Rossiya uchun urushga kirmayotgan o‘zbekistonliklarga viza so‘raldi - O‘zbekiston qanday javob beradi?

Surat manbasi, https://x.com/mironov_ru
Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Mironov armiya safida Rossiyani himoya qilmaydigan o‘zbekistonlik migrantlarga viza joriy qilish talabi bilan chiqdi. Ushbu talabga qarshi o‘zbekistonlik ziyolilar uni nomaqbul shaxslar ro‘yxatiga qo‘shib, O‘zbekistonga kiritmaslik taklifini berishmoqda.
Rossiyaning “Spravedlivaya Rossiya” fraktsiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi fuqarolarni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka chaqirgani uchun O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilish kerakligini aytdi.
Aloqador mavzular:
“Nega ular onalik pulini olmaslikka chaqirmadi? Boshqa imtiyozlardan foydalanish mumkinu, ammo seni boqayotgan mamlakatni himoya qilish mumkin emasmi? Viza rejimi! Tamom! Bunday “fuqarolar” bizga kerak emas”, deb yozgan Mironov X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri X post, 1
Mironovning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keskin aks-sado keltirib chiqardi.
“O‘zbeklardek barakali xalq haqqini mehnat qilib topadi, odam o‘ldirib emas. Rossiyani esa @mironov_ru o‘g‘illari, kuyovlari, nevaralari bilan himoya qilishi kerak”, deydi Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov.
Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri X post, 2
“Yuksalish” harakati raisi va Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov “biz vatandoshlarimiz boshqa davlatning urushlariga jalb qilinishiga hech qachon rozi bo‘lmaymiz. Konsulligimiz fuqarolarimizni O‘zbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishi tabiiy va adolatli”, dedi.
Uning ta’kidlashicha, o‘zbekistonliklar o‘z mehnatlari bilan Rossiyaning iqtisodiyotiga hissa qo‘shyapti.
Shubhasiz, bunday da’vatli bayonotlardan so‘ng u (Sergey Mironov) mamlakatimizga kirish uchun nomaqbul shaxslar qora ro‘yxatiga kiritilishi kerak.
“Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvchi harakat bilan solishtirish savodsizlik va ahmoqlikdir. Bunday tajovuzkor ritorika faqat ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deydi Bekmurodov.
"Mironov nomaqbul shaxslar ro‘yxatiga kiritilsin"
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja Mironovga bergan javobida boshqa davlat manfaati uchun yollanib jang qilgan O‘zbekiston fuqarolari javobgarlikka tortilishi haqida qonunchilikni eslatgan.
U Mironov O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi saflariga qo‘shilib, jinoyatchiga aylanishga ochiqcha targ‘ib qilayotganini ta’kidlagan.
“Shubhasiz, bunday da’vatli bayonotlardan so‘ng u mamlakatimizga kirish uchun nomaqbul shaxslar qora ro‘yxatiga kiritilishi kerak”, deydi u.
O‘zbekiston parlamenti O‘zbekiston haqida noma’qul gap aytgan chet elliklarning O‘zbekistonga kirishini taqiqlashning qonuniy asosini yaratish uchun qonun loyihasi qabul qilgandi.
Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududida vaqtinchalik bo‘lib turganini va birinchi navbatda o‘zini emas o‘sha erdagi ishlamaydigan fuqarolarni boqayotganini va Mironovdan farqli ravishda nonlarini peshana teri va qoni bilan topayotganini ta’kidladi.
“Shu bilan birga, farzandlari safarbarlikdan qochib “chirigan G‘arb va Amerikaga” ketgan Rossiyaning marginal va korruptsiyaga botgan qatlamlariga boyib ketishda yordam berishadi”, deydi u.
Rossiyada ishlayotgan Omonboev “Men oz qoldi ketaman. Rizqimni boshqa joydan topaman”, deb yozdi.
Fikr bildirganlarning orasida, dunyoning ikkinchi kuchli armiyasining kuni migrantlarga qoldimi, degan istehzolarni ham uchratish mumkin.
Ravshan Shaumarov O‘zbekiston konsulligi Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilganini eslatgan.
“O‘zbekiston fuqarolari onalik puli va nafaqasi olmaydi. Hech qanday imtiyozi yo‘q. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston fuqarolarini boqmaydi, ular og‘ir mehnat bilan pul ishlab topadi”, deydi u.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hozircha Mironovning ushbu chiqishiga munosabat bildirmadi.
Oldinroq, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarni urush targ‘ibotlariga berilmaslikka chaqirib, O‘zbekistonning xorijiy davlatdagi harbiy harakatlarda qatnashgan barcha fuqarolari istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishidan ogohlantirgandi.
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002












