Nomad TV: Qirg‘izistonda Rossiya tashviqotining yangi "silliq" yuzimi?

Surat manbasi, NOMAD TV
- Author, Brin Vindzor
- Role, BBC Monitoring
- O'qilish vaqti: 6 daq
BBC Monitoring tadqiqotiga ko‘ra, Qirg‘izistonda o‘zini "mahalliy OAV" sifatida ko‘rsatadigan yangi televizion kanali Rossiya bilan yaqin aloqalarga ega, shu jumladan mashhur moldovalik oligarx bilan bog‘liq rossiyaparast madaniyat loyihasi hamdir. Markaziy Osiyo davlatida parlament saylovlaridan bir hafta oldin ishga tushirilgan ushbu zamonaviy TV tarmog‘i ba’zi mutaxassislar tomonidan Kremlning mintaqadagi yumshoq kuch strategiyasini yangilash harakatining bir qismi sifatida qaralmoqda. Ularga ko‘ra bu mahalliy OAV va tillardan foydalanib, kengroq auditoriyaga erishish va shu bilan birga, Moskvaning geosiyosiy qarashlarini targ‘ib qilish maqsadi sifatida ko‘rinmoqda.
Moskva aktsentidagi Nomad TV
23-noyabr kuni Qirg‘iziston milliy opera teatrida katta gala tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bishkekning yuqori ijtimoiy qatlamidan bo‘lgan mehmonlar simfoniya orkestri musiqasi ostida kokteyllar ichishgan. Marosimda bir nechta mashhur rus shaxslari, jumladan Tashqi ishlar vazirligi so‘zchisi Mariya Zaxarova va Prezident Putinning strategik hamkorlik bo‘yicha elchisi Vadim Titov ham ishtirok etdi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishga sabab qirg‘iz va rus tillarida yangiliklar va ko‘ngilochar dasturlar nashr etadigan yangi kanal Nomad TVning ishga tushirilishi edi. Shundan so‘ng, milliy telekanal butun mamlakat bo‘ylab efirga chiqishni boshladi. Telekanal Qirg‘izistonda 30-noyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan bir hafta oldin ishga tushirildi.
Telekanalning ochilish marosimida so‘zlagan Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baisalov o‘z nutqida Nomad TVni "mahalliy OAV" sifatida ta’riflab, u "Qirg‘iz hayotini yoritadi" va "Qirg‘iz qonunlariga muvofiq ishlaydi" dedi.
Bishkekda joylashgan, lekin mamlakat bo‘ylab mahalliy muxbirlarga ega bo‘lgan kanal kuniga uch marta yangiliklar dasturlarini taqdim etadi, hamda original hujjatli filmlar, intervyular va tok-shoularini ham va’da qilgan.
Mahalliy OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishiga qaramay, Nomad TV va Qirg‘izistonning shimoliy qo‘shnisi o‘rtasidagi aloqalar ochiqchasiga ko‘zga tashlanadi.
Nomad TV Rossiyada davlat nazoratidagi NTV kanali bilan hamkorlikda efirga uzatiladi va yangiliklar orasida NTV dasturlarini ham efirga uzatadi.
Rossiya OAV Nomad TVni ochiqchasiga "qirg‘iz-rus" loyihasi sifatida ta’riflaydi.
Kanal veb-saytining domeni Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tgan.
Ko‘plab jurnalistlar ham Rossiya bilan aloqaga ega, deya xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik Radiosining Qirg‘iz xizmati.
Nomad TVning prodyuseri Anna Abakumova ilgari Rossiya Xabarlar Tarmog‘i (RT)ning bosh prodyuseri bo‘lgan. 2022 yilda u Ukrainaning Rossiya bosib olgan hududlari jabha chizig‘idan xabar bergan va ish faoliyati uchun Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan e’tirof etilgan.
Kanal bosh muharriri Erkin Alimbekov Sputnik Qirg‘iziston nashriyotining sobiq muharriri.
Boshlovchi Mirbek Moldakunov, Qirg‘iz milliy telekanalining mashhur teleboshlovchisi ham Nomad TV ijodiy guruhiga qo‘shilgan. Moldakunov ilgari Gazprom Qirg‘izistonning matbuot xizmatini boshqargan va oktyabr oyida Rossiyada "Honest View" jurnalistika mukofotining 300,000 rubl ($3,800) sovrindori bo‘lgan.
Moldakunov ijtimoiy tarmoqlarda G‘arb tomonidan "rossiyaparast tashviqotini tarqatgani" uchun cheklovlarga kiritilgan mashhur rus teleboshlovchilari Yevgeniy Popov va Olga Skabeeva bilan birga tushgan suratlarni joylagan.

Surat manbasi, FACEBOOK/MIRBEK MOLDAKUNOV
Ozodlik radiosining Qirg‘iz hizmatiga ko‘ra, Nomad TV mahalliy oylik ish haqidan ikki barobar ko‘proq maosh taklif qilib, Qirg‘izistondagi ko‘plab yetakchi jurnalistlarni jalb qilgan.
