Diqqat, BBC: Oʻzbekiston migrant yetkazib beradigan davlatga aylanib qolyaptimi? Video

migrantlar

Сурат манбаси, Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi

Ўқилиш вақти: 6 дақ

Mutaxassislar turli sabablar tufayli Oʻzbekiston aholining barchasini ish bilan taʼminlashi imkonsizligini aytishadi. Ularga koʻra, ishlar toʻgʻri tashkil qilinsa migrantlarning daromadini 3 barobar oshirish mumkin.

Kunlar isib, oʻzbekistonlik mehnat migrantlari Rossiya kabi davlatlarga ketishi kutilayotgan bir pallada buning teskarisi boʻldi. 10 minglab migrantlar ortga qaytmoqda.

Yil oxiriga borib ularning 250-300 ming nafari Oʻzbekistonga qaytishi prognoz qilindi.Rossiya-Ukraina urushi manzarasida Oʻzbekiston soʻnggi yillarda chetga chiqayotgan mehnat migrantlarining Rossiyadan boshqa rivojlangan davlatlarga yuborishni hukumat miqyosida tashkillashtirmoqda.

Mutaxassislar ushbu koʻrilayotgan choralar yetarli emasligini, Oʻzbekiston mehnat migrantlaridan kelayotgan daromadni 3 barobar orttirishi mumkinligini taʼkidlashmoqda. Oʻzbekiston chetga migrant eksport qiluvchi davlatga aylanib qolmoqdami?

Diqqat, BBC dasturimizning navbatdagi sonida ana shu masalalar muhokama qilindi.Hulkar Nuritdin olib borgan dasturni shu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

Bundan 20-25 yillar avval oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari asosan Rossiya va Janubiy Koreyaga ishlashga ketgan boʻlsa, oxirgi yillari Yevropa, Amerika va Osiyodagi rivojlangan mamlakatlarga ham ketishmoqda.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

Aloqador mavzular:

Va bu oʻrinda hatto Oʻzbekiston hukumati ularga yordam bermoqda.

Bir necha yil BBCʼning Oʻzbekistondagi muxbiri boʻlib ishlagan Avaz Tohirovning aytishicha, xorijga intilish oʻzbekistonliklar orasida 2000-yillar oʻrtasida urfga kirgan boʻlsa, bu intilish kuchaygan boʻlsa kuchayganki, hamon soʻnmagan.

"Faoliyatimdan kelib chiqib koʻplab odamlar bilan gaplashaman, materiallar tayyorlayotgan vaqtda soʻrovnomalar oʻtkazaman. Bulardan juda ham koʻp odam haligacha xorijga chiqishga intilishi, chetga chiqish koʻpchilikning orzusiligi anglashiladi. Yaponiya, Britaniya kabi rivojlangan davlatlarda doimiy ish topolgan oʻzbekistonliklar oʻzining yashash manzilida haligacha juda ham ovoza boʻladi".

Uning aytishicha, ham oliygohda oʻqib hamda boʻsh vaqti kirakashlik qiladigan yoshlar orasida Yevropa davlatlariga ketishga qiziqish kuchli.

"Yaqinda bir talaba bilan gaplashib qoldim. Pochchasi Daniyada yashab, yaxshi ishda ishlarkan. U Toshkentdagi oliygohda 4-kursda oʻqirkan. Oʻqishni bitirib pochchamning yordami bilan Daniyaga boraman, deydi".

BBC muxbiri Toshkentdagi viza markazida ham koʻplab oʻzbekistonlik yoshlarni koʻrgan.

quruvchilar

Сурат манбаси, EVN

"Hukumat hozir xorijdan ish topishga oʻz fuqarolariga yordam beryapti va koʻplab oʻzbekistonliklar mavsumiy ishlarga, jumladan, Britaniyaga, Yevropa davlatlariga kelishyapti. Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Isroilga kelayotgan oʻzbekistonliklar bilan gaplashdim. Ular atigi 6 oyga viza olishayotgan ekan, ular shu vizani hech boʻlmaganda 1 yilga choʻzib olishni juda ham xohlashayotgan ekan. Hatto ularning eng katta orzusi bu joylarda doimiy yashab qolish. Shu hayotiy misollardan kelib chiqib aytishim mumkin, oʻzbekistonliklar orasida xorijga talpinish, xorijda doimiy ish topish haligacha kuchli".

