Molekula: Ozdiruvchi, xavfli dori Rossiyaga Qozog‘istondan kelganmi?

Sankt-peterburlik 22 yoshli Mariya tabletkani mashhur onlayn-do‘kondan sotib olgan edi.

Surat manbasi, Maria

Surat tagso‘zi, Sankt-peterburlik 22 yoshli Mariya tabletkani mashhur onlayn-do‘kondan sotib olgan edi.
    • Author, Sofya Volyanova
    • Role, BBC News Rus xizmati
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Joriy yil boshida TikTok'ning rus segmentida "Molekula" nomli tez ozdiradigan tabletka haqidagi postlar urchidi.

Yoshlarning lentasi "Molekulani qabul qil va ovqat borligini unut", "Katta o‘lchamli kiyimda orqa partada o‘tirishni xohlaysanmi?" kabi yozuvlar bilan to‘lib-toshdi.

Videolarda gologramma va "Molecule Plus" yorliqlari tushirilgan ko‘k qutilar terib qo‘yilgan muzlatkichlar ko‘rsatildi.

Buyurtmalar ko‘paydi, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining "ozish tajribalari" bilan o‘rtoqlasha boshladi.

Biroq bir muammo bor edi.

Aloqador mavzular:

Sankt-peterburlik 22 yoshli Mariya tabletkani mashhur onlayn-do‘kondan sotib olgan edi. U kuniga ikkita tabletka qabul qilgan va ikki haftadan so‘ng og‘zi qurib, ishtahasi butunlay yo‘qolganini aytadi.

"Ovqat yeyish u yoqda tursin, hatto suv ichishga ham xohish yo‘q edi. Asabiylashdim. Lablarimni tishlab, lunjlarimni chaynayverdim."

Mariya qattiq xavotirga tushib, xayoliga noxush o‘ylar kela boshladi. "Bu tabletkalar ruhiyatimga kuchli ta’sir ko‘rsatayotgan edi", deydi u.

Mariya bunday og‘ir asoratlarga tayyor bo‘lmaganini aytadi.

Boshqa TikTok foydalanuvchilari ko‘z qorachiqlari kengayishi, titroq va uyqusizlik haqida gapirishdi. Kamida uch nafar maktab o‘quvchisi shifoxonaga tushib qolgani ma’lum qilindi.

Videolarda gologramma va "Molecule Plus" yorliqlari tushirilgan ko‘k qutilar terib qo‘yilgan muzlatkichlar ko‘rsatildi.

Surat manbasi, TikTok

Surat tagso‘zi, Videolarda gologramma va "Molecule Plus" yorliqlari tushirilgan ko‘k qutilar terib qo‘yilgan muzlatkichlar ko‘rsatildi.

Aprel oyida Sibirning Chita shahridagi o‘quvchi qiz Molekula dorisini me’yoridan ortiq qabul qilgani tufayli kasalxonaga tushdi. Mahalliy xabarlarga ko‘ra, u yozgacha tezroq ozishga uringan.

Yana bir maktab o‘quvchisining onasi mahalliy OAVga qizi bir vaqtda bir nechta tabletka ichganidan so‘ng reanimatsiyaga yotqizilganini aytdi.

May oyida esa sankt-peterburglik 13 yoshli o‘g‘il bola gallyutsinatsiya va vahima xurujlaridan so‘ng kasalxonaga tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, u maktabda vazni tufayli masxara qilinayotgani sababli do‘stidan tabletka sotib olib berishni so‘ragan.

Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQShda taqiqlangan modda

«Molekula» tabletkalarining qadoqlarida ko‘pincha momaqaymoq ildizi va arpabodiyon urug‘i ekstrakti kabi "tabiiy tarkibiy qismlar" ko‘rsatiladi.

Ammo shu yil boshida Rossiyaning "Izvestiya" gazetasi jurnalistlari internet orqali sotilayotgan tabletkalarni tekshirtirib, ularda «sibutramin» nomli modda mavjudligini aniqladilar.

Tabletkalarda "sibutramin" nomli modda mavjud

Surat manbasi, TikTok

Surat tagso‘zi, Tabletkalarda "sibutramin" nomli modda mavjud

Dastlab 1980-yillarda antidepressant sifatida, keyinroq esa ishtahani pasaytiruvchi vosita sifatida qo‘llangan sibutraminning keyingi tadqiqotlar natijasida yurak xuruji va insult xavfini oshirishi, ozishga ta’siri esa ozligi aniqlangan.

U 2010 yilda AQShda taqiqlangan, shuningdek, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va boshqa mamlakatlarda ham noqonuniy hisoblanadi.

Rossiyada u hali ham semizlikni davolash uchun ishlatiladi, lekin faqat kattalar uchun va shifokor retsepti bilan beriladi.

Shifokor retseptisiz sibutraminni sotib olish va sotish jinoiy javobgarlikka tortiladi. Biroq bu jismoniy shaxslar va kichik korxonalarni uni onlayn, ko‘pincha qonuniy dori vositalariga qaraganda yuqori dozada va retseptsiz sotishdan to‘xtata olmadi.

Bu litsenziyasiz tabletkalarning 20 kunlik dozasini 8-9 dollarga olish mumkin. Bu Rossiya bozorida bir oy uchun 50-210 dollardan sotiladigan Ozempik kabi rasman ma’qullangan ozish in’ektsiyalaridan ancha arzon.

