IShID inqirozi: Mosuldan keyin navbat Raqqagami?

Сурат манбаси, Reuters
AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan kuchlar Raqqada IShID jangarilarini qamal qilishganini daʼvo qilishmoqda.
Raqqa shahrini IShID oʻzining mintaqadagi "xalifalik poytaxti" deb biladi.
Suriya Demokratik kuchlari deb atalmish kurd va arab jangarilaridan tashkil topgan qoʻshinlar Raqqadan janubga tomon yoʻllarni ham qamal qilganini aytgan.
Raqqa 2014 yilda IShID jangarilari tomonidan bosib olingandi.
Mosul IShIDdan ozod etildimi?

Сурат манбаси, Reuters
Soʻnggi xabarlarga koʻra, IShID Iroqning Mosul shahri ustidan nazoratni boy bergan.
Shaharning vayron qilingan Al Nuriy masjidi ham Iroq kuchlari nazoratiga oʻtgan.
BBCning Iroq kuchlari bilan boʻlgan muxbiriga koʻra, ayni masjid kompleksida hamon IShID merganlari mavjud.
Jangarilar oʻtgan hafta mintaqadan chekinishar ekan, bu qadimiy masjid va minorani portlatib yuborishgandi.
Iroq Bosh vaziri Haydar al Abadi masjidni jangarilardan tozalash amali "soxta IShID davlatining intihosidir", deb aytgan.
- BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02












