va midazolam, ya’ni tinchlantiruvchi dori vositalarni in’ektsiya qilgan.

U 2024 yilda hibsga olingan.

Getty Images
U tungi navbatda bo‘lgan payti ish yukini yengillashtirish uchun bemorlarga katta miqdorda morfin va midazolam, ya’ni tinchlantiruvchi dori vositalarni inyeksiya qilgan.
Aaxen shahri mahkamasi
Batafsil: BBC.COM/UZBEK

Umrbod qamoq jazosini tayinlashda mahkama, bu shaxsning jinoyati "o‘ta og‘ir shaklda" sodir etilganini ta’kidlab, unga 15 yil qamoq jazosidan so‘ng muddatidan oldin ozodlikka chiqish huquqini bermadi.

U mahkama qaroridan shikoyat qilishi mumkin.

Qoralovchilar AFPga qo‘shimcha qurbonlarni aniqlash uchun jasadlar eksgumatsiya qilinayotganini aytishdi, bu o‘z navbatida o‘sha shaxs yana mahkamaga tortilishi mumkinligini belgilaydi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Ushbu jinoiy ish, 2019 yilda Germaniyaning shimolidagi ikkita kasalxonada 85 bemorni o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq feldsher Niels Xegelning ishiga o‘xshaydi.

Mahkama 1999 va 2005 yillar orasida u o‘z qaramog‘ida bo‘lganlarga yurak dorisining o‘limga olib keluvchi dozalarini berganligini aniqlagan.

U Germaniyaning yaqin tarixidagi eng ko‘p qotillik sodir etgan shaxs hisoblanadi.