Ijtimoiy minbar: militsiya va MXX qonundan tashqaridami?

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston parlamentining qonunchilik palatsi- Oliy Majlis 2012 yil noyabrida "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini tayyorlashga kirishgandi.
O‘zbekistondagi nashrlar o‘sha payt bu haqda rasmiy xabar tarqatishgan.
Ichki ishlar vazirligining rasmiy websayti ham qonunni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilgani haqida xabar bergan edi.
Ammo oradan qariyb 2 yil o‘tib, qonunning taqdiri mavhumligicha qolmoqda.
BBCning O‘zbekistondagi rasmiy idoralarga murojaatlarimizdan shu narsa ma‘lum bo‘layaptiki, hech kim militsiya haqidagi qonun ustida ishlayotgani yo‘q va yaqin orada bunday qonun qabul qilinishini kutish ham qiyin.
BBC jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili-Ombudsman idorasiga ayni masalada murojaat qildi.
Ushbu idorada eksperti Dilnoza Muratova Ombudsman instituti qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emasligi va militsiya haqidagi qonundan xabarlari yo‘qligini aytdi. Ombudsman vakilining bizga aytishicha, 2009 yilda "Jinoiy ishlar bo‘yicha hibsda saqlashga doir" qonun muhokamalarida qatnashishgan. Ammo militsiya haqidagi qonunni ishlab chiqish jarayoniga Ombudsman taklif etilmagan va bu jarayon qaysi bosqichda ekanini ham bilishmaydi.
Inson huquqlari faollari militsiya va maxsus xizmatlar haqidagi qonunlarning yo‘qligi mamlakatda qonunsizlikning avj olishi, jumladan, noqonuniy hibsga olishlar va qiynoqlarning keng tarqalishiga olib kelganligini ta‘kidlashadi.
Ularga ko‘ra, ushbu holat qiynoqlar va inson huquqlari buzilishining boshqa ko‘rinishlari uchun mas‘ul bo‘lgan ayni idoralar xodimlarini jazoga tortishni qiyinlashtiradi.
Ushbu mavzuda fikrlari bilan o‘rtoqlashgan va ismi oshkor etilishini istamagan sobiq militsiya xodimi: "Militsiya haqida qonun qabul qilinsa yaxshi bo‘lardi. Biz ham odamga o‘xshab dam olardik bola-chaqamiz bilan. Hozirning o‘zidan mustaqillikka usileniye boshlangan, shu bilan 3 oy it yotish-mirza turish. Hamma militsiyani yomon ko‘radi, ammo davlat militsiyani 25 yildan beri hech qanday qonunsiz ekspluatatsiya qilib kelayotganini hamma bilmasa kerak. Hozir ko‘pchilikni pensiyadan ham mahrum qilishayapti. Toshkent shahrida pensiyaga chiqish arafasida ishdan haydalganlarni pensiyaga tiklash narxi 2000 dollar...", deydi.
Xo‘sh, O‘zbekistonda "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilish nega uzoqqa cho‘zilmoqda?.
Hozirgacha militsiya haqida maxsus qonunning qabul qilinmaganiga sabab nima, deb o‘ylaysiz?.
Milliy Xavfsizlik Xizmati haqidagi qonun kerakmi?.
Ushbu idoralar xodimlarining o‘zboshimchaliklariga shaxsan guvoh bo‘lganmisiz?.
Bu qonunlar qabul qilingani taqdirda, O‘zbekistondagi ahvol o‘zgaradi, deb ishonasizmi?.
Fikrlaringizni Facebook dagi BBCUzbek sahifasida qoldiring.
Sharhingizni Whatsapp orqali ham yo‘llashingiz mumkin, telefonimiz: +44-78-58-86-00-02
-----------------------------------------------------------------------------------------
Gulshan Karaeva: Qonun ishlab chiqildi ham deylik,bundan naf bo‘ladimi?. Gap shunda!
Talib Yakubov: "Militsiya haqidagi qonun kerakmi?" degan savol "Prokuratura haqidagi qonun kerakmi?" yoki "Sud haqidagi qonun kerakmi?" degan savollarga tengkuchli. Biroq prokuratura va sud haqida qonunlar bor, nega militsiya haqida qonun bo‘lmasligi kerak? Davlat strukturalari shakllantirilayotgan paytda davlat har bir tashkiloti haqida Parlament qonun qabul qilishi shart. Aks holda tashkilot qonunchilik maydonidan tashqarida qoladi, ya‘ni noqonuniy tashkilot bo‘lib, uning har qanday faoliyati noqonuniy hisoblanadi. Tashkilot katta-kichikligidan qat‘iy nazar!. Ikkita kuchishlatar tashkilot - Militsiya va Milliy xavfsizlik xizmati - xavfsizlik uchun javobgar: 1) Militsiya - jamiyat xavfsizligini; 2) MXX - davlat xavfsizligini ta‘minlashi kerak. Ikkovi bir narsa emasmi? Yo‘q. MXX ichki xavfsizlik bilan birga tashqi xavfdan davlatni himoya qilishi kerak. Militsiyaning funktsiyasi torroq - u jamiyatdagi urush-janjal, Jinoiy kodeksda ko‘rsatilgan 104-113, 120, 122, 123, 127, 130-135, 137-140, 164-166, 168-174, 176-181, 184, 185, 185-1, 188-192, 213, 214, 222, 224, 226-229, 243, 247-250, 259-263, 266-278 moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarga qarshi kurashadi. MXX esa 150-163, 182, 223, 246 moddalarda ko‘zda tutilgan jinoyatlarga qarshi kurashadi (O‘zR JPKning 345-moddasiga qarang). Boshqacha aytganda, bu ikki tashkilot o‘z mohiyatiga ko‘ra davlatning eng kerakli tashkilotlaridir. Biroq bu ikki tashkilot haqida O‘zbekiston parlamenti hech qachon qonun qabul qilgan emas. MXX haqida I.Karimov chiqarga farmon bor, xolos. Biroq u qonun kuchiga ega emas. Shunday qilib, I.Karimov O‘zbekistonni chorak asr davomida noqonuniy tashkilotlar yordamida boshqarmoqda. Qaroqchi uchun qonun bormi-yo‘qmi, degan savol insoniyat aqlini tanigandan beri muhokama qilinadi. Yechim hamma vaqt bitta bo‘lgan: YO‘Q! Qaroqchi qonunni nima qiladi? U birovni talashi uchun qonun bo‘lishi shart emas. O‘zbekistonda Militsiya va MXXga boshdan-bosh ayni qaroqchi maqomi berilgan - bu I.Karimovning "kashfiyoti". Birorta postsovet davlatida bunday holat kuzatilmaydi. Birgina shuning o‘zi I.Karimovni sudga tortish uchun yetarli.
