Istanbul zilzilasi: Kutilayotgan katta yer silkinishi hali oldindami?(video)

odamlar

Surat manbasi, Getty Images

O'qilish vaqti: 2 daq

Istanbulda sodir bo‘lgan 6.2 ballik zilzila olimlar kutayotgan katta zilzila emasligi aytildi. O‘zbekiston konsulxonasi voqea hududidagi o‘zbekistonliklar haqida ma’lum berdi.

Bu kutilgan katta zilzila emas...

Turkiyalik geolog va zilzila mutaxassisi Naji Go‘rur 23 apreldagi yer silkinishlar Kumburgaz yorig‘ida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Kumburgaz va Adalar yoriqlari Istanbulga eng yaqin joylashgan bo‘lib, ular shaharda kutilgan katta zilzilalarning asosiy manbai hisoblanadi.

Go‘rur X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida bugungi zilzilalar "biz kutgan katta zilzilalar emas", deb ta’kidladi. Uning fikricha, kutilgan katta zilzilalar magnitudasi 7 dan yuqori bo‘ladi. Biroq bugungi zilzilalar Kumburgaz yorig‘iga bosimni oshirib, uning yorilishi ehtimolini kuchaytiradi.

U hukumat, Istanbul shahar hokimiyati va jamoatchilikni zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun hamkorlikka chaqirdi.

Qanday boshlandi?

BBC muxbiri Tom Joyner:

Istanbul bo‘ylab aholi hali ham zilzila dahshatidan o‘ziga kelishga harakat qilmoqda. Selin Tuter zilzila paytida shaharning Yevropa qismidan joy olgan ofisda ishlayotgan edi.

Avval u yer ostida harakatni his qildi va muvozanatni yo‘qotdi. Keyin esa "go‘yo yer ostida kimdir urayotgandek" qattiq tovush eshitildi.

"Shunda odamlar sarosimaga tushdi. Ko‘pchilik eshik tomon yugurdi," — deydi u.

Selin Istanbul aholisi 2023 yilda Turkiya va Suriyada 55 mingga yaqin odam halok bo‘lgan zilzilalardan so‘ng hozir juda ehtiyotkor bo‘lib qolganini ta’kidlaydi.

"Istanbulda yashovchi ko‘pchilik katta zilzila bo‘lishini kutmoqda. Endi hamma bu ilk zarba emasmi, deb so‘ray boshladi," — deydi u.

Turkiya rasmiylari: "Zararlangan binolarga kirmang, telefon va mashinalardan faqat zarur bo‘lsa foydalaning"

Istanbul rasmiylari aholini zilziladan so‘ng ehtimol zararlangan binolarga kirmaslikka chaqirmoqda.

Odamlarga faqat juda zarur bo‘lsagina avtomobil yoki telefondan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya esa favqulodda holat va ofatlarni boshqarish guruhlari zilzilaning ta’sirini baholashni boshlaganini ma’lum qildi.

O‘zyuekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi zilzila yuzasidan bayonot berdi.

Unda Bosh konsulxona mahalliy favqulodda xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, vaziyatni kuzatishda davom etayotgani aytilgan.

Idora ayni damgacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmaganinini aytgan.

Turkiya: Istanbuldagi bir necha zilzila binolarni silkitib tashladi

Shifoxona oldidagi odamlar

Surat manbasi, Getty Images

Istanbulda shahrida ro‘y bergan bir necha zilzilalarning eng kuchlisi 6.2 ball bo‘lgani aytilmoqda. Yer silkinishi natijasida shahardagi binolar chayqalib ketgan, odamlar ko‘chaga oshiqishgan.

Talafotlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Ilk silkinish mahalliy vaqt bilan soat 12:13 da Silivli tumanida 3.9 ball bilan qayd qilingan.

Yer silkinishi ortidan odamlar ko‘chaga chiqishgan

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Yer silkinishi ortidan odamlar ko‘chaga chiqishgan
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Oradan 16 daqiqa o‘tib, soat 12:49 da 6.2 ballik zilzila ro‘y bergan.

12:51 da esa Buyukchekmeje tumanida 4.4 ballik yer silkinishi ro‘y bergan.

Yer silkinishi kuchi Istanbul atrofidagi tumanlarda ham sezilgani aytilmoqda.

Turkiya tabiiy ofatlar agentligi Istanbulning Buyukchekmeje tumanida yana 3 marta yer qimirlaganini ma’lum qildi.

Xabar to‘ldirilmoqda