So‘z Sizga: Rossiya va Turkiya ziddiyatida kim aybdor?

Сурат манбаси, AP
Harbiy uchog‘i urib tushirilganidan keyin "jahl otiga" mingan Kremldagilar hamon hovuridan tushgani yo‘q.
Anqaraga ko‘ra, bir necha ogohlantirishlarga qaramay, Rossiyaning uchog‘i Turkiya havo hududini buzib kirgan.
Bu birinchi marta ro‘y bergani yo‘q.
Turkiya hukumati Suriyada Rossiya harbiylarining qurbon bo‘lishiga bevosita mas‘uldir, deb aytgan prezident Putin.
Rossiya prezidenti diplomatik me‘yorlarga yot o‘laroq, yana ham ehtirosiga erk bergan va "aftidan Alloh qudratdagilarni aqldan ozdirib jazolashni istaganga o‘xshaydi", deb aytgan.
Biz Facebook va Odnoklassnikidagi muxlislarimizdan Anqara va Moskva aloqalarini yaxshilash nega muhim, deb so‘ragandik.
Bu o‘rinda o‘zbeklarning fikri hamda mavqei qanday bo‘lishi darkor?
Qozog‘iston allaqachon ikki tarafni yarashishga chaqirib chiqdi.
O‘zbekiston esa bu borada hamon jim.
Ammo rasmiy Toshkent va o‘zbeklarning mavqei qanday bo‘lishi zarur?
(Bizga yo‘llangan, ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan aksariyat fikr-mulohazalar tahrirsiz berilmoqda)
BBCUZBEK FACEBOOK:

Сурат манбаси, AP
Ulug Bek: Turkiya va Rossiyaning asl maksadlari bitta ya‘ni IShID ga karshi kurashish. Manimcha Rossiya samalyoti Turkiya chegarasini buzmagan. Chunki samalet urib tushirilganda Suriya xududiga tushgan. Rossiya samaliyeti Turkiya xavo xududini buzib kirgan takdirdayam uni urib tushirmasligi kerak edi. U samaliyetni maksadi Turkiya emas. Uni maksadi IShID ga karshi kurashish bulgan. Turklar xatoga yul kuyishdi. Endi bu ikki davlat uzaro kelishishi kerak aks xolda okibati yaxshilik bilan tugamasigi anik.
Nadir Turgunoğlu: Rossiya Turkiya hududiga bir marta kirmadi, bir yarim oy avval ham uch marta kirgani aytildi va ogohlantirildi. Bu safar urdi.
Mirziyod Mirusmanov: Turkiyaning maksadi IShIDga karshi kurashish emas. Rossiya samolyoti urib tushirilishiga boshkalar katorida shu xam sabab buldi.
Abdumurod Toshkentdiy: Turkiya xudida urilib tushirilmasa kandok kilib bulaklari Turkiyada topildi? Yana uchuvchiga ogoxlantirishni ovoz yozib olgan tasmalar bor.Turkiy avlod bulib turib uyalmisanlari internet tarmogida bunday asossiz sharxlarni yozishga?
Sonya Kulieva: biz tinchlik tarafdorimiz nima bulganda xam ular bir birini kechirishi kerak shu davirgacha dust bulib kelishgan siriyada bombardimon natijasida yuzlab tinch axoli ulmokda avgonistonda gospitalni amerika samaloti bombardimon kildi kancha vrachlar va bemorlar uldi xech kim xechnima demadi urushga borgan lotchik ulimni buyniga olib borgan mayli balkim turklar aybdordir balkim xakikatdan xam kiruvchi samalot aybdordir buni xech kim bilmaydi lekin uylamay bosilgan kadam va uylamay chikarilgan karorlar oxirida kelib kaltak xalkning boshiga sinadi shuning uchun ular bir birini kechirib bir karorga kelishi kerak biz urish bulishini xoxlamaymiz biz uzbeklar xardoim tinchlik tarafdorimiz
Pulat Turon: Uzbekston kachon bir yeklama bulganda, mana endi tugri deb shuni aytishimga xijolat edim deydi!! Tarozni kay pallasi ogir kelsa, usha tamonda girdikapalak.
Dilfuza Alisherovna: Uzbekiston xakida bunaka diyishga xakiz yuk! Kopol kilib etkanda. Uz yurtini yomonlash munofiklarni ishi!
Nurjahonbek Qurbonov: Uzbekistonni bugungi bulayetgan ishlarda aybi yuk.Yurtboshimiz Islom Karimov barcha siyesatni tugri va akl bilan olib bormokda.
Xikmat Ziyadullayev: Rossiya-Turtsiya munosabatlarini tuzatishning bitta yuli - Rossiya prezidentidan Turtsiya prezidenti uzr surashi kerak! Uzr suramasa - Putin uchrashmaydi! Putin ablax, sotkinlik kilgan odamlarni kechirmaydi.
Ulugbek Musaev: Putin uzi xech kim bas, shunuchunam u xalkni manfaatidan kelib chikib karor kabul kilishga xakli xolos, u buni kibirga berilib esidan chikaribkuyadi, Putin xech narsa kilaolmaydi, bemani xar xil tuxmatlardan boshka, tomosha kilelik vakt kursatadi.

Сурат манбаси, EPA
Kamchik Perevalov: Chegarani kuriklash nuktai nazaridan karasak Turkiya xarbiylari juda tugri kilgan. Faraz kiling kushni davlatda urush ketmokda. Shu davlat tomonidan sizning chegerangizga karab bombardimon samoleti uchib kelmokda. Kimning samoletiligini siz bilolmayapsiz, chunki samoletning ustida biron bir davlatga karashliligini bildiradigan belgilari yuk. Bu samoletning ichida bomba bor-yukligini va chegaraga yakinlashayetgan samoletning asl maksadini siz bilmaysiz. 5 minut ichida siz 10 marta (10 MARTA!!!) samoletga murojat kildingiz, ogoxlantirdingiz. Shunga karamay, samolet uchuvchisi murojatga javob bermayapti, indamay katta tezlikda chegaraga yakinlashib kelayapti. Nixoyat bombardimonchi chegarani buzib sizning xududingiz ustida uchib bormokda. Shunday vaziyatda siz chegarani kuriklovchisi sifatida samoletni urib tushurishingiz shart. Bu sizning majburiyatingiz. Xarbiyrardan, chegarachilardan surab kuring, kushni davlatda jang xarakatlari ketayetganda, chegaraning butunligiga kanday etibor beriladi. Faraz kiling, chegarachilar samoletga tegmadi va samolet xududingizga kirib biron bir shaxarni bombardimon kildi. Kuyib yuborgan chegarachi birinchi urinda javobgar buladi. Buni tushunish kerak. Agar samolet xarbiy bulmaganda, yeki bombardimonchi bulmaganda edi, yeki Rossiya samolet ekanligi malum bulganda edi, "Turkiya notugri kilgan" desak bulardi. Shuning uchun uylaymanki, Erdoganning kechirim suraydigan joyi yuk bu yerda. Kaytaga Putin samolet uchuvchirarining notugri ish kilganini tan olib, boshka kaytarilmasligini aytish kerak.
Husniddin Karabayev: Endi, nima bulganda xam bu ikki davlatni majorosi va shu davlatlar bir-biri bilan uzligisi kelishib olishadi. Chunki bu davlatlarda kallasi yaxshi ishlaydigan insonlar ishlashadi. Bunga misol Turkiya va Rassiyani olib karasak, bu 2 davlatni "Iktisod"i ancha yukori va valyutasini kadri ancha baland, shuningdek bazi davlatlarga uxshab, bular bulmasga karillamasdan - amalda isbotlashadi. Buyegini vakt kursatadi nima bulishini va yaxshilik bilan tugashiga umidvormiz. Shuni xam etib utishim kerakki, Turkiya padarka davlat emas, u davlatni uziga yarasha kuch-kudrati bor. Dunening eng kuchli davlatlardan biridir.
Ben Den: Birinchidan, rus bombordimonchi somalyotlari va raketaari juda kup Suriya tinch axolisini kurbon bulishiga sabab bulmokda. Ruslar Islomiy davlat bilan urushayapmiz deb, aslida uz xalkining kotili zolim diktator Asadni xukumatini saklab kolmokchi...
Anvar Rustam Ugli: Turkiya uzini kuchli kursatmokchi va bunga erishdi xam Rossiyadek mamlakatga kul kutardi tugri ozrok zarar kurishi mumkin lekin atrofidagi barcha mamlakatlarga bundan keyingi geosiyosiy faoliyatida tasir doirasi kuchli buladi va maksadi xam shu edi
Neizvestny Virusy Seti: Turkiya tugri ish kilgan.agar samaletni urib tushirmaganda yana bir kancha begunox insonlarni yestigi kurirdi.Rossiya kudratli bulsa IShID chilarga xujum kilsin
Dilmurod Khodjabaev: Bu mojaro SSSR dan oldin bo‘lib kelgan Chor Rossiyasi davrida. Xozir menimcha o‘sha davr tiklanmoqda. Rossiyaning monarxiyaga asoslangan imperiyasi qaytatdan tiklanmoqda. Eski davrdan farqi Rossiya davlatining xarbiy va yadroviy saloxiyati kuchliligida.
Said Saidaxmetov: Daa televizorda urisi kanalarini odamni kurgisyam keme koldi fakat xamma yemon ular yaxshi ukraina yemon fashist amerika yemon yevropa yemon endi turkiya terrorist uzi manimcha fakat urta osiye koldi ὡ5 xitoy bilan
Shahriyor Samadov: Erdo‘g‘on ham Putin ham bir biriga o‘xshaydi. Lekin Putin gapga tushunmadi. Bir marta ogoxlantirdi.Ikki marta.Uch marta, keyin urdi, biz xam urardik bunakada.Ammasini uyimi birovvi davlati xududi
BBCUZBEK Odnoklassniki guruhidan:
S T R Ye L E Ts: Eng avvalo Rossiya nima uchun bunchalik agressiv yul tutyapti, shuni tushunib yetish kerak. Rossiyani Suriya xududida Assadni dastaklashdan maksadi nima, unga Suriyada nima manfaat bor..? Maksad Rossiyaga na Suriya na Assad kerak, ekstremezimni yulini tusish shiori ostida Rossiya dunyo xamjamiyati oldida garb va AKShni Suriyada tutgan yulidan bormay Assadni dastaklash orkali uz kudratini namoyish etish, uz suzini aytish muximrok, xuddi kim birinchi degan pinxona poyga ketyapti. Turkiya uzicha xak, Rossiya xam. Bu yerda kelishuvga erishish uchun Turkiya past tushushi kerak, Rossiya baribir Turkiyaga yon berib NATO va AKSh oldida xech kachon past tushmaydi. Biz Uzbeklarga bu ikki davlat nizoni kanchalik tez bartaraf kilsa shunchalik yaxshi, chunki iktisodimizda, ijtimoiy xayotimizda bu ikki davlatniyam uz urni bor.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












