Alisher Usmonovga qarshi ayblovlar bekor qilindi

Surat manbasi, Reuters
Advokatlarining ma’lum qilishicha, Germaniyaning Frankfurt prokuraturasi asli o‘zbekistonlik milliarderga qarshi tergovni to‘xtatgan.
Bu haqda shu soatlarda Britaniyaning nufuzli Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Tafsilotlar
Xabar tafsilotlaridan ma’lum bo‘lishicha, tergov pul yuvish bilan bog‘liq bo‘lgan.
“Biz har doim mijozimizning aybsizligini ta’kidlab kelganmiz”, — deya bayon qilgan Wannemacher & Partner advokatlari Uve Lembruk va doktor Markus Getsens.
Ular buni 71 yoshli Usmonov obro‘sini saqlash yo‘lidagi muhim qadam, deb atashgan.
Bir vaqtning o‘zida, G‘arbdagi yana bir nufuzli nashr – Bloombergʼning nemis prokurorlari bayonotiga tayanib yozishicha, Usmonov tergovning to‘xtatilishi uchun 4 million yevro ($4,4 million) to‘lagan.
“Tergov Usmonov hukumatga 2,5 million yevro va xayriya tashkilotlariga 1,5 million yevro to‘laganidan so‘ng to‘xtatiladi”, deyiladi Bloombergʼning Frankfurt prokuraturasi dushanba kuni bergan bayonotga tayanilgan xabarida.
Nashr, shuningdek, prokurorlar milliarderning “harakatlari ancha vaqt oldin sodir bo‘lgan”i va Germaniyada hech kimga moliyaviy ziyon keltirmaganini bildirganini ham tilga olgan.
Ayni vaqtda, Usmonovning tergovni to‘xtatish uchun pul to‘lagani to‘g‘risidagi xabar, hozircha, faqat Bloomberg nashrida ko‘zga tashlanadi.
Bi-bi-si ayni mazmundagi ma’lumotni halicha mustaqil manbalar orqali tasdiqlatishga imkonli bo‘lganicha yo‘q hamda tafsilotlarni o‘rganishda davom etmoqda.
Frankfurt prokuraturasi tergovga oid savollarni federal prokurorlarga oshirgan, ular hozircha bu xususda biror bir sharh berishmagan.
Alisher Usmonovning advokatlariga ko‘ra, tergov pul yuvish ilova unga qarshi asosiy ayblovlarni isbotlashga muvaffaq bo‘lishmagan.
Bloomberg o‘zining Milliarderlar reytingida Alisher Usmonovning umumiy boyligini $14.4 milliard dollarga baholagan.
U o‘zining boyligini asosan tog‘-kon sanoati, sanoat, telekom va media shirkatlari orqasidan topgan.
End of Telegram kanalimiz:














