O‘zbekiston Islomiy Harakati kallakesarlik aks etgan video tarqatdi

Сурат манбаси, BBC World Service
Afg‘onistonda fevral oyi 31 kishini garovga olgan guruh tarqatgan videoda tutqunlardan birining boshi tanasidan judo qilinadi.
Ayrimlar bu jangari guruh Afg‘onistonda ildiz otishga urinayotgan "Islomiy davlat"ga tegishli deb taxmin qilishdi.
Ammo ayni videoda jangarilar o‘zlarini O‘zbekiston Islomiy Harakati deb taqdim qilishadi.
Videoda ikki niqob kiygan va qurollangan shaxs qarshilarida tiz cho‘kib turgan odamga gapirishadi.
Unda nima ish qilishini so‘rashadi.
Tiz cho‘kib turgan shaxs o‘zining askar ekanini aytadi.
Bu odamni o‘ldirishganidan keyin jangarilar hukumatga o‘z talablarini eslatib, agar ular bajarilmasa boshqa tutqunlar ham qatl qilinishini aytishadi.
Ularning talablari aniq emas, ammo mahalliy xabar agentliklariga ko‘ra, jangarilar o‘z safdoshlarini qamoqxonalardan ozod etilshni so‘rashmoqda.
Tutqunlikda qolayotganlarning aksariyat xazoralardir.
Xazoralar jamoasining rahbari Muhammad Muhaqqiqga ko‘ra, jangarilar "Islomiy davlat" harakatiga loyiq guruhdandir.
Ammo videoda jangarilar o‘zlarini O‘zbekiston Islomiy Harakatining a‘zolari deb tanishtirishadi.
O‘zbekiston Islomiy Harakati o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida tashkil topgan va ham Afg‘oniston, ham Pokistonda Toliblar bilan bir qatorda bo‘lgan guruh o‘laroq tanilgan.
Afg‘oniston Milliy xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, O‘IH o‘ldirgan shaxs Afg‘on armiyasining sobiq askari bo‘lib, 31 nafar garovga olingan hazoralarga aloqasi yo‘q.
O‘zbekiston Islomiy Harakatining asosini sobiq o‘zbekistonlik va markaziy osiyolik jangarilar tashkil qiladi.
O‘tgan yil O‘IH Karachi aeroportiga hujum uyushtirgan edi.
Bu O‘zbekiston Islomiy Harakati tomonidan ilk bor kallakesarlik aks etgan video tarqatilishidir.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram – bbcuzbek
Twitter – bbcuzbek
Odnoklassniki – bbcuzbek
Facebook- bbcuzbek