"Ular Qirg‘izistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy media kompaniyalaridan ko‘ra ko‘proq xizmatlarni taklif qilishlarini eshitdik", dedi Ozodlik Qirg‘iz hizmatining jurnalisti Ernist Nurmatov BBC Monitoring bilan suhbatda.
Ozodlik Qirg‘iz hizmatiga mahalliy telekanallarning rahbarlari Nomad TVni ishga qabul qilish jarayoni haqida gapirishganida shunday degan: "Sendan maoshingni so‘rashadi. Agar siz 50 ming so‘m deb javob bersangiz, ular sizga 100 ming so‘m taklif qilishadi".
"Ko‘p qutbli dunyo"ni birgalikda yaratish
Nomad TV boshqa qirg‘iz telekanallaridan farq qiladi.
"Texnologik nuqtai nazardan, unda eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, yuqori texnologiyali kameralar va studiyalar o‘rnatilgan. Shunisi aniq-ki, kimdir ko‘p sarmoya kiritgan", deydi Nurmatov.
Bosh muharrir Natalya Krolevichning aytishicha, telekanal an’anaviy "boshlovchi stol ortida" shaklini rad etadi. Buning o‘rniga, mezbonlar "virtual studiya"da infografikani 3D ta’sirlari bilan namoyish qiladi.

Surat manbasi, NOMAD TV
Nomad TV Bishkek markazidagi Ala-Too maydonida vaqtinchalik studiya ochgan va u kanalning savdo belgisi yashil rang bilan bezalgan, bu esa RT va NTV ranglariga mos keladi.
Hozirgacha efir asosan mahalliy masalalarga qaratilgan, lekin ayrim mavzular kanalning geosiyosiy yo‘nalishiga ishora qiladi.
23-noyabrda chiqarilgan "Qirg‘iziston va Rossiya Birga" nomli reklama videosida Nomad TV boshlovchilari ikki davlatning "umumiy tarixini" maqtagan, sovet davridagi buyuk Chuy kanali va Toktogul to‘g‘oni kabi qo‘shma loyihalarni olqishlagan. Video Rossiya va Qirg‘izistonni "buyuk san’at va madaniyatning umumiy makoni" deb ta’riflaydi va Bishkek bilan Moskva hamkorlik qilayotganini ifodalaydi.
Videoda aytilishicha, Rossiya va Qirg‘iziston "bosh san’at va madaniyatning ulkan umumiy makonidir", Bishkek va Moskva "ko‘p qutbli dunyo" ni yaratish uchun birgalikda ish olib bormoqdalar.
25-noyabrь kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bilan suhbat Nomad TV da namoyish etildi. Zaxarova Qirg‘izistonni sanksiyalar tufayli iqtisodiy jihatdan ajralgan Rossiyaga yordam bergani uchun maqtadi va ruslar va qirg‘izlar Ikkinchi jahon urushida "fashizmni mag‘lub qilish uchun bir safda kurashganini" esladi.
27-noyabrda esa telekanal Putinning Bishkekdagi tashrifi haqida "maxsus intervyu"ni efirga uzatdi. Ishga tushirilganidan bir hafta o‘tmay, bu telekanal tarixidagi eng katta yangilik bo‘ldi.

Surat manbasi, NOMAD TV
Rossiya nodavlat tashkiloti
Nomad TV telekanalini kim moliyalashtirayotgani aniq emas.
Bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan media kompaniyalari ro‘yxatiga ko‘ra, Nomad TV Damvideo MChJ nomi bilan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Egasi sifatida kam tanilgan prodyuser Anjelina Kapralova qayd etilgan.
Biroq mahalliy jurnalistlar kanal Kremlning yumshoq kuch kampaniyasining bir qismi bo‘lishi mumkinligiga shubha qilmoqda.
Kanal ishga tushirilishida mehmonlardan biri Rossiya parlamenti a’zosi va Yevrosiyo nodavlat tashkiloti raisi Alyona Arshinova bo‘lgan. Yevrosiyo 2024 yilda tashkil etilgan va Qirg‘izistonda juda faol.
Tashkilot Bishkekda Rossiya madaniyat markazini ochgan, maktablarga avtobuslar sovg‘a qilgan va subsidiyalangan oziq-ovqat do‘konlarini ochgan. Ushbu loyiha Rossiya va Qirg‘izistonning "an’anaviy qadriyatlarini" aks ettiradi.
Yevrosiyo kengashi tarkibiga Davlat Duma so‘zchisi Vyacheslav Volodin va RT bosh muharriri Margarita Simonyan kiradi, homiy esa Rossiyada yashayotgan sanksiyalangan moldovalik oligarx Ilan Shor hisoblanadi. Shor 2023 yilda Moldovada katta poraxo‘rlik ishtirokida ayblangan va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan mamlakatdagi saylovlarga aralashganlikda ayblangan.
