Nega Boburiy Hindiston rassomlari Iso mavludi mavzusiga qiziqishgan?

1630 yilgi Maryam va chaqaloq Iso tasvirlangan rasm

Surat manbasi, From the British Library archive

Surat tagso‘zi, XVII asrga oid ushbu rasm Renessans uslubida islomiy bezaklar bilan ishlangan
    • Author, Cherilan Mollan
    • Role, BBC News, Mumbay
  • O'qilish vaqti: 4 daq

Nasroniylarning muqaddas kitobi Injildagi eng muhim voqealardan biri – Iso Masihning tug‘ilishi ko‘p asrlar mobaynida G‘arb rassomlarining asarlari mavzusi bo‘lib kelgan. Ular bu voqeani tasvirlashda ko‘pincha G‘arbda keng tarqalgan go‘zallik va ijodkorlik g‘oyalarini qo‘llashgan.

Bu asarlar xristian san’atining eng keng tarqalgan namunalari bo‘lib, dunyoning ushbu voqeaga bo‘lgan qarashini shakllantiradi va G‘arbdan tashqaridagilarni bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishdan cheklab qo‘yadi.

Biroq asrlar davomida Hindiston rassomlarining ba’zilari Isoning tug‘ilishi va boshqa nasroniylik dini mavzularini o‘z uslublarida tasvirlash orqali bu voqea haqidagi o‘z qarashlarini ifodalashga intilganlar.

Ularning ayrimlari buni ongli ravishda, boshqalari esa beixtiyor qilishgan, ammo natijada Iso Masihning tug‘ilishi voqeasiga va umuman nasroniylikka yangicha hayot va ma’no baxsh etadigan asarlar yaratilgan.

Quyida Hindiston san’ati tarixidan olingan, Isoning tug‘ilishi o‘ziga xos nuqtai nazardan tasvirlangan bir necha rasmlar keltirilgan.

Boburiy hukmdor Muhammad Jaloliddin Akbar iezuit missionerlarini o‘z saroyiga taklif etish orqali Shimoliy Hindistonga nasroniylikni olib kirgan deb hisoblanadi.

Missionerlar o‘zlari bilan muqaddas kitoblar va nasroniy mavzudagi Yevropa san’at asarlarini olib kelishgan, bular saroy rassomlariga ta’sir ko‘rsatgan. Akbar va uning vorislari ham nasroniy mavzudagi ko‘plab devoriy rasmlarni buyurtma qilishgan, ba’zi saroy rassomlari esa bu rasmlarga Islom san’ati unsurlarini singdirganlar.

Janubiy Osiyo tarixchisi Neha Vermani Boburiylar saroy rassomlari tomonidan yaratilgan bir rasm haqida so‘zlaydi. Unda an’anaviy ravishda Bibi Maryam, Yusuf Payg‘ambar va chaqaloq Iso tasvirlangan tug‘ilish sahnasida imperator Jahongir ham bor.

"Boburiy hukmdorlar o‘zlarini saltanatlarida uyg‘unlik va muvozanatni saqlay oladigan odil hukmdorlar deb bilishgan; ular o‘zlarini "universal hukmdorlar" deb hisoblashgan. Turli dinlarning yonma-yon yashashiga yo‘l qo‘yish ular o‘zlarini qanday ko‘rishlari va qanday esda qolishni xohlashlarining ajralmas qismi edi," deydi Vermani xonim.

Quyidagi XVIII asr rasmida Boburiylar san’atining odatiy uslubiy xususiyatlari, jumladan, o‘ta uslublashtirilgan obrazlar, jonli ranglar, tabiatga yaqinlik va bezaklar aks etgan.

Mary in blue cloak and mauve dress, seated on a terrace holding baby Jesus, surrounded by attendants holding various bowls and dishes. A tree and a building with red and green curtains in background. Ornate colourful floral border.

