"O‘zbek modeli" - haqiqatmi yo afsona?

Сурат манбаси, uznews.net
Bu hafta BBCUZBEKning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘targan mavzusi "O‘zbek modeli" haqida edi.
Facebook va Odnoklassnikidagi sahifalarimizla qoldirilgan yuzlab fikrlarni o‘rganib, aksariyat uchun prezident Karimov doxil hukumatning sevimli iborasi "O‘zbek modeli" mavhum qolayotganini tushunsa bo‘ladi.
O‘tgan hafta Prezident Islom Karimov hukumat oldiga 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 2 barobar oshirish vazifasini qo‘ydi.
Jahon Bankiga ko‘ra, 2014 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 62 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etgan.
Kishi boshiga YaIM hajmi esa qariyb 1900 dollarga teng bo‘lgan.
Bu Qozog‘istondagidan (11850 dollar) 6 barobar kam demakdir.
Qozog‘istonning 2014 yildagi YaIM hajmi 217 milliard dollarni tashkil etgan.
Agar hukumat Prezident qo‘ygan vazifani ado etsa, 2030 yilda O‘zbekistonning YaIM hajmi Qozog‘istonning hozirgi daromadining yarmicha bo‘ladi.
Yoki yana davlat rahbari bergan raqamlarga tayanilsa, O‘zbekiston Qozog‘istonning bugungi darajasiga yetib olishi uchun kamida 25 yil kerak bo‘ladi.
Prezidentning aytishicha, har 100 oilaning 42 tasi yengil avtomobillarga ega va har 47 ta oila shaxsiy kompyuterlar bilan ta‘minlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "boshqalar havas qiladigan bunday natijalarga erishish oson emas".
Prezidentning fikricha, bularning hammasi dunyoda "O‘zbek modeli" deya tan olingan rivojlanish yo‘lining samarali ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
"O‘zbek modeli"ning asosiy tamoyillaridan biri davlatning bosh islohotchilik rolidir.
Tahlilchilar buning amalda sovet davridagi reja iqtisodiyotidan farq qilmasligini aytishadi.
Har yili millionlab o‘zbekistonliklar ish izlab Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlarga ko‘l oladilar.
O‘zbekiston sobiq sovet hududida valyutaning qora bozori amal qilayotgan yagona davlatdir.
O‘tgan yili Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi O‘zbekistonni valyuta cheklovlarini bekor qilishga chaqirgan.
"O‘zbekiston Qozog‘iston emas!"

Сурат манбаси, EPA
Biz muxlislardan so‘ragan savollarimiz: Siz rivojlanishning "O‘zbek modeli"ni qanday tushunasiz?
Bu modelning samarasini o‘z turmushingizda ko‘rayapsizmi?
"O‘zbek modeli" jahonda tan olinganiga ishonasizmi?
(Izohlar aksariyat holatlarda tahrirsiz berilmoqda - tah.)
Farkhod Abdurakhmonov "O‘zbek modeli"haqida yozar ekan, dunyo tarixi va boshqa davlatlar tajribasidan bir necha misollar keltiradi. Uning nazarida, barcha modellarning asl maqsadi aholi turmush darajasini va sifatini oshirishdan iborat va "O‘zbek modeli" bundan mustasno emas. Ammo Karimov aytmish, "O‘zbek modeli"ning dunyoga tanilishiga kelsak, Farhodga ko‘ra, " ...O‘zbek modelining tamoyillarini nazariya sifatida, g‘oya, maqsad sifatida to‘g‘ri deb hisoblayman. Ammo asosiy masala shundan iboratki, o‘zbek modeli o‘z ichiga olgan beshta tamoyil qanchalik amalga oshyapti? Ulkan reja, tamoyillarni, maqsadlarni e‘lon qilish, baralla aytish bilan agarki ular amalda to‘liq hayotga tadbiq etilmas ekan, bunday holatda har qanday model o‘z qadrini yo‘qotadi, puchga aylanadi. Rivojlanish nisbatan bo‘lyapti, ayni chog‘da jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligini ham tan olib, ularni tuzatishimiz kerak. Jumladan, qonun ustuvorligi tamoyili nega ishlamaydi? Nega aynan qonun posbonlari qonunlarni oyoqosti qilishlariga yo‘l qo‘yilmoqda? Iqtisodiyotning siyosatdan ustun bo‘lishini qachon o‘z amaliy faoliyatimizda ko‘ramiz? Statistik raqamlar zo‘r bo‘lishi bilan ular real hayotni ifoda etmasa unda o‘zimizni o‘zimiz aldagan bo‘lamiz..."
