Erkaklar qotili: Prostata saratonini qanday aniqlash va davolash mumkin?

Surat manbasi, Getty Images
- Author, Maykl Roberts
- Role, BBC
- O'qilish vaqti: 3 daq
Prostata saratonlari turli ko‘rinishda turli sabablar bilan yuzaga keladi. Ba’zilari tez tarqalsa, boshqalari juda sekinlik bilan rivojlanadi va ularga qarshi minimal muolaja ham yetarli bo‘lishi mumkin.
Prostata saratoni nima?
Prostata siydik pufagining ostida joylashgan yong‘oq kattaligidagi bir bezdir.
U siydikni tanadan chiqaruvchi naycha — siydik yo‘li — atrofida joylashgan.
Prostata saratoni hujayralarning g‘ayritabiiy va nazoratsiz o‘sishi bo‘lib, ko‘pincha sekin rivojlanadi.
Yillar davomida hech qanday alomatlar yoki belgilar bo‘lmasligi mumkin, va ba’zi odamlar bu kasallikdan kelib chiquvchi muammolarni hech qachon his ham qilishmaydi.
Lekin ba’zilarda, bu saraton tajovuzkor kayfiyatda kechadi va hatto o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Shu sababdan, prostata saratoni qanchalik erta aniqlansa, davolash muvaffaqiyatli yakunlanish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Prostata saratoni qanchalik keng tarqalgan?

Prostate Cancer UK tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, har sakkiz erkakdan bittasi hayotining ma’lum bir davrida prostata saratoniga chalinadi.
Bu kasallik asosan keksa yoshdagi erkaklarda, 75 yoshdan oshganlar orasida keng tarqalgan. 50 yoshgacha bo‘lganlarda esa juda kam uchraydi.
Agar yaqin qarindoshlaringiz orasida kimdir, olaylik, ota, aka, bobo yoki tog‘angiz prostata saratoniga chalingan bo‘lsa, bu sizda ham kasallikka chalinish xavfi yuqori ekanligini anglatadi.
Shuningdek, qora tanli erkaklarda bu kasallik ko‘proq uchraydi.
Prostate Sanser UK 30 soniyali onlayn xavfni tekshiruvchi testni taklif qiladi. Agar siz o‘zingizda prostata saratoniga chalinish xavfi yuqori deb o‘ylasangiz, GP (umumiy amaliyot shifokori) bilan gaplashishingiz tavsiya qilinadi.
Har yili taxminan 52,300 erkakka prostata saratoni tashxisi qo‘yiladi.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Qanday simptomlarni tekshirish kerak?
Prostata saratoni simptomlari: — Tez-tez siyish zarurati, ayniqsa tunda — Siyishni boshlashda qiyinchilik, zaif oqim va bu uzoq davom etishi — Siydikda yoki urug‘da qon ko‘rinishi
Eng keng tarqalganlari:
— Tez-tez siyish zarurati, ayniqsa tunda
— Siyishni boshlashda qiyinchilik, zaif oqim va bu uzoq davom etishi
— Siydikda yoki urug‘da qon ko‘rinishi
Bu simptomlar boshqa kasalliklar sababli ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin har qanday o‘zgarishlarni shifokorga tekshirtirish muhim.
Prostata saratoni uchun test bormi?
Yagona, aniq tashhis testi mavjud emas.
Shifokorlar turli ko‘rsatkichlarga asoslanib tashhis qo‘yishadi.
Bu prostata-spesifik antigen (PSA) testi, skanerlash va laboratoriyada tekshirish uchun kichik to‘qima namunasi olishni o‘z ichiga oladi.
PSA testlari sog‘lom erkaklarda prostata saratonini tekshirish uchun muntazam foydalanilmaydi, chunki natijalar ishonchsiz bo‘lishi ham mumkin.
Yuqori PSA darajasi doim ham saraton degani emas. Masalan, infektsiya bo‘lsa ham u ko‘tarilishi mumkin.
Ba’zi erkaklarda esa PSA darajasi yuqori bo‘lsada, bu ularda muammo tug‘dirmaydigan yoki davolanishga ehtiyoj sezdirmaydigan prostata saratoni bo‘lishi mumkin va bu ortiqcha xavotir va qo‘shimcha tekshiruvlarga olib kelishi mumkin, xolos.
Tadqiqotchilar saratonni skrining qilishni joriy etish foydali bo‘ladimi-yo‘qmi, degan masalani qayta-qayta ko‘rib chiqishgan. Umuman olganda, ma’lum yoshdagi barcha erkaklarga PSA testi taklif qilish erkaklar o‘limini ma’lum miqdorda kamaytirgan bo‘lardi.
50 yoshdan oshgan erkaklar odatda GPʼdan PSA testi so‘rashi mumkin. GP sizga PSA testining potentsial foydalari va xavflarini tushuntiradi.
Agar siz PSA testini o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, testdan oldin ikki kun davomida jinsiy faoliyatdan va jismoniy harakatlardan, masalan, velosiped haydashdan tiyilishingiz kerak, chunki bu natijalarga ta’sir qilishi mumkin.
Shifokorlar PSA testiga MRI skanerlashni qo‘shish orqali natijalarni yaxshilash mumkinmi, degan savolni o‘rganishmoqda.
Davolash haqida nima deyish mumkin?
Prostata saratonini davolashning turli usullari mavjud bo‘lib, qaysi biri mos kelishini shifokor tavsiya qiladi.
Agar saraton erta bosqichda bo‘lsa va simptomlar sezilmasa yoki tez o‘sish kuzatilmasa, uni kuzatib turish yoki "kutyapmiz va kuzatyapmiz" strategiyasi qo‘llanilishi mumkin.
Ba’zi prostata saratonlari jarrohlik yoki radioterapiya kabi davolash usullari bilan davolanadi.
Gormonlar bilan davolash ham saraton o‘sishini sekinlashtirishi mumkin.
Shuningdek, saraton hujayralarini juda sovuq (krioterapiya) yoki yuqori intensiv to‘lqinli ultratovush yordamida ham yo‘q qilish mumkin.












