Putin Ukrainaga yadroviy qurol berilsa, oqibati qanday bo‘lishidan ogohlantirdi

Putin

Surat manbasi, Reuters

O'qilish vaqti: 3 daq

Prezidenti Vladimir Putin Kievda joylashgan qaror chiqaruvchi markazlarga “Oreshnik” - yangi ballistik raketasi bilan hujum qilishini aytib, tahdid qildi. U, shuningdek, Ukrainaga yadroviy qurol berilsa oqibati qanday bo‘lishini ham aytdi.

Putinning bu gaplari Rossiyaning AQSh bergan Atacms raketalari bilan Rossiya hududiga uyushtirilgan "davomli hujumlar"ga javoban Ukraina energiya tarmog‘iga berilgan "keng qamrovli" tungi hujumidan so‘ng yangradi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy har qanday "Rossiya tahdidi"ga "qat’iy javob" qaytarilishi bilan ogohlantirdi.

Ukraina o‘tgan hafta ilk marta g‘arb davlatlari — AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya tomonidan tasdiqlangan Atacms va Storm Shadow raketalarini Rossiya hududiga hujum qilish uchun ishlatdi.

Rossiyaning o‘tgan tundagi hujumi bir necha soat davom etdi, butun Ukraina bo‘ylab dron va raketalar yog‘di. Bu – o‘tayotgan oydagi ikkinchi shunday hujum.

Hujumlardan halok bo‘lganlar bo‘lmadi, ammo u bir milliondan ortiq odamni elektrsiz qoldirdi.

Zelenskiy klaster snaryadlari fuqarolik va energiya infratuzilmasiga qarshi qo‘llanganini aytdi.

xarita

"Klasterli snaryadlar — Rossiya qurolining fuqarolarga qarshi qo‘llaniladigan xavfli turidir", — dedi u va ular qutqaruvchilar hamda ta’mirlash guruhlarining ishini "ancha murakkablashtirmoqda" deya qo‘shimcha qildi.

Putin Rossiya hujumi 90 ta raketa va 100 ta dron bilan amalga oshganini, shu jumladan "Oreshnik" nomli yangi ballistik raketa qo‘llanganini va bu raketani yo‘q qilish mumkin emasligini aytdi.

AQSh rasmiylarining ishonishicha, Rossiyada tajribadagi "Oreshnik" raketalaridan oz miqdorda mavjud bo‘lishi mumkin va ularni ko‘proq ishlab chiqarish uchun vaqt kerak bo‘ladi.

bombapanoh

Surat manbasi, Getty Images

Zelenskiy o‘zi murojaatida aytishicha, Putin "bu urushni tugatishga qiziqish bildirmayapti" va uni "boshqalarni ham bu urushni tugatishga qo‘ymaslikka urinayotganlikda" aybladi.

"[Uning] hozirgi keskinlikni kuchaytirishi AQSh prezidentlariga Rossiya shartlarini qabul qilish uchun bosim o‘tkazishga qaratilgan".

Rossiya rahbari shuningdek, Moskva Ukrainaga yadroviy qurol olishga yo‘l qo‘ymasligini va agar shunday bo‘lsa, Rossiya qo‘lidagi barcha yo‘q qilish vositalaridan foydalanishini ta’kidlagan. Bu haqda Rossiya davlat axborot agentligi RIA xabar berdi.

Bu AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yil yanvarda lavozimidan ketgunga qadar Ukrainaga yadroviy qurol berishi mumkinligi haqidagi xabarlarga ishora bo‘lishi mumkin.

Zelenskiy bir necha bor 1994 yildagi Budapesht memorandumi Ukrainaga Sovet Ittifoqidan meros qolgan yadroviy qurollarni topshirish orqali mamlakatni kerakli xavfsizlikdan mahrum qilganini aytgan.

Ukraina urushiga ODKB a’zolari ham qo‘shiladimi?

Xuddi NATOga o‘xshab, ODKB nizomiga ko‘ra, tashkilotga a’zo bir mamlakatga hujum bo‘lsa, qolganlar ham urushga qo‘shilishi kerak.

Ukraina Amerikaning ATAKAMS va Storm Shadou raketalari bilan Rossiya hududiga hujum qildi, demoqda Rossiya.

Endi bu Ukraina-Rossiya urushiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham qo‘shilishi kerakligini anglatadimi?

Kuzatuvchilar Ostonadagi navbatdagi ODKB sammitini ana shu savol bilan kuzatdilar.

Prezident Putin aytishicha, shu kecha Rossiya Ukrainaga 90 raketa va 100 dron bilan zarba berdi, bu ATAKMS hujumlariga javobdir.

Rossiya 19 noyabrdagi G‘arb raketalari bilan hujumga 21 noyabr kuni “Oreshnik” yangi ballistik raketasi bilan javob hujumi qilganini aytdi, Putin so‘zlariga ko‘ra, “Oreshnik” raketasi jangovar sharoitda sinovdan o‘tkazilayapti, Kievdagi “qaror qabul qilish” markazlari nishonga olinayapti.

“Shunday raketa tizimlarini ishlab chiqarishga keladigan bo‘lsak, Rossiya ishlab chiqarishi NATO mamlakatlarining jami ishlab chiqarishidan 10 marta ko‘p. Va keyingi yil u yana 25-30 foizga oshiriladi”, dedi Prezident Putin.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, dron hujumlari 9 soat davom etgan, X-59, 69, 101 va “Kalibr” raketalarining 76 tasini urib tushirganlar, hujumlarda asosan energetika infratuzilmasi nishonga olindi, oqibatda Ukrainaning katta hududida elektr ta’minoti ishdan chiqdi. Bir milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Rossiya 127, 158 raketali hujumlarni bundan oldin ham, Amerika va Britaniya raketalari hujumlaridan ilgari ham uyushtirgandi.

Ostonaga Ozarbayjon bilan urushda yengilgan ODKB a’zosi Armaniston bosh vaziri bormadi.

Aksar siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, Kreml “yonimda tur!” deb MDH, ShOS, BRIKSga a’zo mamlakatlardan so‘rayapti, bosim ko‘rsatayapti. Ammo Ukraina bosqinini ochiq qoralab chiqmagan sobiq Sovet respublikalari rahbarlari Kievdan keyingi nishonlari o‘zlari bo‘lishlari mumkinligini yaxshi anglaydilar.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: