Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralar ijobiy yo‘nalishda

Сурат манбаси, AFP
Parijda iqlim isishini oldini olish bo‘yicha kelishuv muzokaralari kutilganidan bir kun ko‘p davom etadi.
"Hammasi to‘g‘ri yo‘nalishga qarab ketyapti", deb aytgan sammitga raislik qilayotgan Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius.
Ammo, BBC muxbiriga ko‘ra, bitimga erishish uchun tomonlar ko‘proq murosaga borishlari zarur.
Parijda imzolanajak kelishuv 2020 yilda kuchga kirishi mumkin.
Fabiusning Frantsiya televideniyesiga aytishicha, anjuman "muhiti yaxshi, vaziyat ijobiy" va kutilayotgan bitim shanba kuni taqdim qilinishi mumkin.
COP21 deya nomlangan ushbu BMT anjumani ishtirokchilari chorshanba kunidan beri loyiha matni ustida ishlashmoqda.
Bu yangi global kelishuv borasida 2011 yilda boshlangan muhokamalar muhim pallaga kirganini anglatadi.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