"Bu preparatni o‘zboshimcha qabul qilish juda xavfli", deydi sankt-peterburglik endokrinolog Kseniya Solovyova, dozani oshirib yuborish xavfi haqida ogohlantirib. "Chunki biz bunday «oziq-ovqat qo‘shimchalari» tarkibida qancha faol modda borligini bilmaymiz".

Biroq, hokimiyat organlari noqonuniy sotilayotgan dorini nazorat qilishda qiyinchilikka duch kelmoqda.

Surat manbasi, TikTok

Surat tagso‘zi, Biroq, hokimiyat organlari noqonuniy sotilayotgan dorini nazorat qilishda qiyinchilikka duch kelmoqda.

Rossiyada odamlar «Molekula» tabletkalarini sotib olgani va qayta sotgani uchun qamaladi. Biroq, hokimiyat organlari noqonuniy sotilayotgan dorini nazorat qilishda qiyinchilikka duch kelmoqda.

Aprel oyida hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan "Xavfsiz Internet Ligasi" yoshlar orasida o‘sib borayotgan tendentsiya haqida xabar berdi. Shundan so‘ng bir nechta yirik onlayn-bozorlar «Molekula»ni sotuvdan olib tashladi. Ammo tez orada u Internetda yangi nom bilan – «Atom» deb atalib, deyarli bir xil qadoqda paydo bo‘la boshladi.

Yaqinda hukumatga sud qarorisiz "ro‘yxatdan o‘tmagan oziq-ovqat qo‘shimchalari"ni sotadigan veb-saytlarni bloklash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi. Ammo sotuvchilar ularni "sport taomi" deb tasniflab, cheklovni chetlab o‘tmoqda.

TikTok'da «Molekula»ni sotuvchi chakana sotuvchilarni myusli, pechene va hatto lampochkalar e’lonlariga o‘xshash ro‘yxatlar ostida topish mumkin. Ba’zi chakana sotuvchilar esa buni yashirishga ham urinmay qo‘ydi.

Bir necha hafta oldin Bi-bi-si Rossiyaning mashhur onlayn-bozorida Molekula e’lonlarini topdi. Izoh so‘rab murojaat qilinganda, sayt tarkibida sibutramin bo‘lgan mahsulotlarni zudlik bilan olib tashlaganini aytdi. Ammo sibutramin haqida aniq aytilmagan ro‘yxatlarni topish va olib tashlash qiyin ekanligini tan oldi.

Agar siz Molekulani topsangiz, nima olayotganingizni aniq bilish qiyin va tabletkalar qaerda ishlab chiqarilgani noma’lum.

Bi-bi-si Xitoyning Guanchjou va Xenan shaharlaridagi ishlab chiqarish sertifikatlariga ega zavodlarning ba’zi sotuvchilarini aniqladi. Boshqalar esa dorini Germaniyadan keltirayotganini ta’kidlashmoqda.

Ba’zi paketlarda ular Germaniyaning Remagen shahrida ishlab chiqarilgani ko‘rsatilgan, ammo Bi-bi-si aniqlashicha, berilgan manzilda bunday kompaniya ro‘yxatga olinmagan.

Rossiyaliklarga Molekulani sotayotgan ayrim qozog‘istonlik sotuvchilar Bi-bi-siga mahsulotni do‘stlaridan yoki poytaxt Ostonadagi omborlardan sotib olganlarini aytishdi, biroq asl ta’minotchi kimligini ayta olishmadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Shu bilan birga, ovqatlanishi buzilganlarning onlayn hamjamiyatlari "Molekula" targ‘ib qilinadigan joylarga aylangan. Foydalanuvchilar moderatsiyadan o‘tish uchun heshteglar va kodlangan so‘zlardan foydalanmoqda.

Solovyova xonim ta’kidlashicha, "Molekula", ayniqsa, ovqatlanish buzilgan yoshlar qabul qilganda juda zararli. Uning aytishicha, kasalligi qaytalanayotgan yoki qaytalanishiga yaqin bo‘lganlar uchun oson topiladigan bu ishtaha pasaytiruvchi dori jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Millionlab obunachilari bo‘lgan, o‘tmishda ozish uchun litsenziyasiz tabletkalar iste’mol qilganini tan olgan rossiyalik inflyuenser Anna Enina o‘z obunachilarini ochiq ogohlantirdi: "Ovqatlanish buzilishi bilan kurashgan odam sifatida aytamanki... oqibatlari dahshatli bo‘ladi. O‘n karra pushaymon bo‘lasiz".

Mariya og‘ir asoratlarga duchor bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymon bo‘lganlardan biri.
Surat tagso‘zi, Mariya og‘ir asoratlarga duchor bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymon bo‘lganlardan biri.

Yigirma ikki yoshli Mariya og‘ir asoratlarga duchor bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymon bo‘lganlardan biri. "Molekula" tabletkalarini me’yoridan ortiq qabul qilgach, u kasalxonaga yotqizilgan.

Hozir u vazn tashlash bo‘yicha forumlarda boshqa yosh ayollar va qizlarni bu tabletkalarni qabul qilishdan qaytarmoqda. U hatto bir o‘smir foydalanuvchining ota-onasiga murojaat qilib, ularni ogohlantirdi.

Biroq «Molekula» internetda hamon mashhurligicha qolmoqda.

Mariyaning TikTok tasmasida paydo bo‘layotgan har bir video uni kasal qilgan tabletkalarni eslatadi.