Ozodlik Kirg‘iz xizmatining manbalari Nomad TV va Yevrosiyo o‘rtasidagi jurnalistlarni Qirg‘iziston va Rossiyada treninglardan o‘tkazish kabi hamkorliklarini tasdiqladi.
Yevrosiyo tashkiloti 2024 yilda "sovet ittifoqidan keyingi fazoda integratsiya jarayonini mustahkamlash" maqsadida tashkil etilgan va Qirg‘izistonda juda faol ish yuritmoqda. Nodavlat tashkilot Bishkekda Rossiya madaniy byurosini ochdi, mahalliy maktablarga avtobuslarni sovg‘a qildi, ijtimoiy do‘konlar tarmog‘ini ham ishga soldi. U hatto Rossiya va Qirg‘izistonning umumiy "an’anaviy qadriyatlari"ni aks ettiruvchi bepul attraktsionlar parkini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Surat manbasi, Official
Yevrosiyo nodavlat tashkilotining kengashi tarkibiga Davlat Duma spikeri Vyacheslav Volodin va RT bosh muharriri Margarita Simonyan kiradi, homiy esa Rossiyada yashayotgan sanksiyaga kiritilgan moldovalik oligarx Ilan Shor ekani aytiladi.
Shor Moldova hukumati tomonidan mablag‘larni befoyda sarflash bilan bog‘liq yirik janjalga aloqador bo‘lib, 2023-yilda sirtdan sudlangan. Buyuk Britaniya hukumati tomonidan u mamlakatidagi saylovlarga aralashganlikda ayblangan. Ozodlik radiosi Qirg‘iz xizmatining jurnalistlari Nomad TV va Yevrosiyo o‘rtasidagi hamkorliklarni tasdiqlashdi. Ular qatoriga jurnalistlarni Qirg‘iziston va Rossiyada media treninglardan o‘tkazish ham kiradi.
Nomad TV xodimi Svetlana Akmatalieva, ilgari Yevrosiyo tashkiloti nomidan jurnalistlarga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan. Yevrosiyoning harakatlari jamiyatda ochiq matbuot yo‘qligi sabab Nomad TVning e’tiborini tortishi mumkin edi.
Nomad TVning birinchi ko‘rsatuvida Nodavlat Notijorat Tashkilotlarga bag‘ishlangan ko‘rsatuv bo‘lib, unda Yevrosiyo jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan Bishkekdagi Rus madaniyat markazining ochilishi va Yevrosiyo jamg‘armasi rahbari Alena Arshinova bilan 23 noyabrь kuni olingan suhbat yoritilgan.
Nomad TV va Yevrosiyo jamg‘armasi izoh berish so‘rovlariga javob bermadi.
Tashviqotning yangi yuzi?
Nomad TV ishga tushishi Rossiyaning axborot urushida yangi front ochishi yani mahalliy OAV va tillardan foydalanib keng auditoriyaga yetib borish va Moskva nuqtai nazarini ilgari surishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Rossiya telekanallari Qirg‘izistonda yangilik emas. Ular malakat bo‘ylab efirga uzatilib, 80% rus tilini biladigan axoli orasida mashhur bo‘lib qolmoqda.
Bishkekda faoliyat yuritadigan tadqiqotchi Alisher Hamidov BBC Monitoring bilan suhbatda Nomad TVning o‘ziga hosligi "mahalliy telekanal" sifatida ta’rif etilganiga e’tibor qaratadi. "Kanallar Rossiyaning marionetkasi sifatida ko‘rinmasligi uchun, kanal mahalliy kontekstda joylashgan", deydi u. "Qirg‘iz hukumati ham shunday bo‘lishni afzal ko‘radi, chunki ular mahalliy aholi telekanalni Kremlning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vositasi sifatida qabul qilishini tushunishadi".
Mamlakatda Rossiya ortida turib, qirg‘iz tilida axborot tarqatuvchi OAV ham ko‘p. Masalan, Sputnik Kirg‘izston nashriyoti. Ammo Nomad TV to‘liq qirg‘iz tilida faoliyat ko‘rsatuvchi birinchi telekanal bo‘ldi.
"Facebook, Instagram, YouTube va rus OAV kanallari bloklangan. Rutube, Vkontakte kabi platformalar mamlakat internet foydalanuvchilari orasida mashhur emas", deydi Ozodlik radiosining Qirg‘iz hizmati jurnalisti Ernist Nurmatov BBC Monitoring bilan bo‘lgan suhbatida. "Rossiya o‘z ta’sirini yo‘qotishni istamaydi, shuning uchun bu yangi kanal ko‘proq odamlarga ma’lumot yetkazish va kun tartibini belgilash usuli bo‘ldi".
"Bu vaqtinchalik emas, uzoq muddatli media loyihasi ekanligi tushunarli. Nomad TV turli jihatdan olganda Rossiya propagandasining yangi yuzi", deya qo‘shimcha qiladi Nurmatov.