Ali Khan: Qachon hokimiyatni sobiq kommunist gosplanchilarmas, liberal qarashdagi odam boshqarsa, o‘shanda yaxshi tarafga o‘zgarish kutsa bo‘ladi. Ungacha esa korruptsiya gurkirashdan, amaldor xalqni talashdan, organlar esa, ishlarni "eskichasiga" yopib, o‘zlarini qonunni tepasida deb hisoblashdan to‘xtamaydi.
Bashorat Eshova: Xozirgi miliciya xodimlari chala savod. Qonun ishlab chiqilgani bilan xech kim amal qilmaydi.
Umida Axmedova: Hech narsa o‘zgarmaydi. Stalinni Konstitutsiyasi dunyoda eng yaxshi konstitutsiya bo‘lgan!.
Zeynep Can: Adolat yo'q Özbekistonda qonun hammaga barobar bo'lişi kerak.
Iroda Choriyeva: Tanqidlar, ba‘zi kamchiliklar yurtimiz, xalqimiz osoyishtaligini buzmasin, har bir sohada past-baland qirralar bor, ammo har bir qilingan nojo‘ya ishga jazo bo‘ladi, qaytar Dunyo deydilar...
Abdusalom Ergashev: Kuni kecha,25 iyul kuni Fargona viloyatining Chimyon kishlogi markazidagi bozor xududida uzunligi 20 metrcha keladigan maydonga kichik-kichik 5 ta dukoncha kurayotgan Ulugbek ismli tadbirkor yoniga Fargona tumani xokimi,uning yangi tayinlangan Akmal ismli birinchi urinbosari,tuman ichki ishlar bulimining A‘zam ismli urinbosari va tuman arxitektori kelishib bu dukonlarni buzib tashlashga karor kildik,deyishgan.Sababini suragan tadbirkorni kulidan kupol ravishda bir chekkaga tortgan militsiya bulimi vakili A‘zam,shu dukonlaringning ikkitasini menga berasan,shunda kolgan dukonlaringning xujjatlarini uzim tugrilab beraman,degan.Ulugbek bu taklifga kunmasligini,chunki bu dukonlar kurilishiga kattagina mablag sarflaganini aytsa,bulmasam uzingdan kur,deb ketgan.Ertasiga militsiya bulimi raxbari urinbosari A‘zam rosa choshgox paytida bir "Samsun" traktorini olib kelib atrofdagi 500 dan ortik odamlar kuz oldida traktor xaydovchisiga dukonlarni buzishga buyruk bergan.Traktorchi rad kilsa 15 sutkaga kamab kuyish bilan kurkitgan.Dukonlari buzilishiga tek karab turolmagan tadbirkor karshilik kursatib traktor yuliga chiksa A‘zam kupchilikni oldida xakorat kilib uni urib tashlagan.Bu vokea xakida Fargona viloyati ichki ishlar boshkarmasi maxsus inspektsiyasi boshligi xabardor kilingan.Vokealar tafsilotini kuzatib boryapmiz.Shu bir-ikki kunda bilamiz-militsiya formasidagilarga konun bor yoki yukligini.
Shabanova Nargiza: Aynan shu sohalar uchun qonunlar albatta kerak,chunki davlat ichida davlatga qarab ketadi bunaqada...
Shuxratjon Soliyev: Insonning iymoni baquvvat bo‘lib,vijdoni toza bo‘lmasa, har qanday qonunni chetlab o‘tishga harakat qilaveradi.
Ilhomjon Eshonqulov: manimcha faqat militsiyaga qonun chiqarib mxx ga qöshimcha imtiyoz berib ularning nazorat doirasini qisqartirish kerak . Masalan mxx ga ta'lim ishlariga aralashmasdan 1 avgust imtihonlarida ularni kamaytirish va ularni köproq chegara xududlarini boshqarish nazorat qilish berilsin.
Azim Rustamov: Tezkor qidiruv faoliyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. Sabr qilinglar. Sabrli qul bora-bora shod bo‘lar. Qonun tayyor. Senat ko‘rigidan o‘tsa bo‘ldi.
-------------------------------------------------------------------------------------------
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02












