Nargiz ijtimoiy tarmoqlardagi toqatsizlikni fosh qildimi?

Сурат манбаси, none
Ijtimoiy muloqot tarmoqlarda o‘zbekistonliklar safi kengayib borar ekan, turfa mavzularga ularning munosabati ham turlicha bo‘lmoqda.
Ayrim mavzular, ayniqsa, diniy-siyosiy va yo shou biznes vakillari hayotiga oid xabarlar qizg‘in tortishuvlar, hatto, onlayndagi "dahanaki janjal"larga ham yetakladi.
Oxirgi bahslar Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi Suriyalik urush qurboni haqida aytgan qo‘shiq muallifining kimligi haqida bo‘lgan bo‘lsa, undan avvalroq, hozirda Amerikada istiqomat qilayotgan Nargiz Zokirovaning tashqi qiyofasi, uning Instagram dagi sahifasida O‘zbekiston haqida yozgan izohlari atrofida bo‘ldi.
O‘z sha‘niga otilgan kurakda turmas gap-so‘zlar ortidan Nargiza oxiri uzr so‘rab, qaysidir ma‘noda "janjal"ga nuqta qo‘yishga urindi.
Ayrimlarga ko‘ra, Nargiz Zokirovaning Instagram sahifasida unga nisbatan haqoratlarga javobi zamonaviy O‘zbek jamiyatida toqatsizlikni fosh etdi.
Shunday ekan, bundayin toqatsizlikni qanday izohlash mumkin?
O‘zbekistondan munaqqid va adib Rahimjon Rahmatga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi bahslar o‘zbek jamiyatidagi kayfiyatni aks ettirmaydi.
"Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlar bizning o‘zbeklar uchun yangilik. Odamlar endi-endi shundan foydalanishga boshladi. Aholining asosiy qismi, deb bo‘lmaydi, ya‘ni nisbatan kam odam foydalanadi. Endi hamma mamlakatda aholining har xil ijtimoiy qatlamlari bo‘ladi. Bir xil qatlami ziyoli bo‘ladi, boshqa qatlami oddiy omma bo‘ladi. Siz aytayotgan bir-birini so‘kishlar, bir-birini qarg‘ashlarni alohida o‘zbekka xos, deb bo‘lmaydi. Bunday holat har bitta millatda bo‘ladigan ijtimoiy qatlamga xos, desak to‘g‘riroq bo‘ladi", deydi Rahimjon Rahmat.
Shuningdek, suhbatdoshimizga ko‘ra, mavjud holatni o‘zbekistonliklar orasida ijtimoiy tarmoqda fikr yozish, bahslarga qo‘shilish madaniyati hali to‘la shakllanmagani bilan ham izohlash mumkin.
"Hali ijtimoiy tarmoqdagi bahslarga qo‘shilish, fikr qoldirish mas‘uliyatini ko‘pchilik sezgani yo‘q. Masalan, gazetada o‘sha gaplarni hech kim yoza olmaydi. Chunki, mas‘uliyati bor o‘sha gazetani, ya‘ni aytilgan gapga javob berish kerak. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotganlarda esa, aytayotgan so‘zimga javob berishim kerak degan mas‘uliyat yo‘q bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Boya aytganimdek, o‘sha bahslarning hech biri ijtimoiy fikrni belgilamaydi... Jamiyatning fikrini belgilaydigan katta olimlarimiz, ziyolilarimiz hali bu tarmoqlardan chetda turishibdi. Agar ular kirib kelishsa, o‘sha o‘zbekcha bahslarda vazminlik, ma‘no paydo bo‘ladi-da. Hozir ma‘no yo‘q, ko‘pincha shovqin bor".
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