Muhammad Ali: Farhod Abdurahmanov gapingizga qo‘shilaman. Haqiqatdan ham bizning model nazariy jihatdan yaxshi ishlangan. Ammo amaliy jihatdan passiv ishlamoqda.
Shuhrat Musidov esa Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodlariga to‘xtalar ekan, qo‘shni mamlakatdagi devalvatsiyani tilga oladi.

"Iqtisod haqida 2015 yilning 2-yarmida boshlangan va xozir xam davom etayetgan devalvatsiya natijasida Qozog‘iston milliy valyutasi tenge dollarga nisbatan 188 dan 380 ga chiqdi.. Bu degani 2014 yilda 217 mlrd dollarlik vvp'ni deyarli yarmidan kupi yuqqa chiqdi.. Bu nafaqat Qozog‘istonda, balki deyarli barcha neftga judayam bog‘liq bulgan davlatlarda bo‘lyapti.. Neft iqtisodiyotni oyoqqa turg‘izib olish uchun juda yaxshi xom-ashyo, lekin neftdan keladigan daromadni davlat erkalab ketgan banklarga emas, balki sanoatni rivojlantirishga va infrastruktura qurishga (yullar, temir yullar, ijtimoiy proyektlar va xokazo) yo‘naltirishi kerak. O‘shandagina iqtisodiyotni ancha barqaror ushlab, rivojlantirishni iloji bo‘ladi.. O‘zbekistonimizni nefti bulmaganligi bilan qishloq xujaligi maxsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport bozorlariga olib chiqishga juda ulkan potentsiali bor. Bunga xamma shart sharoit bor - mexnatkash xalq (eng muximi.. Qo‘liga ketmon bersang yerni yuragini kovlab olib beradigan), judayam qulay iqlim sharoiti. Paxta maydonlarini keskin kamaytirib uni urniga urta osiyo, rossiya, va boshqa MDH davlatlarida juda yuqori talabga ega bulgan oziq-ovqat maxsulotlarini yetishtirish, iqtisodiyotimizni ancha kuchaytiradi.. Buning uchun davlat miqyosida qishloq xujaligini rivojlantirish buyicha katta isloxot utqazish kerak vaqt yuqotmasdan.. 1-chi urinda gollandiya, isroilga uxshagan davlatlardan q/x buyicha juda tajribali mutaxassislarni Uzbekistonga 3-5 yilga ishga taklif qilish kerak.. (xatto vaqtincha q/x ministri vaziri qilib tayinlash mumkin).. (informatsiya uchun..Gollandiyada axolini bor-yug‘i 2%i q/x'da mashg‘ul. Ular ichki bozorni q/x maxsulotlari bn tulig‘icha taminlab yana tashqariga xam eksport qilishadi).. 2chi..qishloq xujalikni rivojlantirishning birinchi 5-7 yil davomida davlat tomonidan kuchli dotatsiyalar ajratish (arzon va uzoq muddatli kreditlar taqdim qilish, urug‘chilik, asbob-uskunaga ketadigan xarajatlarni 20% dan 50% gacha xarajatlarini davlat (!! bosh isloxotchi !!) tomonidan moliyalashtirish.. 3chi.. Q/x maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tashqariga tug‘ridan tug‘ri eksport qilishga sharoit yaratib berish va qullab quvvatlash, ishlab chiqarilgan maxsulotni kafolatli (2 tarafgayam foydali shartlarda) ravishda sotib olishni yulga quyish.. 4chi.. Xar bir viloyatda (kerak bulsa xar bir tumanda) bu isloxotni tadbiq qilish buyicha konsultatsiya markazlarini tashkil qilish.. Va xar oy/kvartalda utkazilayetgan/amalga oshirilgan ishlar buyicha viloyat markazlarida yoki poytaxtda katta seminarlar utqazish.. Yana bir muxim masala... Q/x sub‘ektlarini jazo yuli bilan emas, balki xar xil mukofot yullari bilan motivatsiya qilish kerak, qiziqtirish kerak... 10 yilda bu ishlar uzini ijobiy natijasini albatta beradi va xalkimiz farovonligi darajasini ancha yuqoriga olib chiqadi...Bilaman bu oson ish emas, lekin bu uzbek xalqini qulidan keladi.. Zotan "Good things take time" (Yaxshi ishlarni amalga oshirish vaqt talab qiladi) deyiladi xitoy xalq maqolida..."