Surat manbasi, The Trustees of the British Museum

Surat tagso‘zi, XVIII asrdagi Boburiylar davri rassomchiligi uslubidagi Bibi Maryam va Iso tasvirlangan rasm
A 1630 painting of Virgin and child

Surat manbasi, From the British Library archive

Surat tagso‘zi, Milodiy 1630 yili chizilgan suratda islomiy rassomchilik bezaklari ko‘rinadi

1887 yilda hozirgi Hindistonning G‘arbiy Bengal shtatida tug‘ilgan Jamini Roy Bengal xalq san’ati va Kaligat rangtasvirlari unsurlarini uyg‘unlashtirgan holda o‘ziga xos tasviriy til yaratgani bilan mashhur. Kaligat rasmlari Kolkata shahridagi mashhur ibodatxona atrofida paydo bo‘lgan o‘ziga xos san’at turi hisoblanadi.

DAG san’at firmasi bosh direktori va boshqaruvchisi Ashish Anandning aytishicha, san’atshunos UG Archer bir paytlar Jamini Roy uchun Masih Santal qabilasi vakilini (Santallar hind qabilasi) ifodalagani haqida fikr bildirgan.

"Iso hayotining kamtaronaligi va uning fidoyiligi Royga qattiq ta’sir qilgan, shuning uchun uning nasroniy mavzuidagi rasmlari hind mifologiyasi mavzusidagi asarlari kabi muhim edi. Ularning barchasi Roy o‘ziga xos tarzda o‘zlashtirgan modernizmning xalq uslubida ishlangan," deydi u.

Jamini Roy 1950 yili chizgan Bibi Maryam va chaqaloq Iso surati

Surat manbasi, Image Courtesy: DAG

Surat tagso‘zi, Jamini Roy 1950 yili chizgan Bibi Maryam va chaqaloq Iso surati
Jamini Royning Madonna va chaqaloq Isoga hurmatlarini bajo keltirib kelgan munajjimlar tasvirlangan boshqa bir asari

Surat manbasi, Image Courtesy: DAG

Surat tagso‘zi, Jamini Royning Madonna va chaqaloq Isoga hurmatlarini bajo keltirib kelgan munajjimlar tasvirlangan boshqa bir asari

1902 yilda G‘arbiy Goa shtatida tug‘ilgan Angelo de Fonseka o‘zining Goa madaniyatiga xos sezgirligi bilan Sharq va G‘arb ta’sirlarini uyg‘unlashtirgan holda o‘ziga xos nasroniy ramzlarini yaratgan.

Uning rasmlarida Maryam ko‘k ko‘ylak kiygan oq tanli qiz sifatida emas, balki qoramag‘iz, hindcha sari kiygan va mangalsutra taqinchog‘ini (turmushga chiqqan hind ayollari tomonidan taqiladigan an’anaviy taqinchoq) taqib olgan hind ayoliga o‘xshab tasvirlangan.

Injildagi sahnalar mahalliy sharoitlarda kechadi va hind tomoshabinlariga tanish bo‘lgan naqshlar hamda elementlarni o‘z ichiga oladi.

U o‘z san’ati orqali go‘zallik va badiiy ijod beshigi faqat G‘arb ekanligiga qarshi chiqishga intilgan.

"Fonseka asosan G‘arbning diniy an’anasi sifatida qaraladigan nasroniylikni Hindiston yarimorolida joylashtirishni xohlagan. Aynan shu intilish tufayli uning akvarellari nasroniylikni yangicha tasvirlagan," deydi Goadagi Xaver tarixiy tadqiqotlar markazi direktori Rinald D'Souza Bi-bi-si bilan suhbatda.

Angelo de Fonseka 1952 yili chizgan Bibi Maryam va chaqaloq Iso surati

Surat manbasi, Xavier Centre of Historical Research, Goa

Surat tagso‘zi, Angelo de Fonseka 1952 yili chizgan Bibi Maryam va chaqaloq Iso surati
Angelo de Fonseka 1942 yili chizgan Bibi Maryam va chaqaloq Iso suratiga "Ona" deb nom bergan

Surat manbasi, Xavier Centre of Historical Research, Goa

Surat tagso‘zi, Angelo de Fonseka 1942 yili chizgan Bibi Maryam va chaqaloq Iso suratiga "Ona" deb nom bergan