Tehron ahli "eng yomon tun" bo‘lganini aytmoqda, Eron ham javob zarbalarini to‘xtatmayapti (video)

Isroilning Eronga qarshi havo hujumlarig yettinchi kundirki davom etar ekan, oddiy odamlar orasida o‘lim oshib bormoqda

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Isroilning Eronga qarshi havo hujumlarig yettinchi kundirki davom etar ekan, oddiy odamlar orasida o‘lim oshib bormoqda
O'qilish vaqti: 2 daq

Tehronda yashovchi odamlarning BBC fors xizmatiga aytishlaricha, "kechagi tun eng yomoni bo‘ldi". Isroilning Eronga qarshi havo hujumlarig yettinchi kundirki davom etar ekan, oddiy odamlar orasida o‘lim oshib bormoqda.

"Men bomba ovozlaridan tonggi 5 da uyg‘onib kettim. Ajdarho na’ra tortayotgandek, ular shu qadar zarba berishyaptiki, derazalar titrayapti», - deydi bir ayol

BBC gaplashgan boshqa eronliklar esa uylarida qolishdan qo‘rqib mashinalari ichida tunni o‘tkazayotganlarini aytishgan.

Bir suhbatdoshga ko‘ra, hujumga nishon bo‘lishi mumkin bo‘lgan hukumat binolari barcha mavzelarda bor, shu sabab qaer xavfsiz ekanini hech kim bilmayapti.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Tehron, 5 mart

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Tehron, 5 mart

Jurnalistlar bilan brifingda AQSh Urush vaziri Pit Hegset Eron uzra havodan hujumlar yaqin orada keskin oshishini bildirdi. Unga ko‘ra, AQSh bu urushni "istagancha uzoq" davom ettirishi mumkin va uning qator ittifoqchilari ham faollashdi.

Undan Prezident Donald Tramp Eronni endi kim boshqarishida asosiy so‘zga ega bo‘lishini istashini aytgani haqidagi xabarlarga munosabati so‘ralganda, u Tramp bunda "katta so‘z"ga ega bo‘lishini bildirdi. Trampning o‘zi avvalroq "jalb qilinishga majburman" degan.

"Biz ular yaxshi rahbarga ega bo‘lishini istaymiz. Men buni yaxshi amallashimni aytayotgan ba’zi odamlar bor», - dedi Tramp.

Tramp AQSh Eronning dron va raketa tizimlariga "har soatda» zarba berayotganini aytti.

NBC bilan suhbatda u Tehronga qo‘shinlar yuborishni rejalamayotganini bildirdi.

Tramp
Reuters
[Qo'shin yo'llash] behuda bo'ladi. Ular shundoq ham bor narsasidan ayrildi.
Donald Tramp
AQSh prezidenti (bbc.com/uzbek_

"Bu behuda bo‘ladi. Ular shundoq ham hamma narsasidan ayrildi. Dengiz kuchlarini yo‘qotti. Nimani yo‘qotish mumkin bo‘lsa, barini yo‘qotti», - dedi Tramp.

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi o‘z davlati AQSh-Isroil qo‘shinlari bosqiniga tayyor ekanini bildirgan.

Ayni damda Isroil Livan poytaxti Bayrut va Tehronga qarshi yangi hujumlar to‘lqini amalga oshirgan.

BBC muxbiri bilan gaplashgan janubiy Bayrut yashovchilari tunni boshpanalar, mashinalar, parklar va qarindoshlari uylarida o‘tkazganlarini aytishdi.

Isroil kecha Bayrutning Dahieh mavzesidagi Hizbulloh infratizilmasiga hujum qilayotganini aytib, aholiga u yerdan chiqib ketishni aytgan. Ammo, bu Bayrut janubidagi bu mavzeda yuz minglab odam yashaydi.

Odamlar tunni Bayrutning Shahidlar maydonida o‘tkazishdi. Bayrut, 6 mart

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Odamlar tunni Bayrutning Shahidlar maydonida o‘tkazishdi. Bayrut, 6 mart

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi dushanbadan beri Isroilning hujumlari 123 odamni o‘ldirgani va 683 nafarini yaralaganini bildirdi.

Eron ham Isroilning Tel-Aviv shahriga raketalar otganini bildirdi.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi tunda o‘z hududida raketani urib tushirganini aytti. X dagi sahifasida vazirlik poytaxt Riyoddan janubi-sharqda joylashgan Al-Xarj shahri yaqinida raketa ilg‘ab yo‘q qilinganini e’lon qildi.

Oxirgi soatlarda u poytaxt yaqinida ham bir necha dronlar aniqlanib, urib tushirilganini xabar qildi.

Bahraynga ko‘ra, Eron mamlakatdagi mehmonxona va turar joylarga zarba berdi.

Qatar esa AQShning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy bazasi bo‘lmin al-Ubayd havo bazasiga qarshi otilgan raketani urib tushirganini aytmoqda.