"Haybarakallachilik" va tanqid
Rustam Bek: O‘zbek modeli 100% o‘zini oqlavotti bu narsani shu yurt uchun yorqin kelajagi uchun intilvotgan barcha biladi...
Abdufattoh Kamalov: Ayniqsa chetda ishlavotgan 6 million o‘zbek biladi, millionlab odam chetda birovlarga qul bo‘lib ishlashi ham O‘zbek modelida yozilganmi?
Dilmurod Khodjabaev: O‘zbek modeli, bu gibrid model degani. Ya‘ni, demokratik jarayonlarni reja asosida amalga oshirish, jilovni qo‘ldan bermaslik, energetika tizimlarni, yerga egalikni davlat tasarrufida saqlash.
Xamidulla Umarov: Yana bilmadimku lekin Uzbekistanda tinchlik. Xudoga Shukur urush bulmadi. Chegara mustaxkam. Shunisiga ham shukr.
Nodira Usmoniy: Xa, 2030 yilgachan yana xalkimiz kanchaga kamayib ketarkin? Bu ketishda xalq yoki kasallikdan yoki kiyinchilikdan qirilib ketmasa bo‘ldiydi...
Hurriyat Almardanova: Davlatimiz gullab yashnasin! Prezidentmiz umrlari uzoq bo‘lsin! Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!
Elbek Shapsantov: Xalqga nima bulyapti?? Qaysi mamlakatda bizdagidek tinchlik tukin sochinlik qarshi fikrli shaxslar doirada tashkaridashilar ishonmanglar ularga
Doniyor Pulatov: Qonun ustuvorligi ta‘minlanmas ekan, korruptsiyaga barham berilmas ekan, har qanday "model" safsataligicha qolaveradi...
Abdufattoh Kamalov: mustaqillikning 25 yilida shu paytgacha yetib keldikki, tinchlik degan argumentdan boshqasi qolmadi. Nima bo‘lsa ham, zato tinchmiz degan argument...
Odnoklassnikidan:
Rustam Absamatov: Model nima u, uni o‘zi nonga qo‘shib yeydimi?
KABULOV MAGRUR BARETs: O‘zbek modeli, bu laqmalarni laqillatish, aldov, qog‘ozbozlik, tunash, biznesi gullaganni biznesini tortib olish, o‘lpon solish va ko‘zbo‘yamachilikdan boshqa hech narsa emas!
SHOXRUX SHOXRUX: O‘zbekistonda birinchi navbatda korruptsiyani kamaytirish kerak, qancha million pullarni yeb tashlayapti...
Axmat shax: Yiliga chiqib aytiladigan safsatani yana bittasi, undan ko‘ra 2030 yili teridan kiyim kiyamiz g‘orlarda yashaymiz desa kuprok ishonadigon bulyapti xozirgi xolatda oldigamas orkaga ketyapti shekilli...
Va tanqidlardan tashqari qolgan yana o‘nlab izohlarni Ulug‘bek Sulaymonov aytgan bir jumlaga jamlasak: Islom Karimovga gap yo‘q!
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