Hukumatning Rossiyadan tashqari boshqa mamlakatlarga ham mehnat muhojirlari tayyorlab berishning yoʻlga qoʻyilishi ortida qanday sabab yotgan boʻlishi mumkin?

Avaz Tohirovning aytishicha, bu sohadagi ekspertlar Oʻzbekiston hukumatidagi bu intilishning eng asosiy sabablaridan biri bu iqtisodiy omilligini aytishgan.

"Yaʼni Rossiyadan koʻra, rivojlangan davlatlarda pul topish, yaxshiroq maoshli ishga imkoniyatlari koʻproq. Lekin bu yerda ikkinchi sabab, siyosiy sabab ham bor. Ayniqsa, 2022 yil Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanishi ortidan Rossiyada migrantlarga nisbatan vaziyatning keskin oʻzgarishi va ularni majburan urushga olib ketish harakatlari tufayli, Krokus Siti Holldagi terrorchilik hujumi ortidan yana reydlar kuchaygani, umuman nafaqat oʻzbekistonlik, Markaziy Osiyodan boʻlgan mehnat muhojirlarining yashash va ishlash sharoitlari ogʻirlashib borayotgani tufayli Oʻzbekiston hukumati boshqa mamlakatlarni qidirishga majbur boʻlmoqda, degan fikrlarni ham berishgan edi ekspertlar", deydi Avaz Tohirov.

Mehnat migratsiyasi kuchayarkan, Oʻzbekistonda migrantlarni ishga tayyorlash va kasb-hunar oʻrgatish ehtiyoji ham paydo boʻlmoqda. Xorazmdan "Dinur jobs" kasb-hunarga oʻqitish markazi koordinatori Davron Qoʻchqorov ayni shunday faoliyat bilan shugʻullanadi.

iqtibos

Uning aytishicha, 2020 yildan keyin mamlakat rahbari ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka tayyorlash masalasi boʻyicha va migratsiyaga oid qaror qabul qildi.2021 yildan boshlab kasbiy taʼlim davlat tasarrufi bilan bilan bir qatorda xususiy sektorga ham berildi."Shu borada biz 23 yanvar kuni oʻz faoliyatimizni boshladik. Qisqa 3 yil muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl, Beruniy tumanida va Xorazm viloyati Urganch shaharlarida 3 ta markaz ochdik. Hozirgi kunda 10 ortiq yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolarni kasbga tayyorlab kelmoqdamiz", deydi Davron Qoʻchqorov.Davron Qoʻchqorov faoliyat yuritayotgan tashkilotlar davlat subsidiyasi asosida amalga oshiriladi.Oʻzbekiston hukumati mahallabay toʻrtligini eʼlon qilgan. Unga koʻra, har bir mahallada hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, ayollar qoʻmitasi va mahalla raislari shu joylarda ishsiz fuqarolarning pasporti shakllantiradi."Birinchi kvartalning oʻzida biz faqat bitta oʻquv markazida 600 dan ortiq fuqarolarni kasbga oʻqitganmiz. 3 yil mobaynida bizlarning koʻrsatgichlarimiz 7 mingdan oshdi. Kasbiy taʼlimga ehtiyoj juda katta katta. Xorazm viloyati kesimida oladigan boʻlsak, ishsiz fuqarolar soni oʻrtacha 200 ming atrofida, shu 200 ming atrofidagi fuqarolarni bugun aynan migratsiyada, yaʼni chet davlatga chiqadigan fuqarolarga mutaxassis darajasi talablari qoʻyilgandan keyin va ularning mutaxassislik kvalifikatsiya va klassifikatsiya qarab narxi oshishi sababiga qarab, koʻpchilikda yana kasb bilan, hunar bilan borish ehtiyoji uygʻondi", deydi u.Davron Qoʻchqorovga koʻra, koʻpchilik erkaklar chet davlatlarga oila boqish uchun ketgach, ushbu oʻquv markazlarida eng asosiy oʻqish istagini bildirgan qatlam bu — ayollar."Bugungi kunda Oʻzbekistonda ishsizlik kesimida qaraydigan boʻlsak bir qarashda bizda ish yoʻq degan fikr juda yuqori boʻlib turibdi. Lekin bugungi kunda ish yoʻqmas, bugun mutaxassis yoʻq. Oʻzbekistonda ham mutaxassis yoʻq, chet elda ham mutaxassis yoʻq. Bugungi kunda xoh oshpazlik yoʻnalishida boʻlsin, xoh qandolatchilik yoʻnalishida boʻlsin, tikuvchilik yoʻnalishida boʻlib, ularning qoʻlida haqiqatda yetuk mutaxassis boʻlib chiqishsa, ular ichki mehnat bozorida ham 200, 300 dollar pul topishadi".Shunday ekan nega bu kabi kurslarda oʻqiganlar chetga chiqib ketishga qiziqishyapti, degan savolga Davron Qoʻchqorov chet ellarda ular mutaxassis boʻlgan holda chet tilini ham bilishi qoʻshimcha qiymat paydo qiladi."Ichki mehnat bozorida mutaxassislar 200 dollardan 500 dollargacha topadigan boʻlsa, ular chet davlatlarda eng kami 500 dollardan 1500, 2000 dollargacha pul topadi. Agar erkaklar yoʻnalishida argon svarkasi, qurilish sohasidagi yetuk mutaxassislarni bizlar chet davlatlarga yuborsak, ularning maoshi 1500 dan 5000 dollargacha koʻtariladi. Shuning uchun koʻp erkaklarimiz mutaxassis boʻlib, chet davlatlarga ketishadi, chunki u yerdan yaxshigina daromad topib oilasiga yuborishadi".

Oʻzbekiston iqtisodida migrantlarning oʻrni qanday?

Oʻzbek migrantlari jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladimi? Bu savollarga iqtisodchi Jamshid Muslimovga shunday javob beradi.

"Oʻzbekiston mehnat muhojirlari vataniga yuborayotgan mablagʻlarning iqtisoddagi oʻrni judayam katta. Shunday boʻlib kelgan. Aholi soni 40 millionga qarab oʻsib borarkan, aholi soni oʻsyapti, ishchi kuchi soni oʻsyapti, eksport oshadi", deydi u.

Muslimov migrantlardan kelib tushadigan daromad, vatanga keladigan mablagʻlar miqdori shunga yarasha oshadi va turli ijtimoiy iqtisodiy tanglik, muammolarga yechim boʻladi degan fikrga qoʻshilmasligini aytadi.

"Chunki mehnat muhojirlar asosan ishlayotgan sobiq sovet davlatlari, rusiyzabon respublikalar. U yerdagi iqtisodiy,ijtimoiy vaziyat qanchalik tanglashib borayotganini biz kuzatyapmiz. Iqtisodiy oʻsish suratlari judayam past. Qolaversa Markaziy Osiyodan borayotgan ishchi kuchilar soni oshib borgan sari, yaʼni taklif oshib borgan sari, talab esa bunga yarasha oʻsmayotgan boʻlsa, daromad, ish haqqi miqdori shunga yarasha kamayib boradi. Demak, bu mamlakatimizga yetarli darajada, avvalgi davrlardagi kabi katta miqdorda moliyaviy resurslar yetkazadi degan fikr boʻlmaslik kerak", deydi u.

Iqtisodchining aytishicha, jahonning boshqa mamlakatlarida ham chet eldan keladigan oddiy yoki quyi malakali ishchi kuchlarga ehtiyoj katta va mana shu zaruratni qoplash uchun ham oʻz oʻzbekistonliklarni yuborish mumkin degan fikrga ham qoʻshilmaydi.

"Bu bozorda judayam katta raqobat mavjud. Ayniqsa, bu masalada Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan, qoʻrqamanki, bizning vatandoshlarimiz raqobatlasha olmaydi. Bu Bangladesh, bu Filippin, Hindiston, Pokiston va hokazo mamlakatlar. Avvalambor ularning aksari inglizzabon. Yaʼni inglizzabon, anglasakson mamlakatlarning tartib-qoidalarini oʻzlarining darajalariga yarasha bilishadi. Shuning uchun moslasha olishadi. Undan tashqari issiq oʻlkalar haqida, namligi baland oʻlkalarda moslashgan ishchilar, mana shu Qatarmi, Saudiya yoki BAAlaridami ular shu iqlimga moslashib ishlashgan. Undan tashqari Afrikadan ham mehnat kuchlari bor. Narx masalasi boʻlsin, toʻlov, sifat, malaka, til, madaniyat masalasida bizning vatandoshlarimiz katta miqdorda raqobatlasha olishmaydi", deydi u.

Jamshid Muslimov mana shunday holatlarda davlat yordam berishi mumkin, jahon mehnat bozoriga moslashtirib, oʻqitishi, tarbiyalashi, saviyani, malakani oshirishi mumkinligiga ishonmasligini taʼkidlaydi."Past, oʻrta, oliy malakali ishchi kuchlarni xoh vatanda, xoh vatandan tashqarida joylash uchun shunga yarasha malakali davlat mutasaddilari, amaldorlari, xodimlari kerak. Endi mehnat vazirligimi, boshqa vazirliklarmi, agentliklarga olinadigan kadrlar bunday murakkab, koʻp bosqichli loyihalarni boshlab, amalga oshirib, oxiriga yetkazadigan darajada emas", deydi u.

Iqtisodchiga koʻra, chunki bu xodimlar bunday masalalarni hal qilish uchun yollanilmagan. Ularning oldiga qoʻyiladigan vazifalar, maqsadlar butunlay boshqa.

"Davlatning yoʻnalishi qaysi tarafga qarab ketgan boʻlsa, oʻsha masalalarni, vazifalarni bajarishga xizmat qiladi bu vazirliklar, agentliklar. Va shunga yarasha xodimlar ishga olinadi. Endi biz koʻrmayapmizki, davlat oʻziga uzoq muddatli qandaydir koʻzlov, strategiya qoʻyganligini, qandaydir bir dasturlarni yoʻlga qoʻyganini koʻrmayapmiz. Hattoki shu dasturlarni eʼlon qilgan taqdirda ham mana shu dasturlarni amalga oshiradigan malakali xodimlar ishga olinyaptimi shu dargohlarga? Oʻylaymanki, yoʻq", deydi Jamshid Muslimov.

Iqtisodchiga koʻra, malakali kadrlarni tayyorlash vazifalari umuman hal boʻlmay muammoligicha qolib ketadi.

"Dinur jobs" kasb-hunarga oʻqitish markazi koordinatori Davron Qoʻchqorov migrantlarni chetga yuborish tizimini Mehnat va Bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi nazorat qilishda davom etsa koʻzlangan natijaga erishib boʻlmasligini aytadi.

"Chunki davlat idoralari oʻzini samarali menejer sifatida koʻrsatolmadi", deydi u.Ammo u oʻzbekistonlik migrantlarning chetda boshqa mehnat muhojirlari bilan raqobatlasha olmaydi, degan fikrga qoʻshilmaydi.

"Bizga hozir Turkiya, Germaniyadan mutaxassislar soʻrab turibdi. Lekin shu mutaxassisni tayyorlash kesimini Bandlik vazirligi oʻzining qaramogʻidagi "Ishga marhamat" markazlariga yuklaganidan keyin, haqiqatdan ham ekspert aytganidek oʻz samarasini bermaydi. Mening taklifim bu sektorni xususiy sektorga topshirish kerak. Xususiy sektor kesimida bizga oʻxshagan markazlar orasida raqobatdosh tizim yaratilsa, buning negizida biz yetuk mutaxassis tayyorlab, tashqi mehnat bozoriga kerakli kadrlarni yetkazib beramiz", — deydi Davron Qoʻchqorov.

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002