O‘zbekiston Yevropaga yuzlanib, Rossiyadan uzoqlashmoqdami – Mirziyoyev jur’atni qayerdan olyapti?

Mirziyoyev paradga nega bordi, degan savol yangramoqda

Surat manbasi, president.uz

Surat tagso‘zi, Mirziyoyev paradga nega bordi, degan savol yangramoqda
O'qilish vaqti: 4 daq

Prezident Shavkat Mirziyoyev Putinning oldida O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan "sharaf" tasmasida ko‘rinish berishi o‘zbek tilli ijtimoiy tarmoqning e’tiboriga tushdi. Yevropa Ittifoqi davlatlarining mintaqaga serqatnov bo‘lib qolishi rasmiy Toshkent so‘nalishni o‘zgartirmoqdami, yegan savollarni paydo qildi.

"Diqqat, BBC" dasturimizda mavzuga to‘xtaldik.

2020 yil Ikkinchi jahon urushidan erishilgan g‘alabaning 75 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borganida Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Islom Karimov taqiqlagan Georgiy tasmasida ko‘rinish berishi hayrat va tanqidlarga sabab bo‘lgandi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Bu safar prezident qisqa muddatga bo‘lsa-da, Putin bilan ko‘rishayotgan mahal O‘zbekiston targ‘ib qilayotgan "Sharaf" tasmasida ko‘rinish berdi. Mirziyoyev keyinchalik boshqa prezidentlar "Georgiy" lentasini taqib paradda ishtirok etganida tasmasiz chiqdi.

Ammo Shavkat Mirziyoyev birgina shu harakati bilan ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbekistonliklarning olqishlariga sabab bo‘ldi.

Prezident Mirziyoyev o‘zi paradga borishi kerakmidi?

Mirziyoyev

Surat manbasi, president.uz

Toshkentdan siyosatshunos, Farhod Tolipov Shavkat Mirziyoyevning Moskvada, Putin qarshisida "Sharaf" tasmasida ko‘rinish berishi o‘zbek jamiyatidagi tanqidlarning natijasi ekanligini, ammo prezident o‘zi paradga borishi kerakmidi, degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

"Shunday e’tirof paydo bo‘lgandir, ehtimoldan holi emas. O‘zimizning mustaqilligimizni ifoda etuvchi lentani taqishga erishildi. Har holda biz qo‘shni davlat prezidentlari haligacha Georgiy lentasini taqayotganini ko‘rdik. O‘zbekiston prezidenti bunday qilmaganini kichik yutuq deb aytish mumkin. Lekin umuman mana shunday bahs-munozaralarga sabab bermaslik uchun ham u paradga aslida borish zarurmidi, degan boshqa savol tug‘iladi. Usiz ham bayramni o‘tkazsa bo‘lardi", deydi Farhod Tolipov.

Shvetsiyada istiqomat qiluv O‘zbekiston muxolifati faoli Po‘lat Oxunov Facebookdagi sahifasida Shavkat Mirziyoyevning Moskvadagi paradga borishini to‘g‘ri qabul qilish kerak, deb yozib chiqdi.

"9 maydan avval Lavrovning (Rossiya TIV) O‘zbekistonga kelib ketgani, o‘zini juda tahdidli tutgani olib borgani ham Rossiya tarafidan tahdid, O‘zbekistonni qo‘rqitish siyosatining bir qismi, deb o‘ylayman", deydi Oxunov.

Uning ta’kidlashicha, Lavrov prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki O‘zbekiston TIV orqali Moskvadagi paradga bormasa bo‘lmasligini yetkazgan bo‘lish ehtimoli bor.

president.uz
Har holda biz qo‘shni davlat prezidentlari haligacha Georgiy lentasini taqayotganini ko‘rdik. O‘zbekiston prezidenti bunday qilmaganini kichik yutuq deb aytish mumkin. Lekin...
Farhod Tolipov
Siyosatshunos (Batafsil: bbc.com/uzbek)

O‘zbekiston muxolifat faolining aytishicha, yana bir tomoni Moskvadagi paradda e’tiborli shaxs Putin emas, balki Xitoy davlat rahbari Shi Jinping bo‘lgan.

"Agar prezident Mirziyoyev paradga bormayman, deb demarsh qilsa, u nafaqat Putinga qarshi, Xitoy rahbariga qarshi ham demarsh qilgan bo‘lardi. Bu O‘zbekistonga yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki Xitoy bilan O‘zbekistonning munosabatlari hozir juda ham yaxshi rivojlanyapti", deydi u.

Toshkentda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan yoshlar

Mirziyoyevning "Sharaf" tasmasi taqishidan tashqari, O‘zbekistonda 9 may bilan bog‘liq yana ikki hodisa ro‘y berdi. Toshkentda har yili o‘tkazib kelinayotgan "O‘lmas polk" yurishida ilk bor O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib olgan yoshlar ham qo‘shildi. Bu tadbir ishtirokchilari tomonidan provokatsiya sifatida qabul qilindi.

