Putinning "jonli muloqot"i: Ukraina, Suriya, iqtisod, migrantlar va ko‘plab boshqa savollar

Vladimir Putin

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Vladimir Putin
O'qilish vaqti: 4 daq

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin an’anaviy katta matbuot anjumani bilan birgalikda "jonli muloqot"ini o‘tkazyapti.

Putin ikkinchi yildirki shu shakldagi tadbirda qatnashmoqda. Tashkilotchilarning aytishicha, rossiyaliklar Putinga 2 millionga yaqin savollar yo‘llashgan.

O‘tgan yili prezident to‘rt soat davomida savollarga javob bergan. Bu uning Ukrainada to‘laqonli urushni boshlaganidan beri ilk jonli muloqoti bo‘lgandi.

Bugungi yoyinning ilk soatida "Gostiniy dvor" zalidagi ekranga asosan iqtisodga oid, xususan narxlar o‘sishi va turar joylarga bog‘liq savollar chiqarildi. Putinning javoblariga ko‘ra,

  • Rossiya iqtisodi AQSh va Yevrohududdagidan tez o‘syapti
  • Putin narxlar o‘sishidan norozi va Markaziy Bankni tanqid qildi
  • Kursk viloyatini ozod qilish sanasi hozircha noaniq, armiya jang qilyapti
  • Putin yana "Oreshnik" ballistik raketasini maqtadi, uning aytishicha, G‘arb bu raketaga bas kelolmaydi
Vladimir Putin

Surat manbasi, Reuters

Bi-bi-si muxbiri savoli: Siz Rossiyani asrab qololdingizmi?

Bi-bi-si muxbiri Stiv Rozenberg 1999 yilda Boris Yeltsinning vakolatlarini Putinga topshirayotib aytgan gaplariga ishora tarzida Putin 25 yillik hukmronligi davomida Rossiyani asrab qola olgan-olmaganligini so‘radi. Rozenberg Ukrainaga bosqin tufayli yuz bergan Rossiya yo‘qotishlari, inflyatsiya va NATO kengayishini sanab o‘tdi.

"Menimcha, men nafaqat asradim, balki jarlik yoqasidan ortga qaytardim. Bari bizning suverenitetimiz butkul yo‘qolishiga yetaklayotgandi, busiz Rossiya mustaqil davlat bo‘lib qola olmasdi", - dedi Putin.

Uning aytishicha, G‘arb liderlari "Yeltsinning yelkasiga urib" uni qo‘llab-quvvatlashgan, lekin Yugoslaviyadagi bombardimon ortidan chiqish qilishi bilanoq "uni tahqirlay boshlashgan, alkash deya kalaka qilishgan". "Men Rossiya birovning emas, o‘zining manfaati yo‘lida qarorlar qiladigan davlat bo‘lishini uchun hammasini qildim", - dedi Putin. U, shuningdek, Rossiya xaridorlik salohiyati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turishini aytdi va "o‘quvchilaringizga buni yetkazib qo‘ying", dedi.

Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan, Putin ukrainlar "tugab boryapti" dedi.

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan, Putin ukrainlar "tugab boryapti" dedi.

Rossiya Ukraina ustidan g‘alabaga yaqinmi?

TASS bosh muharriri Putindan "maxsus harbiy amaliyot"ni qanday baholashi haqida so‘radi: "G‘alaba yaqinlashdimi?" Putinga ko‘ra, Rossiya jangchilari unga frontdan turli suvenirlar berib yubrrishyapti va yaqinda 155-dengiz kuchlari brigadasining harbiy gerbini jo‘natishgan. Gerbni darrov olib chiqib Putinning ortiga yoyishdi. "Jangchilarimiz hududlarni olyapti... qaytaryapti. Harbiy amaliyotlar – murakkab narsa, bashorat qilish qiyin. Biz ilk maqsadlarimiz sari ilgarilayapmiz", - dedi Putin.

Putin murosaaga tayyormi?

Amerikalik jurnalist undan Ukraina bilan murosaaga borishga tayyor yo tayyor emasligi haqida so‘radi. Putinga ko‘ra, ukrain tarafi muzokaralardan bosh tortgan. Uning aytishicha, Istanbulda erishilgan kelishuvlarni tatbiq qilish mumkin edi. "Lekin, sizning tarafdoringiz Jonson, yaxshi soch turmagi bilan keldi (Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonni nazarda tutmoqda) va oxirgi ukrain qolgunicha kurashish kerakligini aytdi. Ana kurashishyapti, lekin ukrainlar tugab boryapti", - deya javob qaytardi Putin.

Rossiyaparast jurnalistning o‘xshash savoliga javob bera turib, Putin Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyni legitim prezident deya tan olmasligi, hamda Zelenskiy saylovda qatnashib saylansagina, u bilan muzokara qilishini aytdi. (Urush tufayli 2024 yilda Ukrainada prezidentlik saylovlariga o‘tkazilmagan va Rossiya matbuotida Zelenskiyning legitimligi savol ostiga olingan.)

Putin 2023 yilgi jonli muloqotida 4 soatdan ortiq gapirgandi

Surat manbasi, YURI KOCHETKOV/EPA-EFE/REX/Shutterstock (15018720ay)

Surat tagso‘zi, Putin Rossiya mustaqilligi haqida ko‘p gapirdi

Suriya haqida

Putinning aytishicha, hali Bashar al-Assad bilan ko‘rishmagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Assad hozirda Moskvada. Putin Assadni ag‘dargan isyonchilarni "qurolli muxolifat" deb atadi (ular orasida Rossiyada terrorchi tashkilot deya tasniflangan Hayyat Tahrir ash-Sham ham bor).

Putinga ko‘ra, Assadning tarafdorlari, asosan "Eronparast bo‘linmalar" Halabdan jangsiz chekinganlar. "Butun Suriya hududi bo‘ylab shunday bo‘ldi", - dedi u. Putinning aytishicha, Eron 4 ming odamni olib chiqqan, ularning bir qismi Livan, yana bir qismi Iroqqa olib chiqilgan. "Bugunda vaziyat oddiy emas. Biz barcha guruhlar bilan aloqalarni ushlab turibmiz", - dedi Rossiya rahbari.

Isroil – Suriyadagi vaziyatdan eng katta manfaatdor

Turk jurnalistining "Isroil Suriyani bosib olishi" haqidagi savoliga javob berar ekan, Putin uning Yaqin Shaqr bo‘yicha mavqei o‘zgarishsiz qolayotgani, hamda muammoni faqat Falastin davlatini barpo etish bilan yechish mumkinligini aytdi.

"Isroil – Suriyadagi vaziyatdan eng katta manfaatdor", - dedi u. Unga ko‘ra, Rossiya Suriya hududlari bosib olinishini qoralashi, lekin ayni damda Isroil, misol uchun Turkiya kabi, o‘z davlati xavfsizligi muammolarini yechayotganini bildirdi.

Byujdet xodimlariga Putin chiqishini tomosha qilish majburiy etilgan

Surat manbasi, T.ME/AGENTSTVONEWS

Surat tagso‘zi, Byujdet xodimlariga Putin chiqishini tomosha qilish majburiy etilgan

Putin Markaziy Osiyoda rus maktablarini ochishga chaqirdi

"Ogni Kubani" nashri jurnalisti mehnat muhojirlari haqida savol berib, hududlarda ishchilar yetishmayotgani haqida gapirdi. Putin, bir tomondan, malakasiz ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni minimallashtirish, ikkinchi tomondan, Rossiyaga ishlash uchun keladigan odamlarni o‘qitish zarurligini aytdi.

Skip Bizning ijtimoiy tarmoqlar: and continue readingBizning ijtimoiy tarmoqlar:

End of Bizning ijtimoiy tarmoqlar:

Putinga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida rus maktablari va rus tilini o‘rgatadigan dargohlar tarmoqlarini ochish, bo‘lajak muhojirlarni Rossiya madaniyati, qadriyatlari va qonunlari bilan yaqindan tanishtirish zarur.

Uning aytishicha, shu bilan birga, allaqachon mamlakatda bo‘lgan chet elliklar uchun talablarni kuchaytirish kerak. Bu yo‘nalishdagi siyosatga misol sifatida Putin maktablarga rus tilini bilmaydigan bolalarni qabul qilmaslikka ruxsat beruvchi qonunni keltirdi. Uning ta’kidlashicha, "odamlarning huquqlari poymol qilinmasligiga harakat qilishimiz kerak, lekin ayni damda tizimga ortiqcha yuk bo‘lmasin".