Beqadr va beqabr, ammo unutilmagan Lenin haqida

Сурат манбаси, Getty
22 aprel kuni Sho‘rolar dohiysi Vladimir Leninning tug‘ilgan kuni. Bundan chorak asr avval ham millionlab sovet o‘quvchilari uchun bu kun qariyb bayram edi.
Sho‘rolar qulashi bilan mustaqillikka erishgan aksariyat davlatlarda Lenin unutilmoqda, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda esa ta‘bir joiz bo‘lsa, unuttirilmoqda.
Rossiyada esa... Sho‘ro kommunistlarining dohiysi Vladimir Leninning jasadini saqlab turish uchun Rossiya hukumati 2016 yilda qariyb 200 ming dollar sarflashi kerak ekan.
Ammo so‘nggi paytlar Leninni nihoyat tuproqqa topshirish masalasi bot–bot ko‘tarilmoqda.
Rossiyaliklarda ayni masalaga bir tomonlama munosabat shakllanmagan.
Lenin 21 yanvar, 1924 yilda vafot etgandi.
O‘shandan beri uning jasadi Qizil Maydondagi mavzoleyda saqlanadi. Yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Prezident huzuridagi ilm-fan va ta‘lim Kengashining majlisida inqilob dohiysining Rossiya tarixidagi o‘rni haqida gapirgandi.
Uning fikricha, Leninning faoliyati Sovet Ittifoqining parchalanishiga olib kelgan. "Rossiya deb atalmish bino tagiga atom bombasini qo‘yishdi, keyin u portladi. Jahon inqilobining ham bizga keragi yo‘q edi", - deya Rossiya prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Interfaks" agentligi.
Rossiya kommunistlari Prezident Putinning o‘z dohiylari Vladimir Lenin haqidagi so‘zlaridan g‘azabga kelishgan. RFKP Markaziy Kengashi prezidiumi a‘zosi Valeriy Rashkinning aytishicha, Putin Leninning Rossiya tarixidagi o‘rni borasida "qattiq adashyapti". "Ehtimol, u Vladimir Ilich Lenining hayoti va faoliyati haqidagi mavjud barcha kitoblarni o‘qimagandir. Nazarimda, Vladimir Ilich tamalini qo‘ygan asoslardan Putin o‘z hayotida hali ham foydalanadi", - degan Rossiya Dumasi a‘zosi.
Toshkentning qoq markazida Sho‘rolar qulashiga dovur Lenin muzeyi bo‘lar edi. Ammo mustaqillikdan keyin ko‘p o‘tmay bu muzeyning nomi o‘zgarib, Tarix muzeyiga aylantirilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz so‘ragan savol Leninning merosiga qanday munosabat qilish bilan bog‘liq edi.
Tabiiyki, uning mavzoleydagi jasadini borasida ham fikr-mulohazalar bilan qiziqdik.
BBCUZBEK Facebook
Abidjon Hasanov: ... Vladimir Lenin, xudosiz, ateistlarni dodasi, uni vaktida chakana masjid, cherkovlarni vayron kilishmagan! Ateizm fanini, komunistik partiyani asoschisi, duzaxga tushuvchilarni yulboshchi, raxnamosi! Yana nima diyish mumkun..., yurtimizni mustamlaka kilgan, Urtaosiyoga Frunzeni junatib xalkimizni kuch ishlatib buysundirgan, buysunmaganlarni bosmachisan deb urug avlodi bilan kirib tashlagan, aslida bosmachi urislarni uzlari! Uni kumib xam bulmedi rus komunistlar kumilgan joyini ziyoratgox kilib olishadi! Uni jasadini krimatoriyada yokib, kuydirib, kulini Moskva rekaga okizib yuborish kerak!!!
Shamsod Buzrukov: Allohning ishi. Fir‘avn kabi Alloh buni kelajak avlod uchun ibrat tarikasida saklab kuydi.
Azlar Freedom: V.I. Lenin jasadining tuprokka topshirish vakti yettimi yoki yukmi buni Rossiya xalki xal kiladi, uzbek xalki emas, sub‘ektiv fikrni bildiradigan bulsak RFda bunga avvalom bor KPRF tarafdorlari yul kuymaydi.
Baxrom Abduraximov: Ma‘qul ! Xoxlasin ko‘msin, xoxlasin ... , bu ruslarning muammosi bo‘lsin, BBS chilar esa ortiq tillariga talqon solishmasinda, o‘z muammolarimizni qay darajada oqiloga yechish mumkinligi xaqida, o‘rtaga mavzu tashlashsin! Albatta, zerikarli va og‘ir masaladir, ammo xayotning o‘zi, kelmoq va o‘lmoq - ekangligi, achchiq xaqiqatining o‘zi ham zerikarli emas-mi, shuning uchun ham xar xil shou-shou degan maynavozchiliklarni o‘ylab topib yotgan emasmizmi? . Ammo, zarur mavzular zerikarli bo‘lsa ham o‘z-o‘zimiz uchun O‘QIYLIK, lozim bo‘lsa ignada quduq QAZIYLIK, aks xolda, doimo va mudom, xali Leninga, hali boshqa muxtaramga qilaveramiz QULLIK!!!
