Toshkentda tunda kesilgan 174 daraxt, Janubiy Koreyada qo‘lga tushgan o‘zbek "jihodchi" va O‘zbekistondagi eng kam maoshlar - Video

Rasul Kusherbaev mahalliy ekologlarga bosim bo‘lganini da’vo qildi.

Surat manbasi, Rasul Kusherbayev

Surat tagso‘zi, Rasul Kusherbaev mahalliy ekologlarga bosim bo‘lganini da’vo qildi.
    • Author, BBC Yangiliklar bo‘limi
  • O'qilish vaqti: 3 daq

Toshkent shahrida havo kuchli ifloslangani xabar qilingan bir vaqtda, poytaxtning Bobur va Nukus ko‘chalari kesishmasida 174 ta daraxt kesib tashlandi.

O‘zbekiston ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbaevning o‘z Telegram kanalida yozishicha, buyruqni Toshkent shahri hokimining ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov bergan. Obodonlashtirish boshqarmasi esa buyruqni tunda amalga oshirgan.

"Ekologiya inspektori tomonidan rasmiy bayonnoma tuzilib, tabiatga yetkazilgan zarar 1 mlrd 460 mln 952 ming so‘m deb baholandi. Hujjatlar qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborilgan," deb yozdi Kusherbaev.

Unga ko‘ra, tuman ekologiya inspektorlariga qonunbuzarlikni tezkorlik bilan o‘rganib, rasmiylashtira olmaslik uchun bosim o‘tkazilgan.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

«O‘zbekistonda havo buzilmoqda, ekologiya yomonlashmoqda, daraxtlar kesilmoqda. Toshkent havosi ifloslanmoqda. Va odamlar aybdorlarni qidirganda, Ekologiya vazirligi hech narsa qilmayotganini aytishadi. Vaziyatga ozgina oydinlik kiritmoqchiman, chunki buni ham prezidentdan yashirishadi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ayni damda, Yakkasaroy tumani hokimligi buni "Tozalik va tartib" oyligi doirasida «chiroyliroq va toza atrof-muhit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari» deya tasvirlab, tuvaklardagi yangi daraxtlar suratlarini chop qildi.

Gazeta.uz daraxtlarni kesayotgan ishchilardan biri bilan suhbatlashgan. U "qandaydir sammit" bo‘lishiga ishora qilgan. Dushanbadan esa Toshkent ko‘chalarida Serbiya va Finlyandiya bayroqlari osila boshlangan.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Uzgidromet daraxtlar kesilgan kunidaToshkentda havo 3-4 baravar, Gulistonda 9, Andijonda esa 10 barobargacha ifloslangani aniqlanganini xabar qildi.

25 oktyabrь kuni soat 19:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent havosi sifatini monitoring qilish avtomatik stantsiyalari uning kuchli ifloslanishini qayd etdi.

Fayzbog‘ telegram kanali xabar qilishicha, PM2,5 zarrachalarining miqdori 107−152 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yordan 3,1−4,3 baravar (35 mkg/m3) yuqori. Poytaxt aholisining ma’lum qilishicha, havoda kuchli kuyundi hidi sezilgan.

Uzgidromet havo ifloslanishi Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand, Termiz va Farg‘onada ham kuzatilganini aytdi.

Eng kam ish haqlari tibbiyot va ta’lim xodimlarida

Milliy statistika qo‘mitasi xabar qilishicha, O‘zbekiston bo‘ylab eng kam maoshlar sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida bo‘lib qolmoqda.

O‘rtacha ish haqi miqdori sog‘liqni saqlash tizimida 3,8 million so‘m bo‘lsa, ta’lim sohasida – 4,2 million so‘m.

Mirziyoyev
EPA
Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga etkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi.
Shavkat Mirziyoyev (Sentyabr, 2025)
O'zbekiston prezidenti (bbc.com/uzbek

O‘tgan may oyida O‘zbekistonda tuman va shahar markaziy kasalxonalarida shifokorlarning oylik maoshlari 20 foizga, o‘rta tibbiyot xodimlariniki esa 10 foizga oshirilishi e’lon qilingandi.

Shuningdek, sayyor xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoshi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida ustama to‘lanishi aytilgan.

O‘tgan sentyabrda esa Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi selektorda o‘qituvchilar maoshi ming dollarga yetganini aytgandi.

"Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi", - deb aytgan davlat rahbari.

Unga ko‘ra, o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilingan.

"E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?" – degandi prezident.

Ammo, shunga qaramay, ta’lim va tibbiyot xodimlari O‘zbekistonda eng nochor maoshli mutaxassislar bo‘lib qolishyapti.

Eng yuqori ish haqi esa hanuz moliya sohasida bo‘lib, bank, sug‘urta, kredit va boshqa moliyaviy xizmatlar sohalarida o‘rtacha maosh salkam 17 million so‘m ekani qayd qilingan.

Undan so‘nggi o‘rinda axborot va aloqasi sohasi (15 million so‘m), so‘ng esa tashish va saqlash sohasi (9,4 million so‘m).

Janubiy Koreyadagi reydlarga tushgan o‘zbekistonliklar

Janubiy Koreyada politsiya go‘yoki xayriya tashkilotiga pul yig‘ib, uni Islomiy ekstremizmni targ‘ib qilish maqsadiga yo‘llagan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi.

The Chosun Daily nashriga ko‘ra, bu terrorizmni moliyalash jinoyatining Janubiy Koreyada qayd qilingan eng yirik holatidir.

“A” Janubiy Koreyaga 2018 yilda D-2 talaba vizasi bilan kirgani, so‘ngra o‘qishni tashlab, 2023 yil martidan beri qochqinlikka arizasi javobini kutib kelayotgani aytiladi.

Surat manbasi, Gyeonggi Nambu Provincial Police Agency

Surat tagso‘zi, "A" Janubiy Koreyaga 2018 yilda D-2 talaba vizasi bilan kirgani, so‘ngra o‘qishni tashlab, 2023 yil martidan beri qochqinlikka arizasi javobini kutib kelayotgani aytiladi.

O‘zbekiston fuqarosining ismi faqat "A" deya xabar qilindi, uning yoshi 29da ekani aytildi.

U Janubiy Koreyaning Milliy josuslik agentligi va AQShning Federal tergovlar byurosi hamkorligida qo‘lga olingan.

Gyongi Nambu viloyat politsiyasi xabar qilishicha, "A" ijtimoiy tarmoqlarda sakkizta profil ochib, islomiy terrorchilikni moliyalash uchun 620 ming Tether kriptovalyutasini jamlagan. U bu pullarni Afrikada quduq qazish maqsadida yig‘ayotganini e’lon qilib borgan.

Politsiyaga ko‘ra, u kriptovalyutani AQShda terrorchi tashkilot deya tasniflangan Katiba al-Tavhid val-Jihad brigadasi va Hamasga o‘tkazgan.

Katiba al-Tavhid val-Jihad brigadasi Markaziy Osiyoda islomiy davlat o‘rnatishni maqsad qiluvchi tashkilotdir.

"A" Janubiy Koreyaga 2018 yilda D-2 talaba vizasi bilan kirgani, so‘ngra o‘qishni tashlab, 2023 yil martidan beri qochqinlikka arizasi javobini kutib kelayotgani aytiladi. Politsiyaga ko‘ra, unga O‘zbekiston tomonidan allaqachon terrorchilikni moliyalash aybi bilan hibs orderlari chiqarilgan bo‘lgan.

Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekiston Migratsiya agentligi Janubiy Koreyada E-9 noprofessional bandlik vizasi asosida ishlash davrida qonunchilik talablarini buzib, noqonuniy maqomga tushgan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jarima qo‘llanganini xabar qildi.

Aytilishicha, agentlik bu fuqarolarga uch tomonlama shartnoma asosida noqonuniy yurgan har bir oy uchun 2000 dollar miqdorida jarima tayinlagan.

Hozirda Janubiy Koreya Adliya vazirligi, politsiya, dengiz politsiyasi, Bandlik vazirligi hamda Transport vazirliklari hamkorligida 12 dekabrgacha qo‘shma reydlar o‘tkazilayotgani aytiladi.