Rossiyada o‘tmagan O‘zbek avtosining narxi oshdi

Rossiyada sotilmay qolgan mashinalar O‘zbekistonda qimmat

Сурат манбаси, publika.uz

Сурат тагсўзи, Rossiyada sotilmay qolgan mashinalar O‘zbekistonda qimmat

O‘zbekiston avtomobillarining narxi qariyb o‘ttiz foizga qimmatlagani hech kimni xursand qilmadi.

O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida siyosiy masalalar va hatto iqtisodiy muammolarda ham kuzatilmagan birlik GM Uzbekistan mashinalari qimmatlashi bahonasida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Hech kim ayni narx oshishini maqtab qo‘ygani va yoki "nima bo‘lsa ham, tinchlik, shukr qilaylik" deb izoh qoldirmadi.

Sobiq Sho‘ro hududlari va Rossiyada iqtisodiy inqiroz tobora bo‘y ko‘rsatib, mashinalar narxining tabiiy pastlab borayotgan bir manzarada O‘zbekistondagi holat hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Facebookdagi Novosti Uzbekistana guruhida foydalanuvchilar ayni masalani qizg‘in muhokama etishgan.

Ayrim foydalanuvchilar avtomobil sotib olmaslik va oldindan to‘langan 85% pulni qaytib olish bilan O‘zavtosanoatga o‘ziga xos zarba berishni taklif qilishgan.

Aziz Azizkariev: "Savdo yo‘q bo‘lsa ham narhni oshirishibtida)"

Baxodir Axmedov"85% to‘lovni amalga oshirganlar pullarini qaytarib berishlarini talab qilishlari kerak. Ommaga bunday ulkan miqdorda naxt pulni qaytarish avtosanoatdagilarni eslarini joyiga keltirib qo‘yadi".

"Hech bo‘lmasa endi bemalol shapka (ustama to‘lov) siz bo‘larmikin? Agar odamlar shunda ham shapka bersalar bu telbalik, demak gap o‘zlarida", deb yozadi Oleg Pak.

Dilya Abdullayevaesa umuman boykot qilish kerak degan fikrda.

"Sotib olurmasdan baykot qilish kerak, shundagina ular odamlarni qo‘y junini olganday pullarini shilishmas edi, ayib o‘zimizda, ho‘p deb rozi bo‘lib sotib olaveramiz".

Bunga javobanKonstantin Kulakovshunday deydi: "Chunki boshqa chora yo‘q. Avtomibil olishdan kim bosh tortadi. Bir rusmdagi moshinani ikkinchisaga almashtirish mumkin ammo davlat bozorni monopoliyalashtirgan va sifatsiz mahsulotni halqga 3 baravar qimmat sotmoqda. Lekin, Osmonimiz musaffo. Mamlakatimiz bilan g‘ururlanamiz!"

Avtorinok.uz guruhida ham bu yangilik muhokama qilindi. Bu guruxdagi foydalanuvchilar ham mashina sotib olishdan hozircha tiyilish kerakligini tavsiya etmoqda.

Bakhrom Bogoutdinov"kelinglar hammaiz sabr qilib mashina olishdan tiyilaylik!!! Men shu kunlarda olmoqchi edim lekin endi olmayman", deb yozadi

Voditeli Tashkenta guruhidagi foydalanuvchilar esa yaqin orada narxlar tushishini ham bashorat qilishgan.

Mirkobil Usmanovga ko‘ra, "bunaqa narxda mashina olgandan piyoda yurgan ma‘qul".

Alisher Tuxlibayevesa o‘z tanishining aytganlarini shunday bayon qiladi:

"Men Avtosanoatda ishlaydigan tanishim bilan gaplashtim, uning aytishicha, bu sinov uchun kiritilgan narhlar ekan, agar bu narhlarda savdo yahshi bo‘lmasa, albatta narh tushiriladi, 2016 yilda esa 300 minga yaqin avtomobil‘ ishlab chiqarilar ekan, agarda omborlar to‘lib ketsa Yanvar yoki Fevral‘ oyida narhlar tushiriladi".

Siz nima deb o‘ylaysiz?

O‘zbekistonning o‘zida chiqadigan mashinalarning narxi nima uchun bunchalar baland?

Yangi narxlarda mashina sotib olarmidingiz?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio