Daftar tutgan o‘zbek to‘ralari zamondan ortda qolganlarmi?

Nega rasmiylar oddiy odamlar qilgan ishni qilmaydilar?

Сурат манбаси, none

Сурат тагсўзи, Nega rasmiylar oddiy odamlar qilgan ishni qilmaydilar?

O‘zbegimda nima ko‘p, to‘y-hasham, maraka ko‘p. Turli-tuman tadbirlar oshsiz o‘tmaydi.

Shuning uchun, hozirda to‘yxonalarda ish besh.

Ko‘pincha marosimlarda amru-ma‘ruf bo‘ladi. Domladan ancha-muncha kerakli pandu-nasihatlarni eshitib olasan kishi. Bu yaxshi narsa, albatta.

Chunki, ish bilan bo‘lib yoki boshqa narsalarga chalg‘ib, diniy bilimlarimizni chuqurlashtirishning imkoni yo‘qdek.

Marosimlarda ko‘zingiz tushadigani ba‘zi bir muxlislar qori akaning har bir so‘zini xotiraga muhrlash uchun o‘z telefonlariga yozib olishlaridir.

Axir texnika asrida yashayapmiz. Lekin, bugun bu haqda gapirmoqchi emasmiz.

Meni ko‘pdan e‘tiborimni tortgani boshqa holat - televizorni qo‘ysangiz, qandaydir rasmiy uchrashuv yo-da, majlis payti ko‘rsatilayotgan payti "aqlli qiyofada"dagi rasmiylarning ma‘ruzachi gapirgan so‘zlarni shosha-pisha qog‘ozga tushirishayotgani...

Hayron qolasan kishi. Nega ular ham, oddiy odamlar qilgan ishni qilmaydilar? Axir aytilayotgan gaplarni shundoq telefon yoki diktafonga muhrlab qo‘yishsa bo‘ladiku!

Ehtimol, bunda qandaydir hikmat bordir... Balki, zerikarli yoki bir ohangda o‘qilgan ma‘ruza odamni "alla" kabi elitib, uxlatib qo‘yadigan bo‘lsa, deputat va rasmiylar shu holatda telekameraga tushib qolishdan qo‘rqishar? Ehtimol, shuning uchun, ular o‘zlarini daftarga bir narsalar bitayotgandek tutishar?

Yana bilmadim. Lekin, shunisi mantiqqa yaqinroq.

Yoki, bu sobiq SSSRdan qolgan odatmikan? Katta boshliq gapirganida, uning qo‘l ostidagi mutasaddilar bir qo‘lida qalam, ikkinchisida bir parcha qog‘oz bilan turishlari-da...

Endi u davrni tushunsa bo‘lardi.

O‘sha paytlar aqlli telefonlaru ixchamgina diktafonlar yo‘q edi.

Eng qizig‘i, hozir bu holat eng yuqori minbarlardan turib, yuqori texnologiyalarni hayotga chambarchas tadbiq qilish haqida tinmay gapirilayotgan bir paytda sodir bo‘layotganida...

Yana yuqoridagi diniy ma‘ruzalarga qaytsak. Turli mavzularda bo‘ladigan diniy o‘gitlardan eng esda qoladigani, agar aytganingga o‘zing amal qilmasang, o‘shanda gaping tinglovchiga ta‘sir ko‘rsatmasligidir.

Boshqa tomondan, keksa avlod yangi texnologiyadan foydalanishga no‘noqroq desangiz ham adashgan bo‘lasiz.

Chunki, axborot dasturlarida intervyu beradigan parlament a‘zolarining ko‘z qarashlari va bosh qimirlatishlaridan ekranda yugurayotgan matnni o‘qib ulgurmayotganlari yaqqol sezilib qoladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio