O’zbek trans ayol Ichki ishlar bo’limida jinsiy tegajoqlik qilingani, do’pposlangani va qamalganini da’vo qilmoqda - Video

Сурат манбаси, Kamilla Norova
"OVIRga chaqirib qamab qo'ydi-ku, shuning uchun, u erga borishga qo'rqaman", - deydi Kamilla. U ayol sifatida xorijga chiqish pasportini olishga uringanida yuz bergan voqealarni BBCga gapirib berdi.
Kamilla Norova 25 yil avval Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shahrida o'g'il bola bo'lib tug'ilgan. Hayotining yarmidan ko'pini u jinsini o'zgartirish uchun gormonlar qabul qilish va jarrohlik amaliyotlari bilan o'tkazdi.
Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.
Охири YouTube пост
U bolaligidan qiz bola bo'lishni istagan va o'smirligida 'gender disforiyasi', ya'ni tana va ruhdagi jinsning ziddiyatini anglatuvchi tashxisni olgan.
Lekin, uning to'liq ayol shakliga kirishi uchun bir operatsiya qolayapti va u o'tgan aprel oyida Taylandda o'tishi mo'ljallangandi. Ammo, Kamilla soxta ayblovlar bilan 25 kun Toshkentdagi qamoqda o'tirgani, hamda jinsiy tegajoqlik, urishlar, o'lim tahdidlari va qo'pol tibbiy ko'riklaridan o'tkazilganini aytmoqda.
Aloqador mavzular:
- Ўзбекистон: Бекобод ИИБдаги ўлим юзасидан “участковийни айбдор қилишга ҳаракат бўлаётгани” айтилди, “Бахти Ташкентский” судини ёритган журналист эса бўлимга чақирилди (Видео)
- "Жонига қасд қилганига шубҳам йўқ, лекин саволлар ҳам кўп" - Чирчиқ ИИБ биносидан 22 яшар йигитнинг ўлиги чиқди
- "Президентинг ўлди, мен президентингман, деб урди", Мусулмонлар учун Каримов даври қайтдими? Зўрланган етим қизлар суди қандай кетяпти?
Kamilla qonunan ayol hisoblanishini tasdiqlash uchun Bi-bi-siga 8 fevralda Toshkentda olgan ID kartasini ko'rsatadi. Unda uning jinsi 'ayol' deya ko'rsatilgan.
"ID oldim-da, o'sha kuniyoq xorijiy pasportga hujjat topshirdim. Pasport stolining boshlig'i "siz qanaqadir suhbatdan o'tishingiz kerak, chet elga ko'p chiqqanlar o'tadi" dedi. Men mayli, dedim. Nurafshon shahri passport stolidagi 3-kabinetga kirdim. U yerda 'Bobur' ismli bola, 25 yoshlarda, telefonimni olib tekshirdi. Telefonimda operatsiya bo'lganimda tushgan yalang'och rasmlarim bor edi, bintlar bilan [o'ralgan]. U ularni ko'rib, "rosa zo'r ekan figurangiz, ko'kragingiz. Qanaqa seks yoqadi sizga? Ikkita bola sizga seks qilsa yoqadimi", dedi. "Sizga nima qizig'I bor menga nima yoqishi yo yoqmasligining? Siz shunday savollar berishingiz mumkinmi," deb so'radim. "Boshqacha savollar ham berishim mumkin," dedi. Gapni seksga olib borib taqayapti. "Ko'kragingizni ochib ushlab ko'rsa bo'ladimi? Razmeri nechchi? Translarniki katta-katta bo'lib sharikka o'xshab turadi, o'shanaqami," degan savollar berdi. Keyin bloknotidan qog'ozni yirtib telefonini yozib berdi. Telefonim uninq qo'lida turibdi. Telefonimga o'z nomerini yozib saqlab berdi. Qayerda turishimni so'radi, City tarafda desam, mehmonxonalar bormi u yerda, deb so'radi. "Pasportim qachon chiqadi," desam, "Mehmonxonada ko'rishamiz, o'shanda chiqadi birpasda," dedi.

Сурат манбаси, Kamilla Norova
Kamillaning aytishicha, Nurafshon pasport stoli boshlig'i 'Bobur'ning antiterrorizm bo'limi xodimi ekanini aytgan. Kamilla esa, yurist dugonasi bilan maslahatlashgach, Boburning tegajoqligi haqida O'zbekiston prezidentining virtual qabulxonasi - 'portal'ga shikoyat qilgan. Ammo, keyinroq bilsa, bu shikoyat Nurafshon pasport stoli, ya'ni Nurafshon IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmasiga yo'llangan.
BBC 'Bobur' bilan Telegram orqali yozma bog'landi va Kamillaning da'volariga munosabatini so'radi. U BBC savollarini ko'rdi, ammo javob bermadi.
Shikoyatdan bir hafta o'tar-o'tmay, 14 fevralda Norova yana chaqirilgan. Lekin, bu safar Toshkent shahar IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmasiga. U o'z xavfsizligidan xavotir olib, y erga taksida onasi, akasi va dugonasi bilan borganini aytadi.
BBC ko'rgan cheklarda ham safar 14 fevralda yuz berganini ko'rish mumkin. Shu sanada Kamilla o'z ijtimoiy tarmoqlariga taksidan stories ham joylagan. Bu tafsillar unga keyinroq qo'l kelishi ham mumkin edi.
Ammo, u Toshkent shahar pasport stolidan xodimlar uni mashinada yana bir 'suhbat' uchun Mirzo Ulug'bek Ichki ishlar boshqarmasiga olib borgani, hamda telefonini kirishda olib qo'yib, bir o'zini kiritishganini aytadi.

"Shundog'am yomon suhbat bo'ldi menda, yana shunday suhbat bo'ladimi, yana seks haqida so'raysizlarmi," deb sorasam, "yo'q, biz unaqamasmiz," deyishdi," - deydi Kamilla.
"15 minutdan keyin boshlandi. Dahshatli gaplarni gapirishni boshlashdi. Biz bilamiz bir mashhur transseksualkani, hamma translar bitta, sizlar jalablik qilasizlar, sening o'ynashlaring bor katta-katta, deputatlar, dedi. Sizlar meni aldab olib keldingizlarmi bu yerga, desam, sen hali ko'p o'tirasan, deyishdi. Suv beringlar desam, "men senga hozir siyib beraman, siydikni ichasan," dedi. Nega meni aldab olib kelishganini so'raganimda, ulardan biri "San nega Boburning ustidan yozding, hozir hammasi uchun javob berasan," deb qo'rqitdi," - deya hikoya qiladi Kamilla.
Uning aytishicha, Mirzo Ulug'bek IIB binosida uzoq vaqt ushlangach, u xodimdan hojatxonaga chiqishni so'ragan, ammo buning ortidan do'pposlangan. Kamilla xodim uni tomog'idan ushlab bug'gani, urib va itarib yiqitgani, hamda og'ziga to'pponcha tiqishga uringanini aytadi. Unga bir ayol xodim uni "o'ldirvorish kerak"ligini ham aytgan.
Kamilla Norovaning advokat so'rab qilgan iltimoslari qondirilmagan. IIBga yetib kelgan uchastka noziri unga o'zi tushunmagan qog'ozga imzo chekishni buyurgan.
"Yo'q, qo'ymayman qo'l, desam, "qo'yasan, bo'lmasa hozir shu yerda ketingga dubinka tiqamiz," deyishdi. Sarvar, Davron, jinsi kiygan bola - hammasi ustimda turibdi. "Hozir yozmasang, sani iznasilovat [jinsiy zo'rlab] tashlaymiz, dabdalangni chiqarib tashlaymiz, dedi," - deya ko'ziga yosh oladi Kamilla.

Сурат манбаси, Mirzo Ulug'bek tuman sudi
Norova so'ngra qo'lisha kishan solinib sudga olib borilgani va sudda unga Ichki ishlar organlariga ko'chada qarshilik ko'rsatgani uchun 15 kunlik qamoq jazosiga hukm qilinganini aytadi.
BBC ko'rgan sud hukmida Kamilla Norova 14 fevralda ko'chada "o'z hatti harakatlari bilan shubha uyg'otganligi va IIO xodimlari tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida uni IIO binosiga borishini so'ragani, ammo u qonuniy talablarni mensimasdan, ularga faol qarshilik ko'rsatib jamoat joyida IIO xodimlarini obro'sizlantirgani va mensimagani" qayd etilgan.
Lekin, Kamilaning qo'lidagi cheklarda va ijtimoiy tarmoqlardagi videosida u o'z ixtiyori bilan va oilasining hamrohligida IIBga borgani aks etadi.
Kamilla sud uni 'Bobur'ning ustidan arz qilgani uchun qasddan qamatganiga ishonadi.
Kamilla Norova, shuningdek, turmada o'tkazgan vaqtida boshidan kechirgan tibbiy ko'riklar chog'ida xirurgik jihoz bilan zo'rlangani, xodimlar tomonidan videoga olinganini ham da'vo qilmoqda.
15 sutkalik qamoq jazosini o'tagacha, u yana ikki kun chiqarilmagan va yana sudga olib borilib, hujjatlarni olish jarayonida xodimlarga pora berganlikda aybdor topilgan va yana 8 kunga qamalgan.

Сурат манбаси, Kamilla Norova
Umumiy hisobda 25 kunni qamoqda o'tkazgan Kamilla Norova hanuz xorijga chiqish uchun zarur bo'lgan qizil pasportsiz qolayotgani va jarrohlik amaliyoti uchun Taylandga borishi zarurligini aytadi.
BBC Kamilla Norovaning da'volarini batafil Ichki Ishlar Vazirligining matbuot xizmati rahbari Shohrux G'iyosovga yo'lladi.
Matbuot kotibi: "IIO xodimlari harakatlaridan norozi bo'lgan fuqaro o'rnatilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega," deya javob berdi.
BBCUZBEK.COM билан Telegram орқали +44 7858860002 номери билан боғланинг.
Telegram каналимиз: https://t.me/bbcuzbek














