O'zbekistonda o'n qishloqni boqayotgan va ishli qilgan bozor. Video

Bozorda
    • Author, Yulduz Abdurashidova
    • Role, Jurnalist, Samarqand
  • Ўқилиш вақти: 3 дақ

Ishtixon va Payariq tutashgan chegaralarda joylashgan qishloq aholisi uchun haftaning juma kuni juda erta - sahar soat 3-4 larda boshlanadi. Oʻsha kuni deyarli har bir oila a'zolari pastakkina uylar, keng va tuproq yoʻllar orasida mahobatli ravishda koʻzga tashlanadigan Orlot qishlogʻidagi "Eshon Temirxon to'ra" jome masjidi tomon boradi.

Ammo manzil masjid emas, uning yonida joylashgan maydon. U maydon faqat juma kuni odamlar bilan toʻladi, chunki oʻsha kuni katta bozor boʻladi.

Bu bir nechta qishloq uchun hafta davomida kutiladigan bozor.

Aloqador mavzular:

Bozorda

Odatdagidan farqli ravishda hatto temir panjarali darvozasi yo'q bu bozorga turli hududlardan savdogarlar, hovlisidagi dehqonchilik mahsulotlarini sotmoqchi bo'lganlaru ro'zg'or tashvishida yurganlar tashrif buyurishadi.

Yoymachilar to'g'ri kelgan burchakni egallab, nimaiki olib kelgan bo'lsa, sotadi.

Ba'zida patta yig'ib yuradiganlarga ham ko'zingiz tushadi.

Bozorda eshak-arava, "Moskvich", mototsikl kabi transportt vositatari ko'p uchraydi.

Hayrantlanarlisi, boshqa bozorlarga nisbatan bu bozorda arava sudraganlar kam.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

O'n qishloqning bir bozori

Iqtibos

Bu yerda 15 yildan beri savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan Xurram otaning so'zlariga ko'ra, bozor taxminan 1991—1992-yillarda paydo bo'lgan. O'sha paytda u rafiqasi bilan eshak-aravada kelib savdo qilgani haqida gapirib berdi.

"Biz eshak-arava bilan bozor yuritganmiz. Men yayov borardim. Bu bozorni eng birinchi biz ochganmiz. Eshak-aravada yurardik. Yoki issiqda avtobusda qatnardik" - deya eslaydi suhbatdoshimizng rafiqasi suhbatga qo'shilib.

"Ha, eshak arava bilan boshlaganman, so'ng "Moskvich" oldim, undan keyin "Damas" oldim. Shuni orqasidan kunimiz oʻtib yotibdi" - deydi mahalliy tijoratchi Xurram Chinniyev.

Bozorda

"Mana shu yerda 15 yildan buyon tijorat ishlarini olib boraman. Ishimiz yaxshi. Bozorga raislarimiz yaxshi qarashadi. Biz esa ishlaymiz, sotamiz, xalqqa astoyidil xizmat qilamiz. Bozorimiz obod, juda arzon, hech kim nolimaydi. Kartoshka, sabzi, pomidor kabi narsalarni boshqa joydan olib kelib, sotamiz. 15 yil oldin bu bozorga qarab boʻlmasdi. Hozir hammasini yaxshilab qoʻyishdi" - deydi Xurram ota.

Umuman olganda, bozorga 10 ga yaqin qishloq: Barlos, To'la, Tinibek, O'zbekqo'rg'on, Qayirma, Qo'rli, Kattasoy, Bolqi Barlos kabi joylardan odamlar keladi.

Ular bir haftalik oziq-ovqat mahsulotlarini shu kuni olib ketishadi. Biroq bu yerning yuragi oziq-ovqat bozori emas.

Mayizyurak bozor?

Bozorda
Bozorda

Aslida, ko'pchilik bu bozorga mayiz sotish yoki olish uchun keladi. Oilalarning asosiy daromadlari uzum, mayiz ortidan.

Mayiz oldi-sotdisi bilan shug'ullanuvchilar tong sahar, hali xo'roz qichqirmasidan masjid yonidagi katta maydonda jamlanadi.

Qop-qop mayiz bilan kelgan insonlar sumka-sumka pullar bilan uyiga qaytayotganiga ham ko'zingiz tushadi.

Ular sahar bozorda mayiz sotishadi va puliga uyiga kerakli narsalarni olib ketishadi.

Bozorda

"Biz dehqonmiz. Bolalarim bilan kelganmiz, ular bozorga mayiz sotib kelishga kirib ketdi, sotib pulini berishadi, men kerakli narsalarni olib uyga ketaman" - bozor chetida farzandlarinini kutib turgan onaxon.

Ular oilaviy shu ish bilan mashg'ullar.

"Bolam, uzumning mehnati oson emas, ammo yaxshi narxga sotsak, pulini yaxshi ishlarga sarflasak, charchoqlarimiz unutiladi" - deydi u.

"Bizda Rossiyaga chiqib ishlab keladiganlar u qadar ko'p emas. Hammaning gektarlab yeri bor, uzumi bor. Yaxshi ishlasa, yaxshi hosil olsa, chetda topadigan pulini bemalol topa oladi" - deydi suhbatdoshimiz - "Orlot bozori eng katta mayiz bozorlardan. Bu yerda dehqonga ham, dallolga ham, aravakash-u oshxonasi borlarga ham non topiladi".

Bozor oshxonalari

Mayiz bozorini tandirdan chiqayotgan somsa va qizigan yog'ning hidi tutib turibdi, kiyimiga yog' sachragan, quyoshda ancha terisining rangi qoraygan ayol perashki sotyapti.

Bozorda

Boshqa bir tor ko'chada tarvuz-qovun savdosi avjida. Nazarimda, oluvchidan ham sotuvchi ko'pdek.

Qanchalik gavjum bo'lmasin, bu bozor tushga borib tugab ketadi.

"10 yildan buyon bozorga chiqaman. Pomidor-bodring yetishtiraman. Dehqonchiligimni bozorga olib kelaman, oʻzim yetishtirib, oʻzim sotaman. Bozorimiz yaxshi. Kelin boʻlib tushganimga 30 yil boʻldi. Oʻshandan beri Orlot bozori bor. Oxirgi paytlar bozorimiz ancha kengaygan. Savdomiz yaxshi boʻlyapti. Narsalarimiz sotilmoqda" - deydi Orzigul Joʻrayeva.

Bozorda

Bozor yakunlangach, erkaklar masjidda juma namozini ado qilib, keyin uylariga qaytadi.

Qaydam, balki aynan juma namozi sababli ham masjid yonida bu bozor ochilgan va shu bois ham namozga qadar hamma savdo-sotiq tugashi mumkin.

Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002