Tramp: "Putin aqldan ozgan" — Rossiyaning Ukrainaga yirik hujumidan so‘ng AQSh prezidenti keskin bayonot berdi - Video

Tramp

Surat manbasi, Getty Images

O'qilish vaqti: 4 daq

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga qilingan kuchli raketa hujumidan so‘ng keskin tanqid qildi.

Yakshanba kungi hujumda 12 kishi halok bo‘ldi. Tramp avval ham Putinni tanqid qilgan, ammo bu safargi bayonot Istanbulda tinchlik muzokaralarini boshlash harakatlari manzarasida yangradi.

"Putinning qilgan ishlaridan noroziman. U juda ko‘p odamlarni o‘ldiryapti, jin ursin, unga nima bo‘layotganini bilmayman. Uni anchadan beri bilaman, har doim kelishganmiz, lekin u shaharlarga raketalar jo‘natyapti, odamlarni o‘ldiryapti. Bu menga umuman yoqmayapti", dedi Tramp Vashingtonga ketishda.

Tramp, shuningdek, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishini aytdi: "Unga nima bo‘layotganini bilmayman. Jin ursin unga nima bo‘lyapti? To‘g‘rimi? U ko‘p odamlarni o‘ldiryapti. Men bundan noroziman".

Tramp bu bayonotini Ukraina poytaxti Kiev va boshqa shaharlarga urush boshlanganidan beri qilingan eng yirik hujumga javob tariqasida bildirdi. Hujum oqibatida mamlakat bo‘ylab 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi.

Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan har doim yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin unga nimadir bo‘ldi. U mutlaqo aqldan ozdi! U juda ko‘p insonlarni bekorga o‘ldiryapti.
Donald Tramp
AQSh prezidenti (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ham Putinni tanqid qilishda davom etdi.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan har doim yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin unga nimadir bo‘ldi. U mutlaqo aqldan ozdi! U juda ko‘p insonlarni bekorga o‘ldiryapti, gap faqat askarlar haqida emas. Raketa va dronlar Ukraina shaharlarini sababsiz o‘qqa tutmoqda", — deb yozdi Tramp.

"Unga bir qism emas, balki butun Ukraina kerak ekanligini har doim aytganman. Balki hozir biz shuning tasdig‘ini ko‘rayotgandirmiz. Agar u shunday qilsa, bu Rossiyaning halokatiga olib keladi!" — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Kreml vakili Dmitriy Peskov BBC savoliga javob berarkan, AQSh prezidentining bayonotlarini hissiy reaktsiya deb atadi. Unga ko‘ra, Moskva Trampga Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar jarayonini yo‘lga qo‘yishdagi ko‘magi uchun minnatdorlik bildiradi.

"Bu juda mas’uliyatli pallada yuz berayotgan holat, bu esa, tabiiyki, hammaning hissiy jihatdan charchashi va shunga yarasha hissiy reaktsiyalarga bog‘liq. Biz barcha munosabatlarni diqqat bilan kuzatyapmiz. Shu bilan birga prezident Putin mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilyapti", — dedi Peskov.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarini ilgari surishga urinayotgan Trampning Putin haqida qattiq bayonotlar berishi ilk marotaba kuzatilmayapti. Bu safargisi, Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasida 19 may kuni o‘tkazilgan shu yil hisobidan uchinchi telefon suhbatidan so‘nggi birinchi katta tanqid bo‘ldi.

Rossiya va Ukraina 2022 yil bahoridan beri ilk bor 16 may kuni Istanbulda muzokara o‘tkazdi. Hozircha muzokaralarning yagona natijasi — 25 may kuni yakunlangan "1000 ga 1000" formulasi bo‘yicha yirik harbiy asirlar almashinuvi bo‘ldi. Ikkinchi raund qachon va qaerda bo‘lib o‘tishi hozircha ma’lum emas.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Putinni muzokaralarga kirishishni istamaslik va urushni davom ettirishga intilishda aybladi. Tramp esa o‘z postida nafaqat Putin, balki Zelenskiyni ham tanqid qildi.

"Uning aytgan har bir gapi muammolar keltirib chiqaryapti. Bu menga yoqmayapti va darhol to‘xtatilgani yaxshi. Agar men prezident bo‘lganimda, bu urush hech qachon boshlanmasdi. Bu Zelenskiy, Putin va Bayden urushi, "Tramp"niki emas», — deb yozdi AQSh prezidenti. — "Men faqat katta va jirkanch yong‘inlarni o‘chirishga harakat qilayapman".

20 may: Putin va Tramp Ukraina haqida uzoq suhbatlashdi, ammo sulh bo‘ladimi?

Trampning suhbat haqidagi so‘zlari Putinnikidan farq qiladi, ammo tafsiloti noaniq.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Trampning suhbat haqidagi so‘zlari Putinnikidan farq qiladi, ammo tafsiloti noaniq.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik telefon suhbati ortidan Donald Tramp, agar Moskva va Kiev o‘rtasidagi muzokaralarda ilgarilash bo‘lmasa, AQSh Ukrainadagi urushni to‘xtatish harakatlaridan chekinishini aytdi.

U, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni oshirmasligi, chunki bu vaziyatni yomonlashtirishi qilishi mumkinligini bildirdi.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy esa amerikaliklarning bu jarayondan chiqib ketishlarini istamasligini aytdi.

"AQSh o‘zini muzokaralardan va tinchlikka erishish harakatlaridan ixotalamasligi barchamiz uchun muhim, chunki aks holda bundan faqat Putin manfaat ko‘radi", - dedi u.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Trampning aytishicha, Rossiya va Ukraina otashkesim muzokaralarini «zudlik bilan» boshlaydilar.

Putin esa suhbat konstruktiv o‘tganini bildirdi.

Bu Vladimir Putin va Donald Trampning oxirgi uch oydagi uchinchi telefon so‘zlashuvi bo‘ldi.

Lekin bu suhbat Rossiyaning Ukrainadagi urushiga yakun yasaydimi?

Telefon suhbatining boshqa tafsilotlari haqida biror narsa aniq emas.

Vladimir Putin
Reuters
Men Rossiya tarafi ham Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini urg‘uladim.
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

"Qo‘shma Shtatlar prezidenti jangovar harakatlarni to‘xtatish, yarashish haqidagi mavqeini bildirdi. Men Rossiya tarafi ham Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini urg‘uladim", - dedi Putin.

Oradan sal vaqt o‘tib Donald Tramp shunday dedi:

"Biz Vladimir Putin ikki yarim soat suhbatlashdik. O‘ylaymanki, ro‘y berayotgan u yerdagi dahshatli vaziyat borasida ilgari siljishga erishdik."

O‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Prezident Tramp, Rossiya bilan Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish va urushga yakun yasash bo‘yicha zudlik bilan muzokara boshlaydilar, deb post qoldirdi.

Tramp aytishicha, ushbu falokatli "qon hammomi" tugaganidan keyin Rossiya AQSh bilan keng miqyosli savdo qilishni istaydi.

Va Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarga Vatikan mezbonlik qilishni xohlaydi, dedi.

Hozircha esa Rossiyaning urushi davom etayapti.

Sekinlik bilan Rossiya armiyasi yanada ko‘p Ukraina yerlarini bosib olayapti.

AQShning muzokaralardan yiroqlashishi Zelenskiy uchun qimmatga tushishi mumkin.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, AQShning muzokaralardan yiroqlashishi Zelenskiy uchun qimmatga tushishi mumkin.
Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

"Oylarki Moskva mavqei shunday bo‘lgan: Rossiya Ukrainada uzoq muddatli otashkesimni istaydi. Biroq tafsilotlari bo‘yicha ishlash kerak, ayrim talablar bajarilishi kerak. Aftidan Amerika, Yevropa rahbarlari va Kiev 30 kunlik shartsiz otashkesim talab qilganlariga qaramasdan bu mavqe’ o‘zgargani yo‘q", - deydi Bi-bi-sining Moskvadagi muxbiri Stiv Rozenberg.

Bi-bi-si muxbiri Tramp bilan telefon so‘zlashuvida qatnashgan Prezident Putin maslahatchisidan "otashkesim vaqtini muhokama qildilarmi", deb so‘radi.

Yo‘q, degan javob bo‘ldi.

Trampning ko‘tarinki ruhdagi bayonotiga qaramay, tinchlik bitimi yaqin kelajakda imzolanadigan ko‘rinmaydi.