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda 9 mayni qutlashida kichik, ammo muhim o‘zgarish bo‘ldi.

Prezident bu safar "G‘alaba parki"da yangi qurilgan "Millat fidoyilari" xiyoboniga ham bordi. Bu xiyobon mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish paytida halok bo‘lgan harbiylar va huquq-tartibot organi xodimlari xotirasiga tashkil qilingan. Prezident u yerda avvalo marhum xodimlarning oila-a’zolari bilan suhbatlashgan, keyin ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilari bilan uchrashgan.

O‘zbekiston tashqi siyosatda ko‘p vektorlik yo‘lini tutyaptimi?

9 may sanasi bilan bog‘liq bu holatlar O‘zbekiston tashqi siyosatda ko‘p vektorlik yo‘lni tutayotganini anglatadimi, degan savollarni paydo qildi.

"Bunday kichik ramziy hatti-harakatlar ichida bunday ishora yo‘q emasdir. Lekin qanday nishonlash, qayerga borish bu shakl. Uni jiddiy mazmun bilan to‘ldirsak, ya’ni shakl bilan mazmun orasida uyg‘unlik bo‘lsa, ana o‘shanda biz bu savolga "ha, tashqi siyosatda rostdan ham jiddiy burilish bo‘lyapti", deb xulosa qilishimiz kerak bo‘ladi", deydi Farhod Tolipov.

Shvetsiyadan muxolifat faoli Po‘lat Oxunov esa kichik davlat bo‘lmish O‘zbekiston muvozanatni saqlab qolish uchun prezident murosali siyosat olib borishga majburligini aytadi.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

"Prezident Mirziyoyev o‘zining tashqi siyosatida ham murosali siyosat olib borishga harakat qilayotganini ko‘rib boryapman. Rossiyaga nisbatan olib borayotgan siyosati ham o‘ta murosali. Chunki AQShda prezident Tramp saylanganidan keyin Rossiyaning yanada yangi imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Ukrainaga qarshi urushni kuchaytirdi, Rossiyaning agressiyasi kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda O‘zbekiston kichik davlat – maqsad davlatni saqlab qolish, davlatning ichidagi muvozanatni saqlab qolish bo‘lgandan keyin prezident Mirziyoyev qandaydir murosali siyosat olib borishga harakat qilyapti", deydi u.

Shavkat Mirziyoyev murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, nega Putinning oldida "Sharaf" tasmasini taqdi, Toshkentda yoshlar rus tilli aholining noroziligiga sabab bo‘lgan O‘zbekiston bayroqlarini baland ko‘tarishiga ko‘z yumildi. Bunga prezident jur’atni qayerdan topyapti?

Bu savolga Po‘lat Oxunov jamiyatdagi norozilikdan topayotganini aytadi.

"Chunki Mirziyoyev jamiyatda bo‘layotgan voqealarga e’tibor beradi. Millatchi ziyolilarning fikrlarini inobatga olgan. Agar bunday qilmasa norozilik bundan ham ortadi".

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning yangi umidimi?

Rossiya tomonining oshkora ogohlantirishlariga qaramasdan, Markaziy Osiyoda yangi o‘yinchi paydo bo‘lish arafasida.

Yevropa Ittifoqi u yoki bu ko‘rinishda mintaqa davlatlari bilan yaqinlashishga va bu yerga sarmoya kiritishga harakat qilmoqda. Ittifoq bundan tashqari mintaqadagi manfaatdor kuchlarga geosiyosiy ishoralar ham yubormoqda.

Siyosatshunos Farhod Tolipov Tramp prezident bo‘lib kelgach AQShning tashqi siyosati 180 darajaga o‘zgargani va bunday holatda Yevropa ittifoqi biroz mubolag‘a bilan aytganda O‘zbekistonning "bor umidi" ekanligini ta’kidlaydi.

"Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan endi yangi daraja, yangi bosqichda, ayniqsa, hozirgi geosiyosiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda aloqalarni yangilab, rejalarni tuzyapti. Samarqand bo‘lib o‘tgan sammitning rejalari va mazmuniga qarasak, bu ma’noga judayam boy hujjat bo‘lib chiqdi", deydi u.

Ammo Yevropadan qaysidir siyosatchi kelgandan so‘ng Toshkentga biror mulozimini yuboradigan Rossiya bocimlariga O‘zbekiston qanday bardosh berishi mumkin.

Farhod Tolipov bunday bosimlarga O‘zbekiston yakka holda emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari bir mintaqa sifatida bardosh bera olishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Samarqandda o‘tgan Yevropa Ittifoqi ishtirokidagi sammit davomida inson huquqlari va so‘z erkinligi masalasi ko‘tarilmagani ayrim xorijiy nashrlarning diqqatini tortdi.

Biroq Shvetsiyadan muxolifat faoli Po‘lat Oxunovning aytishicha, bu masalalar jamoatchilik uchun oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, tor doiralarda ko‘tarilgan.