|
Мустақил Ўзбекистон нималарга эришдию нималарни бой берди? | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ўзбекистон мустақиллигига 16 йил тўлди. Шўролар Иттифоқи қулаши ортидан орада кечган вақт давомида Ўзбекистон ижтимоий, иқтисодий ва сиёсий ҳаётида қандай ўзгаришлар кечди? Мустақил Ўзбекистон қандай ютуқларни қўлга киритдию қандай имкониятларни бой берди? BBCUzbek.com нинг янги лойиҳаси айни шу мавзуга бағишланади. Би-би-си Ўзбек Хизмати ушбу саволлар билан ўзбекистонлик турли касб ва тоифа вакиллари мурожаат қилиб, уларнинг жавоблари асосида туркум лавҳалар тайёрлаган. Мазкур лавҳаларимиз билан 24 августдан бошлаб, ҳафтанинг ҳар куни "Дараклар" дастури ва веб саҳифамиз орқали таниша оласиз: Андижон воқеалари гувоҳи, ҳозирда Ғарб мамлакатларидан бирида яшаётган Равшанбек:
Афсуски, на ташқи сиёсатда ва на ички сиёсатда бу ҳукуматнинг эришган ютуқларидан кўра, кўрсатган ожизликлари кўпроқ яққол кўзга ташланаяпти. Ўрта Осиё халқларининг орасида ўзбеклар жуда ўтроқлашган ва қаттиқ бир фожеавий сабаб бўлмаса, ўз Ватанидан ҳеч ажралишни истамайдиган бир халқ. Бошқа миллатларнинг миграцияси билан Ўзбекистондаги ўзбекларнинг миграциясини ҳеч тенглаштириб бўлмайди. Чунки бизники фақат иқтисодий эмас, зулмдан, сиёсий "репрессия"лардан кўпроқ чиқиб кетаяпти...
Қисқа, лўнда қилиб айтадиган бўлсам, шахсан менга таъсир қилган энг катта ютуғимиз маънавиятимиз, қадриятларимиз тикланганлиги, ўзбеклигимизга қайтганлигимиз, мусулмончиликка қайтганлигимиз, юртимиз дунёда ҳақиқатдан ҳам ўзини қадриятларига, маънавиятига, ўзининг тарихига, келажагига эга бир давлат сифатида шаклланганлиги, бунинг ҳаммаси ҳалиги ишлаб чиқариш, завод нима, фабрика нима, уларни айтиб ўтириш шарт эмас, ютуғимиз жуда катта...Тўкинчилик, серобчилик, ҳамма нарса бор...
Ўзбекистонда албатта ижобий ҳодисалар рўй берди. Аммо бунинг муқобилида салбий воқеалар, ютқазишлар ижобийларини босиб кетади...Кимлардир конференциялар чақириб, Исломга биз шундай хизмат қилаяпмиз деб, мақтаниб, тўю томошалар қилаяпти. Лекин қайсидир бир одамлар, мусулмонлар қаердадир қон ютишяпти. Жуда мушкул масала буни таққослаш...
Мен шуни айтишим мумкинки, ўтган 16 йил мобайнида жуда ҳам катта муваффақиятларга эришилди. Профессионал бокс бўйича дунёга машҳур тўртта йўналиш бор. Шу йўналишлардан биттаси бўйича жаҳон чемпионининг ўзбекистонлик эканидир. Ҳамюртимиз Руслан Чагаевнинг ҳозир амалдаги чемпион экани бизнинг жуда ҳам катта катта ютуғимиз деб айтган бўлардим.Шунингдек, шахмат оламида "Халқаро шахмат уюшмаси" таснифи бўйича жаҳон чемпиони ҳам ҳамюртимиз Рустам Қосимжоновдир...
