Tramp G‘azoda "haqiqiy jahannam" boshlanishidan ogohlantirdi, Hamas uni rad qildi - video

G‘azoliklar

Surat manbasi, Getty Images

O'qilish vaqti: 3 daq

Hamas dushanba kuni Isroil kelishuv shartlarini buzayotgani uchun garovdagi isroilliklarning ozod qilinishi noma’lum muddatga qoldirilishini e’lon qildi. Shundan so‘ng AQSh prezidenti hamma garovdagilar ozod qilinmasa G‘azoda "haqiqiy jahannam" boshlanishini aytdi.

Hamas harbiy qanoti vakili Abu Ubaydaning bayonotida Isroil kelishuv shartlariga amal qilmayotgani aytiladi.

"Oxirgi uch haftada qarshilik harakati rahbariyati dushmanning qoidabuzarliklari va kelishuv shartlariga rioya qilmaslik holatlarini kuzatdi. Bu qonunbuzarliklar qatoriga ko‘chirilgan odamlarning G‘azo shimoliga qaytishini kechiktirish, Sektorning turli hududlarida ularga qarata o‘q uzish va insonparvarlik yordamini barcha kelishilgan shakllarda taqdim etmaslik kiradi", — deyiladi bayonotda.

"Shunga ko‘ra, 2025 yil 15 fevral, shanba kuniga rejalashtirilgan mahbuslarni (guruh asirga olingan isroilliklarni shunday ataydi - BBC) ozod qilish keyingi qoldiriladi", deydi Ubayda.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Guruh keyinchalik ayirboshlashning "rejadagidek borishi" uchun "eshiklar ochiqligini" aytdi va vositachilarni harakat qilishga chaqirdi.

Isroil Mudofaa vaziri Isroil Katsning aytishicha, Xamasning bu bayonoti sulh bitimini buzishdir.

"Hamasning isroillik garovga olinganlarni ozod etishni to‘xtatishi haqidagi bayonoti o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olish bo‘yicha kelishuvni to‘liq buzishdir", — deyiladi Kats bayonotida. "Men Isroil armiyasiga G‘azoda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday stsenariyga eng yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishni va aholi punktlarini himoya qilishni buyurdim. Biz 7 oktyabrdagi holat qaytishiga izn bermaymiz".

AQSh prezidenti Donald Tramp Hamasning e’lonidan so‘ng, agar shanba kuni tushgacha G‘azoda garovga olingan barcha odamlar qaytarilmasa, otashkesim kelishuvi bekor qilinishi kerakligini aytdi.

Shu bilan birga, u o‘z nomidan gapirayotganini va Isroil rasmiylari uning fikriga qo‘shilmasligi mumkinligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Tramp garovga olinganlar qaytarilmasa, "haqiqiy jahannam boshlanishi" bilan tahdid qilgan. "Hamas nima demoqchi ekanligimni tushunadi", deb qo‘shimcha qildi u.

AQSh prezidentining so‘zlariga javoban Hamas tahdidlar tilida hech qanday ma’no yo‘qligini va bu vaziyatni faqat murakkablashtirishini ta’kidladi.

"Tramp esda tutishi kerakki, ikkala tomon ham rioya qilishi kerak bo‘lgan kelishuv bor va bu mahbuslarni qaytarishning yagona yo‘li. Hamasning yuqori martabali rasmiysi Sami Abu Zuhriy Reuters agentligiga "tahdidlar tili hech qanday qiymatga ega emas va vaziyatni murakkablashtiradi", dedi.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Reuters
Biz xo‘rlandik, daydi itlar bizdan yaxshiroq yashamoqda. Alloh biz bilan, u odamlardan afzal. Tramp G‘azoni jahannamga aylantirmoqchimi? Bu hech qachon bo‘lmaydi?
Samira as-Sabia
G'azolik (Batafsil: bbc.com/uzbek)

BBCning Yaqin sharqdagi muxbiri Yolanda Nil vaziyatni G‘azo otashkesimidagi muhim palla deb ta’riflaydi.

G‘azodagi oddiy falastinliklar Trampning "do‘zax" haqidagi tahdidiga shunday munosabat bildirdi:

"Qanday jahannam? Boshimizga tushganidan ham badtar do‘zaxmi? O‘limdan ham badtar jahannammi? G‘azo bo‘lgasi boshiga tushgan vayronagarchilik, barcha amaliyot va insoniyatga qarshi jinoyatlar dunyoning hech qaerida sodir bo‘lmagan", deydi Rafahdan Jomaa Abu Kosh

Samira al-Sabia isroilliklarni qotillikda va yordamni kiritmaslikda ayblaydi.

"Biz xo‘rlandik, daydi itlar bizdan yaxshiroq yashamoqda. Alloh biz bilan, u odamlardan afzal. Tramp G‘azoni jahannamga aylantirmoqchimi? Bu hech qachon bo‘lmaydi?", deydi u.

Oldinroq Tramp AQSh aholisini ko‘chirib, G‘azo sektorini qo‘lga kiritish haqida taklif aytib, arab dunyosining g‘azabiga sabab bo‘lgandi.

Iordaniya qiroli Abdulloh bugun Tramp bilan uchrashishi kutilmoqda.

Suriya prezidenti Ahmad al-Sharaa falastinliklarni yeridan quvib chiqarish Tramp uchun na ma’naviy va na siyosiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini aytdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Isroil sulh borasida bergan va’dasida turolmaganini ta’kidladi.