Tojikiston IIV polkovnigi ID ga qo‘shilganini e‘lon qildi

Shu yilning aprel oyida bedarak ketgan Tojikiston Ichki ishlar vazirligi maxsus militsiya otryadi-OMON qo‘mondoni Gulmurod Halimov "Islomiy Davlat" jihodchi guruhi saflariga qo‘shilganini e‘lon qilgan.
Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarda e‘lon qilingan videoda ma‘lum qilgan.
Suriyada tasvirga olingani taxmin etilayotgan videoda Halimov namoz o‘qish va islomiy kiyimda yurishga ruxsat bermayotgan tojik hukumatining amallariga norozilik belgisi sifatida jihodchilarga qo‘shilganini aytgan.
Polkovnikning murojaati rus tilida yozilgan.
Videomurojaat 12 daqiqadan ko‘proq davom etadi.
Sobiq OMON qo‘mondoni videoda palma daraxti atrofida qora kiyingan, yelkasida merganlik quroli bilan ko‘rinadi. U so‘zlar ekan, arab tilida namozga chorlash eshitilib turadi.
Rus tilida gapirgan Gulmurod Halimov "Islomiy Davlat" saflariga qo‘shilishini Tojikiston Ichki ishlar vazirligida o‘rnatilgan rasmiy tartibdan noroziligi tufayli deya izohlagan.
Uning aytishicha, vazirlik namoz o‘qish va Islomga muvofiq kiyinishga ijozat bermaydi.
Gulmurod Halimov o‘zi, Tojikiston Ichki ishlar vazirligi o‘tkazgan yig‘ilishlar haqida hikoya qilgan.
Halimov aprel oyi oxirida g‘oyib bo‘lishidan ko‘p o‘tmay, uning "Islomiy Davlat"ga qo‘shilgani haqida farazlar paydo bo‘lgan edi.
Tojikiston nashrlarining IIVdagi manba‘larga iqtibosan xabar berishlaricha, Suriyaga qochgan zobit oxirgi paytlarda ID faoliyati, g‘oya va tuzilmasi haqida ma‘lumot to‘plash bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Tojikiston rasmiylari hozircha video yuzasidan sharh berishmagan.
Ammo video paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay, Tojikistonda YouTube sayti ochilmay qolgan.
Tojikiston Ichki ishlar vaziri muovini, genaral-mayor Ikrom Umarzoda bundan ikki hafta ilgari jurnalistlarga OMON komandiri Gulmurod Ӽalimovning ӽozirda qayerda ekanligi borasida biron-bir ma‘lumotga ega emasligini aytgan.
U Halimovning "Islomiy davlat" saflariga qӯshilgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamagan, ammo rad ham etmagan.
Suriya va Iroqdagi "Islomiy Davlat" saflarida yuzlab markaziy osiyoliklarning jang qilayotganliklari ma‘lum.
"Sabri Jamoat" va "Imom Buxoriy" kabi o‘z guruhlarini tuzgan bu jangchilar Suriyaning Halab, Kobane shaharlari va yaqinlarda Palmiradagi yirik janglarda ishtirok etganliklari ko‘rilgan.
Matonatli qo‘mondon
Tojik matbuotining huquq-tartibot idoralariga tayanib, xabar berishicha, OMON zobiti Suriyaga bir ӯzi otlangan emas.
Halimov 10 nafar odamni tӯplagan va ular bilan birga 1 may kuni Moskvaga uchgan.
Bu 10 kishining deyarli ӽammasi ishsiz yurgan odamlar bӯlgani aytiladi.
Guvohlarning aytishlaricha, Gulmurod Halimovni 2 may kuni Moskvadagi "Sheremetevo" xalqaro aeroportida kӯrishgan.
Halimov uch yil oldin Tojikiston Ichki ishlar vazirligining maxsus vazifalarni bajaruvchi otryadiga qo‘mondon qilib tayinlangandi.
U oliy ma‘lumotli ӽuquqshunos bӯlib, Tojikistonning turli mintaqalaridagi maxsus amaliyotlar, jumladan, diniy ekstremistlarga qarshi kurashda kӯrsatgan matonati uchun qator orden va medallar bilan taqdirlangan.
40 yoshli Gulmurod Halimov ӯtgan yili Tojikiston Ichki ishlar vazirligi buyrug‘iga kӯra, polkovnik rutbasini olgandi.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ma‘lumotlariga qaraganda Suriyadagi qurolli tӯqnashuvlarda terrorchi va ekstremistik guruӽlar tarkibida 200 nafardan ortiq tojikistonlik ishtirok etmoqda.
Ӯz vaqtida Suriyadagi janglarda kamida 50 nafar tojikistonlikning halok bӯlgani xabar qilingan.
Ichki ishlar vaziri Suriyaga ketgan tojikistonliklarni yӯlidan adashgan yoshlar deb atab, ularning "ma‘nisiz urush" borayotgan mamlakatga xotinlari va bolalarini ham chaqirayotganliklarini aytgan.
U Suriya va Iroqqa bormoqchi bӯlgan bir necha ayol va qizlar yӯldan qaytarib qolinganini ta‘kidlagan.
Tojikiston vaqtli matbuoti va internet nashrlarida Suriyaga borgach, ӯzini aldashganini sezib, qaytib kelishga muvaffaq bӯlgan tojikistonlik bir necha yigitning hozirda hech qanday tazyiqlarsiz yashayotgani yozilgan.
Tojikistondagi masjidlarda esa juma namozidan oldin imom-xatiblar ko‘loblik bir yigitning Suriyada halok bo‘lgani va hozirda uning xotini va bolalari begona mamlakatda o‘z yurtiga qayta olmasdan qiyin ahvolda qolganini aytishgan.
Imom-xatiblar ota-onalarni o‘z farzandlari qo‘yayotgan qadamni kuzatib, ularni noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolishlari oldini olishga chaqirishgan.
Tojikiston Respublikasi Prezidenti ӽuzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi boshlig‘i Xudoyberdi Xoliqnazar tojikistonliklarning diniy ekstremistik va radikal guruӽlarga qӯshilib qolishlarining asosiy sabablari mamlakatdagi qashshoqlik, ishsizlik, yoshlarning islomiy va siyosiy bilimlari pastligi tufayli ularni internet ijtimoiy tarmoqlari orqali yollash ekanligini aytgan.
"Meӽnat muӽojirligi ӽam yoshlarni Suriya urushiga jalb etilishiga ta‘sir kӯrsatmoqda. Afsuski, Rossiyadagi inqiroz paytida bizning kӯp meӽnat muӽojirlarimiz ish ӯrinlarini yӯqotishdi va ularning ayrimlari Suriyadagi urushga tortildilar. Ular masjidlarga namoz ӯqigani borishganda yollovchilar Turkiyada yaxshi ish bilan ta‘minlashni va‘da berib, aslida Suriyaga olib ketishgan", degan Xudoyberdi Xoliqnazar.
"Mamlakatdagi ishsizlik, kambag‘allik, korruptsiyaning yoshlar orasida norozilik uyg‘otayotgani va ularning tirikchilikni yaxshilash maqsadida ӯzlari bilmagan holda qurolli guruhlar safiga qӯshilib qolayotganliklari haqiqat", - deydi tojikistonlik tahlilchi Ahmad Bobojonov.
Lekin uning fikricha, militsiya polkovnigi Gulmurod Halimov uchun hamma narsa yetarli bӯlgan - yaxshi ish ham, yaxshi maosh ham...
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












