AQSh: Musulmon Kongress a’zosiga suyuqlik bilan hujum qilindi - Video

Politsiyaga ko‘ra, mutaxassislar suyuqlikni aniqlash uchun hodisa joyida ish olib bormoqdalar.
Surat tagso‘zi, Politsiyaga ko‘ra, mutaxassislar suyuqlikni aniqlash uchun hodisa joyida ish olib bormoqdalar.
    • Author, Bi-bi-si yangiliklar bo‘limi
  • O'qilish vaqti: 2 daq

AQSh Kongressining Minnesota shtatidan musulmon a’zosi Ilhan Omar nutq so‘zlayotgan chog‘ida unga bir kishi shpritsga solingan suyuqlik bilan hujum qildi.

Xonada bo‘lgan VVS muxbiriga ko‘ra, sepilgan suyuqlikning kimyoviy moddaga o‘xshash achchiq hidi bo‘lgan.

55 yoshli Antoni Jeyms Kazmierchak, mahalliy politsiyaga ko‘ra, uchinchi darajali hujum aybi bilan hibsga olingan.

Seshanba kungi tadbirda yuz bergan bu hodisa ortidan Omar xonim o‘z nutqini davom ettirgan. "Men yaxshiman. Omon qoladigan odamman, shunday ekan bu kichik buzg‘unchi meni ishimdan chalg‘ita olmaydi. Men bullilar g‘olib bo‘lishiga yo‘q qo‘ymayman", deb yozdi u so‘ng X da.

Tadbir qatnashchilaridan biri Alfred Flauers Jr VVS ga "joyida qolish va odamlar oldida tadbirni yakunlashga o‘zida kuch topganini hurmat qilaman", dedi.

Hodisa aks etgan videoda hujumchi kuch bilan xonadan olib chiqilayotganida, "tuynuk och" deb qichqirayotganini ko‘rish mumkin.

Reuters
Men yaxshiman. Omon qoladigan odamman, shunday ekan bu kichik buzg‘unchi meni ishimdan chalg‘ita olmaydi. Men bullilar g‘olib bo‘lishiga yo‘q qo‘ymayman.
Ilhan Omar
AQSh Kongressi a'zosi (bbc.com/uzbek)

U, shuningdek, Omar "bizni bir-birimizga qarshi gijgijlayapti", degani ham eshitiladi. Bu gap nima haqida ekanligi hozircha noma’lum.

Politsiyaga ko‘ra, mutaxassislar suyuqlikni aniqlash uchun hodisa joyida ish olib bormoqdalar.

Omar xonim 2019 yilda AQSh Kongressiga saylangan ilk somali-amerikalik, ilk Afrikada tug‘ilgan amerikalik va ikki musulmon amerikalik ayollardan biri bo‘ldi. U Prezident Donald Trampga muxolif Demokratlar partiyasining a’zosidir.

O‘tkazib yuboring Instagram post
Instagram контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Instagram tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Instagram havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri Instagram post

Ko‘p mahalliy odamlarga ko‘ra, Minnesota shtatiga Tramp ko‘plab immigratsiya zobitlarini yuborayotganiga sabab uning Omarni yoqtirmasligida. Tramp Omar xonimni "radikal so‘lchi telba" va "jirkanch" deb atagan.

18 yanvarda Tramp Truth Social sahifasida Omar haqida "u qamoqqa olinishi kerak, yo undan ham yomon jazo, dunyodagi eng yomon davlatlardan biri bo‘lgan Somaliga qaytarib yuborilishi kerak. U SOMALINI YaNA BUYuK QILIShga yordam bergan bo‘lardi!" deb yozgandi.

Omar uyushtirgan va Minneapolis shimolidagi yerto‘lada o‘tkazilayotgan tadbirda 100 nafarcha odam qatnashayotgandi. Tadbirning maqsadi bir oy ichida AQSh immigratsiya xizmatlari tomonidan shaharda ikki kishi otib o‘ldirilishi va ularning faoliyati bo‘yicha savollarga javob berish edi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Yanvarda immigratsiya zobiti AQSh fuqarosi Rene Gud ismli ayolni otib o‘ldirgan. O‘tgan hafta esa AQSh fuqarosi Aleks Pretti otib o‘ldirilishi yana mahalliy g‘azab va namoyishlarga sabab bo‘ldi.

Tadbirda Omar Immigratsiya va Boj majburiy ijro agentligi (ICE) "tarqatib yuborilishi"ni so‘radi va Ichki ishlar vaziri Kristi Noem "iste’foga chiqishi yoki impichmentga yuz tutishi" kerakligini aytdi. Aynan shu chaqiriqlari ortidan unga suyuqlik bilan hujum qilindi.

Rasmiylar Omardan tadbirni tugatishni so‘rashgan, ammo u davom ettirishga ahd qilgan.

Minbarda gapini davom ettirar ekan, Omar: "Gapirishda davom etamiz. Atigi 10 daqiqa beringlar menga. Iltimos, ular tomoshani o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymang", deb aytgan.

Minnesotada AQShdagi somalilik migrantlarning eng katta qismi yashaydi.

U yerda otib o‘ldirilgan Rene Gud va Aleks Pretti immigratsiya reydlariga qarshi fuqarolik kuzatuvlarini olib borayotgandilar. Seshanba kuni Tramp Minnesotadagi reydlar "biroz susaytiriladi", dedi.