Oʻzbekiston, XDP: 2,5 million soʻmga nechta “qovun tushirish” mumkin?

Сурат манбаси, MY5
Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatovning, Toshkent shahrida besh bolali oila uchun 1 oyga 2,5 million soʻm yetarli, deb aytgan gapi sotsial tarmoqlardagi eng koʻp muhokama qilinayotgan mavzu boʻlmoqda.
Oʻzbekistondagi parlament saylovi oldidan mamlakatda rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan besh siyosiy partiya vakillari ishtirokida 11-noyabr kuni jonli televizion debat uyushtirildi.
Siyosiy debat Sevimli telekanalida namoyish etildi.
- Ўзбекистон партиялари дебати: 2,5 миллион ойлик беш болага етади ёхуд "Ҳаммага тоза ичимлик суви!"
- Нега Ўзбекистон нуқул Афғонистон, Сурия ёки Венесуэлага қиёсланади?
- Қанча гўшт ейишини оддий халқдан сўрасин, айтади
- Ўзбекистон Португалиядан кўп электр истеъмол қилади, бироқ…
- Бош вазир ўринбосари сўзлари Мирзиёев сиёсатига зидми?
Bu debatning eng yodda qoladigan bayonoti XDP rahbarining poytaxt Toshkentda besh kishilik oila oyiga qancha mablagʻga yashay olishi haqidagi savolga javobi boʻldi.
Xalq Demokratik partiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatov besh kishi emas, besh farzandli oila oyiga 2,5 million soʻmga yashay olishini aytdi.
Oradan bir kun oʻtib XDP, Ulugʻbek Inoyatov faqat oziq-ovqat mahsulotlarini nazarda tutgan edi, degan bayonot tarqatdi.
Facebook foydalanuvchisi Djoo Kenja Ulugʻbek Inoyatovning bayonotiga shunday munosabat bildirdi: 2,5 mln sömni balki 2,5 ming dollarga adashtirib yuborgandir. Oʻshanda har oila a'zolariga 500$ dan... hmm yetib qoladi...
Dilshod Asqarov: Jumanazar akadan ham o'tqazvoripti.
Rashidxon Akramov: Bu izoh ochiqchasiga xalqning ustidan kulish.... Shu insonning bir vaqtlar Xalq Taʼlimi Vaziri lavozimida ishlaganiga hech ishongim kelmaydi....
Dilshoda Madaliyeva: Hech narsa yemasdan faqat buxanka chaynab kommunal toʻlovlarni toʻlab maktab fondini berib faqat piyoda yurib yashasayam yetmaydiku. Lekin magazinlarda xamma narsa oshib yotipti.
Marufjon Valievicn Yakubjanov: Qishloqlarda yetmagan 2.500.000 soʻm pul kotta Toshkentda yetarmidi?
Farhod Hilolov: Dumbullar zamonidir bu zamon, qovunlar bozoridir bu zamon.
Marsel Shmeltzer: Bu odam qaysi sayyoradan o'zi?
Shodiyarova Dilora: Yetadi bemalol. Faqat farzandlari maktabga o'qimasa, uydan chiqmasdan non suv iste'mol qilsa. Kartoshka piyoz ham olsa bo'ladi lekin ortirib.
Masuda Karimova: Bu odam deputatlikka loyiq emas. Хalq dardini tushunmagan.
Eldar Mamurjonovich Buriboev: Mana man shuncha topaman 3 kishimiz. 15 kunga zo'rg'a yetadi.
Umar Muxamedjanov: Chidab tuolmadim men xam: oz fkrimni bildisam. Hozir O'zbekistondagi barcha muomolani asosi kam oylik ekanini xisobga olsak, bunday partiyаlarni bizga umuman foydasi yok. Аxir o'ylab koring nimaga migrantlar okimi kuchayvotti? Nimaga korubsiy buyrokratiy toxtamaypti, nimaga odamlar oyla bokish uchun koshimcha daromad manbayini kdraypti? Nimaga foxishalar kopayib ketvoti, nimaga jamiytimizda poraxorlik, tamagirlik, kalloblik, aldamchilik avjida axir? Bu illatlani asil ildizi oylliklani kamligida emasmi? Aslida deputatlar oyliklarni oshirish xakida oylash kerak ku. Хullas bunaka fikrlaydigan odam deputarlikka, tem bola partiyа raxbarligiga noloyik.
Shahriyor Bahtiyorovich Turgunov: Har bir oila azosi 2.5 mln dan maosh olganda bemalol yetadi, shuni nazarda tutgan menimcha.
Ali Khan: Juda ajoyib fikr. Barcha amaldorlarni 2.5 million maoshga útkazish kerak. Úshandayam gúshtniyam kúp yeyishmaydi, nonniyam isrof qilishmaydi.
Farxod Akbarov: Bu odamni jiddiy va hal etuvchi deb hisoblamaslik kerak. Qoʻgʻirchoq, lider. Oʻz fikri va qarashlariga ega emas. Partiyasiga qoʻshib tirqiratib tarqatib yuborish kerak bularni. Ikki daqiqa vaqtni, ataylab gap aylantirib oʻtkazib yuborishdi. Nega!? Negaki, toʻgʻri javobni bilishmaydi yoki aytishdan qoʻrqishadi.... Yana bularga saylov uchun milliardlab mablagʻ ajratilgani achinarli .....
YouTube foydalanuvchisi Allohim Illohim: BOʻLADI ... GOʻSHT YEMASA ... KIYIM KIYMASA ... TAKSIDA YURMASA ... ISHGA PIYОDA BORSA ... SHOKOLAD YEMASA ... QIMMAT OVQATLAR YEMASA ... VA K.X.lar ... KAROCHE FAQAT YER SOLIGI ... MULK SOLIGI ... TULASA 2020-yildan OSHADIGAN SUV, SVET, GAZ, ISSIK SUV, OTOPLENIE KV/PLATA DEGANDEK ... BU GAPIMGA MUHTARAM PREZIDENTIMIZ NIMA DEYDI?
Adiz Kadirov: Hurmatli gʻamxoʻr xalq sevar Vatanparvar deputatlar. Oʻzlaring ikki- uch oy 2.500.000 soʻmga bir yashab koʻringlar, iltimos. Sizlar keyin chiqib xalqqga muroojat qilasizlar, boʻladimi yashab yoki yoʻqmi, maylimi?
Gʻayrat Avazov: 2.5 milyonga Toshkentda yashab bo'lmaydi. Viloyotlardayam yashab bo'lmaydi. 2.5 milyonni gazga berasizmi, sivetgami, ungami, yogʻgami, kiyinasizmi? Nima qilib buladi 5 nafar oila azolari ???
#Rustam Dustov: Rossiyada oʻrtacha oylik 35.000₽, demak Oʻzbekiston bilan narx-navolar bir xil. Mana misol uchun goʻsht 450₽, oʻzimizda 52.000 soʻm, qolgan mahsulotlar ham shunaqa narx. Agar oʻrtacha oylik Rossiyada 35.000 ₽ boʻlsa, demak Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik 4.500.000 boʻlishi kerak deb hisoblayman.
N I UZ: 3 million topardim. Hunarmandman. Xudoga shukur, ruzgordan kam-kus boʻlmadiyu yer, solik, axlat, gaz, gaz balonda, svetga, kiyim-kechakka sal kiynaldir. Oʻsha 3 million yetganda Rossiyaga kemasdim. Oilam oldida ishlab, uyimda issiq oʻrnimda yotgan bulardim. Vodiylikman. Toshkanda qanaka kip 2 yarim million yetadi, bilmadim. Yo bu deputat eng kam oylik shu 2 yarim million qilish kerak, deyolmayapti. Har holda davlat odami, shunaka desa ish topib ber deb, Senat va boshkalar aytadi.
BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning.
Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek














