Hind-Pokiston chegarasidagi "tomosha"

Ўқилиш вақти: 1 дақ

Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi Vaga chegara o‘tish nuqtasi 1947 yil ikki mamlakat o‘rtasidagi bo‘linish chizig‘i qabul qilingan yer hisoblanadi.

O‘shanda chegaralar chizib chiqilgan bo‘lsa ham, bahsli hududlar tufayli ikki mamlakat o‘rtasida kamida uch urush bo‘lib o‘tdi.

Ana shu tufayli o‘rtadagi tanglik hattoki kundalik chegarani yopish marosimida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Bu teatrlashgan marosim 1965 yildan beri kundalik ravishda mutassil o‘tkazib kelinadi.

50 yil mobaynida ikkala tomonda ham tomoshabinlar "chegara g‘azab tomoshasi"ni ko‘rishga kelishni kanda qilmaydilar.

Lavha muallifi: Nasiba Abieva

Muharrir: Luiza Iskandari.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02