Менимча, мустақилликдан кейинги 16 йил ичида адабиёт инқирозий ҳолатга юз тутди. Ҳақиқиқатни ёзган адабиётчилар, адиба, шоирларга нисбатан таъқиблар ва цензуранинг мавжудлиги, албатта, адабиётнинг ҳам қандайдир бир қолипга тушиб қолишига сабаб бўлди дейиш мумкин. Умуман, жамиятда адабиётга бўлган қизиқиш сусайди. Идеаллар ўзгарди, менимча. Бу нарса жуда кўп ёзувчиларнинг қалам тебратмай қўйганларида кўринади... Бахтиёр Шоҳназаров, адвокат ва мустақил журналистман, 44 ёшда:
Васила Иноятова, Ўзбекистондаги инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш "Эзгулик" ташкилотининг раҳбари, инсон ҳуқуқлари фаоли:
Моҳира Асадова, ўзбекистонлик эстрада жанрида ижод қилаётган хонанда:
Шаҳноза, 28 ёшда, "Умид" жамғармаси орқали Оврўпо давлатларидан бирида таҳсил олган:
Нодира Йўлдошева, Ўзбекистон Фанлар академияси қошидаги Иммунология институтининг бош илмий ходими, 45 ёшда:
Мазкур лавҳаларимизнинг тўлиқ матни билан 24 августдан бошлаб, ҳафтанинг ҳар куни "Дараклар" дастури ва веб саҳифамиз орқали таниша оласиз: BBCUzbek.com нинг янги лойиҳасида иштирок этиш ва эътиборингизга ҳавола этилаётган мавзу юзасидан ўз фикру мулоҳазаларингизни билдирмоқчи бўлсангиз, бизнинг электрон манзилимиз: uzbek@bbc.co.uk га мактуб жўнатишингиз ёки саҳифанинг ўнг томонидаги махсус формадан фойдаланишингиз мумкин. Муштарийларимиз фикру мулоҳазалари Tohir, Angliya Mustaqillik tufayli biz ersihgan yutuqlarning eng kattasi- ayollarimiz bozorlarni to'ldirdilar. Erkaklarimiz Rusiya, Qozog'istonni zabt etdilar. Ayollarimiz Dubaini qo'lga oldilar. Kitob magazinlarimiz kitoblarga liq to'la. Biz yo'qotganlarimizning eng kattasi - ma'naviyatimiz. 15 yil avvalgi odamlar bilan hozirgi odamlarni qiyoslang. Hozirda oqibat, andisha, ishonch degan narsalar "qizil kitobga" kiritildi. Bizning "qizil kitob"dagi yo'qotganlarimizning o'zi zanjirli reaktsiyaning boshlanishi va qolgan narsalarimizni nimaga yo'qotganligimiz haqida bosh qotirib shundoq ham yo'qotayotgan vaqtimizni behuda sarflamasak ham bo'laveradi. Abdulla, Toshkent Afsuski, mustaqillik davrida faqatgina hozirgi hokimiyatni qo'llab-quvvatlaganlar va unga yaqin turgan shaxslargina moddiy hamda ijtimoiy foyda ko'rishdi. Hokimiyatni asosli tanqid qilganlarni esa boshlariga ne malomat toshi yog'ilmadi. Erkin fikrlash, vijdon erkinligi, so'z erkinligi kabi O'zbekiston Konstitutsiyasida yo'zilgan asosiy moddalar faqatgina qog'ozda qoldi. Xalqning asosiy qismi qashshoqlik darajasida yashayapti. Buni isbotlash uchun xalqaro tashkilotlar, Dunyo Banki, Evropa va Osiyo rivojlanish banklari ma'lumotlariga qarashnning o'zi kifoya. Bu yerda ba'zi bir insonlar faqatgina bir nechta erishilgan yutuqlar haqida yozishipti-ku, ammo muammolar haqida lom-mim deyishmagan. Ularni ham tushunsa bo'ladi. Ichki siyosat barcha davlat organlarida ishlaydiganlarni va o'z o'rnini yo'qotishdan xavfsiraydiganlarni shunga majburlaydi. Buni yengish uchun insonda qat'iyat, mardlik va haqiqatparastlik bo'lishi lozim. Zero, asosiy omma shunday insonlardan o'rnak olishga harakat qiladi. Yutuqlarga keladigan bo'lsak, chindan ham bir necha sanoqli, jahon miqyosida mag'rurlana oladigan yutuqlarimiz bor. Lekin, muammolarimiz hajmi erishgan yutuqlarimiznikidan o'n chandon ko'p. Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tengsizliklar va poraxo'rlik davlat tuzumini butunlay ishdan chiqargan. Oliy va boshlang'ich ta'lim o'ta achinarli holda. Fanlarni puxta biladigan professor-o'qituvchilar barmoq bilan sanaydigan darajada. Domlalarning asosiy qismi talabalarga dars o'tish emas, balki ulardan qanday qilib pul undirish dardida. Millatni millat qilib ko'taradigan asosiy kuch bu bilimli yoshlar emasmi? Zavod va fabrikalar to'la quvvatda ishlay olmaydigan holda yoki umuman yopilgan. Hozir O'zbekistonda kuchli injener mutaxassislar qolmadi (iste'fodagilari bundan mustasno). Hozirda ko'pgina o'zbekistonlik kuchli mutaxassislar chet ellarda yoki Rossiyada ishlaydi. Buni ingliz tilida "brain-drain" deb atashadi. Bunga sabab, yana shu iqtisodiy va ijtimoiy muammolar. Iqtisodiy muammolarni hal qilish kuchli reformatorlikni va uzoqni ko'ra olishlikni talab qiladi. Tashqi siyosatni-ku hamma yaxshi biladi. O'zbekiston hukumati bir AQShning, bir Rossiyaning, bir Ovro'poning, yanglishmasam hali yana Xitoyning ham tashqi siyosatiga qarab ish tutadigan bo'lib qoladi. Afsuski, muammolarni gapiradigan bo'lsak, bir nechta kitob yozish kerak. Lekin, yutuqlarimiz bor-yo'g'i ikki betga tushadi. Mansur, BAA O'zbekiston davlat sifatida ko'p narsaga erishdi. Faqat avval siyosat, keyin siyosat, keyin iqtisod bo'lyapti nazarimda. Ertangi kun xayrsizlikka moyil turmush tarzi, nochor iqtisodiy ahvol. Davlat tashkil etildi, ancha muncha rivojlandi ham, millat boy berildi, millat. Shunisi alam qiladi. Julqunboy Manga Yaponyadan Kamronning fikri yoqdi. Aynan shunday, quruq mustaqillik qorinni to'yg'izmaydi. Odamlarni Sovet davri yaxshiydi, degan gapini to'g'ri tushunish kerak. Axir, ular mustaqillik nima ekanligini his qilsihmadi, quruq narsani his qilib bo'larmidi. O'zbekistonni boy bergan narsasi vaqt, bevaqt va nohaq nobud bo'lgan insonlar. Karimov ketadi, yonidagilar ham ketadi qachondir, lekin har biri ketishidan oldin o'ziga o'xshaganni qo'yib ketyapti. Mana shu an'anadan qutulolmadik, bu an'ana Ruslarga xos. Yaqinda Moskvaga 1-2 kunga bordim, Man u yerda birinchi bo'lishim edi. Shu qisqa vaqt ichida man deyarli hamma bilishim kerak bo'lgan narsani bilvoldim. O'sha bizdagi byurokratiya, inson huquqlarining toptalishi, tahqirlanishi, hammasi bizdagi holatni aynan kopiyasi. Men to o'zim bormagunimcha, xayolimda Moskvani Evropaga tenglashtirib qo'ygan ekanman, iqtisodiy yuksalishiga qarab. Mustaqillikdan keyin hech nima o'zgarmadi, o'sha paxta monopoliyasi, o'sha shiorbozlik, kuch bilan hokimyatni boshqarish, chuqurlashib, murakkablashib ketgan korruptsiya...eski tos, eski hammom. Hech qanday sanoat rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar yo'q, o'sha eski agrokultura bugun Aliho'ja, ertaga Hojaali deb yuritilib kelyapti. Aholi hindlar, meksikaliklarga o'xshab, immigrant ishchilarga tobora aylanib ketyapti. Bu boshlanib ketgan fojeadir, bu fojeani o'zgartirish o'ta qiyin bo'ladi, bizda na hukumat na xalq adaptatsiyaga tez o'tib keta oladi. Ha, vaqt bu hamma narsa!!! Kamran, Japan Ushbu BBC O'zbek ning o'rtaga tashlagan mavzuiga turli toifa, kasb va soha mutaxassislarining fikrlarini o'qib, insonning bir kamchiligi esimga tushdi.."cheklangan ongimiz bilan cheksiz dunyoni bilishga intilamiz"... Mustaqillik so'zining o'zi doimo pozitive tarzda qo'llanib kelinadi, ammo mustaqillik bu nimadan iborat degan savol o'rinli qo'yilishi lozim. Biz mustaqil bo'ldik, kommunistik dogmadan, manqurtlikdan va o'zga ta'sirdan...Shuning uchun ko'p narsaga erishdik desak bo'ladi. Ammo salbiy oqibatlar esa mustaqillik sababidan emas, balki hali mustaqil bo'la olmagan yoki voz kecha olmayotgan ichki kishanlarimiz bor. Ulardan mustaqil bo'lishimiz lozim, bu kishanlarni esa o'zimiz taqib olayapmiz. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||