Qish Ukraina uchun qiyin bo‘ladi, lekin Rossiyaning yurishi sekin va u qimmatga tushyapti – nufuzli G‘arb eksperti

Aksar qurbonlarga dronlar sabab bo‘lishda davom etmoqda. Jabhadaning ikki tomonidagi taxminan 20-25 kilometr masofada jangovar dronlar samarali ishlayotgan "qotillik hududi" shakllangan.

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Aksar qurbonlarga dronlar sabab bo‘lishda davom etmoqda. Jabhadaning ikki tomonidagi taxminan 20-25 kilometr masofada jangovar dronlar samarali ishlayotgan "qotillik hududi" shakllangan.
    • Author, BBC Yangiliklar bo‘limi
  • O'qilish vaqti: 2 daq

G‘arbning yetakchi harbiy tahlilchilaridan biri, Karnegi jamg‘armasining vakili Maykl Koffman Ukrainaga so‘nggi safaridan so‘ng X tarmog‘ida front chizig‘idagi vaziyatning batafsil sharhini e’lon qildi.

U o‘z xulosalarini quyidagicha umumlashtiradi:

"Ukraina bu yil yaxshi o‘zini ko‘rsatdi va Rossiyaning hujumkor urinishlari unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi - ular faqat parchalangan yutuqlarga erishdi, bu esa katta xarajatlarga olib keldi. Ammo [Kievga] doimiy yordam juda muhim, chunki so‘nggi oylarda bosim kuchaydi va kelgusi qish qiyin bo‘ladi."

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Kofman shuningdek shunday deb yozadi:

  • Ukraina Qurolli Kuchlarining asosiy muammosi qo‘shinlarning yetishmasligi bo‘lib qolmoqda, "korruptsiya safarbarlikka to‘sqinlik qilmoqda". Harbiylarning ruxsatsiz armiyadan ketishi Ukrainaning jangovar kuchini jangovar yo‘qotishlardan ko‘ra ko‘proq kamaytiradi va vaziyat yanada yomonlashmoqda.
  • Zaxiralarning yetishmasligi Ukraina Qurolli Kuchlarining doimiy ravishda kamchiliklarni yopishga majbur bo‘lishini anglatadi. Ukrainaliklar Pokrovskda hujum qilayotgani sababli, ularda Zaporojiya viloyati kabi boshqa hududlarni barqarorlashtirish uchun qo‘shinlar yetishmaydi. Aynan shu sabab Rossiyaning yangi yutuqlarini kutish mumkin. Vaziyat tez orada yomonlashadi, ammo keyin u yaxshilanishi yoki barqarorlashishi mumkin.
  • Rossiyaga doimiy bosim va xalqaro dastak bilan Ukraina qishda frontning katta qismini barqarorlashtirishga va 2026-yilda jangovar harakatlarni davom ettirish uchun sharoit yaratishga qodir.
  • Aksar qurbonlarga dronlar sabab bo‘lishda davom etmoqda. Jabhadaning ikki tomonidagi taxminan 20-25 kilometr masofada jangovar dronlar samarali ishlayotgan "qotillik hududi" shakllangan.
  • Bu yil Rossiya qo‘shinlari bu hududni doimiy ravishda oldinga siljitib kelmoqda, ammo Ukraina havoda ustunligini saqlab qoldi. Shu kunlarda Rossiya armiyasi bu ustunlikni kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
  • Front chizig‘i xandaqlar bilan emas, balki bir-biridan ancha uzoqda joylashgan va ikki yoki uch kishi tomonidan boshqariladigan pozitsiyalar bilan belgilanadi. Shuning uchun front chizig‘i juda o‘tkazuvchan bo‘lib qoldi, ya’ni qo‘shinlarning bir joyda yoki boshqa joyda bo‘lishi nazoratni anglatmaydi.
  • Natijada, ikkala tomon ham aniq nazoratga ega bo‘lmagan muhim "kulrang hudud" paydo bo‘ldi.
  • Shunday ekan, nima bo‘layotganining ishonchli xaritalarini chizish qiyin - va haqiqiy vaziyat xaritada qayd etilganidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.