Maxliye M.K: Narigi dunedagi savol javoblarga kech koldida ancha kutib kolishdi uyedayam borakosin endi "Zamonga mos kelmay qolgan g‘oyalar..."
Jasur Khudaynazarov: Nima bo‘lganda ham Leninning g‘oyalari zamonga mos kelmay qoldi va u ishontirgan g‘oyalar hammasi aslida puch va sarob ekanligi ma‘lum bo‘ldi, uni birov eslamaydi ham, yoki bir g‘oya sifatida o‘rganmaydi ham...Oddiy o‘zbek sifatida aytadigan bo‘lsam, u bizning xalqimiz dohiysi emas, shunchaki bir lo‘ttiboz, yolg‘onchi, xolos.
Mukhitdin Boliev: Xar bir davrning uz doxiylari buladi?Ulgan odamni tinch kuyinglar? Bu muammo ruslarniki nima kilishsa uzlari biladi?Xozir tiriklarni gamini yeyish kerak.Keyin turli saf-satani yigishtirib anik foydali bir ish bilan shugullangan ma‘kul!
Samandar Qodirov: ozmuncha odamni shurini kuritganmidi bu "daxo", xattoki ona yer xam buni kabul kilmayapti endi
Suhrob Xidirov: Lenin terorizimning otasidir. Agar Nikolo Makiavelli terorni nazariyasini yaratgan deb tan olinsa. Lelin uning amaliyetchisidir. U xokimiyatni teror yuli bilan kulga kiritganligi barchaga malum. Bugungi IShIDchilarning raxnomosi desak mantikan tugri buladi.
Mirza Anvar Xamidov: Menimcha uni shu holda saqlagan ma‘qul. Toki odamlar tarixni unutmasinlar!
BBCUZBEK Odnoklassniki
ABDULLOH --- : Lenin sotsializm yani dinsizlik tuzumini barpo bulishligiga xissa kushgan. Unga odamni xissi tushadigan yani kuzga kurinadigan, ushlab kursa buladigan, xididan seziladigan moddalar kiradi. Mana shunday moddiy narsalarga ishonilib gaybiy yani insonni xissi tushmaydigan narsalar inkor kilinadi. Unga farishtalar, jinlar, shayton xamda Allox azza va jalla kabilar kiradi. Jannat duzax kabilar xam shular jumlasidandir. Shuning uchun kommunizm sotsializm tuzumi dinsizlikni ustiga kurilgan. Lenin esa shu tuzumga asos solgan.
Burxon Jamolov: Tuprokka berish kerak jasatni
xabibillo Dilmurod: Utmish tarixini xechkim uzgartira olmayedi, yaxshiligi -yomonligi tarixda kolishi kerakekan.
Zevara Axmedova: Leninni rasmi bor puli barakali edi barbir yaxshi yashardi xamma xozirgi pulni kurbi yo‘q.Tukinchilik edi
BOBOJON OTAJON-UGLI: Leninni jasadini topshirish siz va bizga kolmagan.Shurolar davrida asarlarini ukib insonlar imtixon topshirib oliy ma‘lumot olgan. Odamlar noshukur. Fakat ulib ketgan odamlar ustdan yomonlashadi. Xadislarda ravon gaplar bor! Ulganning orkasidan yomonlamang u uzining xisob kitob kiladigan joyiga ketgan. Ruxini kiynamanglar. Dinni davlatdan davlatni dindan ajratgan inson shu. Tarixni kuprok ukish kerak.
SAID SAIDOV: Vladimir Ilichni men daxo sifatida kurmayman.u bir necha jinoyatlar soyasida bir necha marta kamalganlari xech kimga sirmas.u tuzumni uzgartirmokchi bulgani mamlakatni iktisodini jar yekasiga olib bordi.urush taktikalarini bilmasligi uni sharmandalarcha Germaniyaga birinchi jaxon urushida pul tulashga majbur buldi.mustakillik vada kilingan davlatlar yana mustamlakaga aylantirildi.suniiy davlatlar yaratdiki jabrini movarounnaxr xali yana kancha asrlar tortarkin?menga kolsa uni 20-asr buyuk terroristi deb atagan bulardim.uligini nomalum kabr ostida kumish kerak
Feruza Farmanova: Biz Ilich chiroklarini yekib utiribmiz.Xudoni tan olganmi olmaganmi uni xech kim bilmaydi.Kimga kanday men uchun Lenin buyuk inson bulib koladi.
Sultonov Shuxrat Davlatovich: Din-bu afyundir. V.I.LENIN
Abduqayum Nazarov (Abduhalilovich): E birodarlar ruslar bostirib kelmaganda angliya bosib olardiku agar rus bosib olmaganda xozir uzbekiston bor bularmidi buni xudo bilardi men xech kimni yomon demiman xar bir inson xatosi un jazosini oladi lek lenin xam uzini zamonini lideri edi va xozir xayot bashkacha
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/1Si6GlC
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBCUZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/1WCQHUC)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring












