O‘zbekistonda fohishalik qonuniylashtirilsinmi yoki ko‘pxotinlik?

Сурат манбаси, PA
Blogger Sanjar Said o‘z blogida O‘zbekistonda fohishalikni qonuniylashtirish ehtimoli to‘g‘risida yozgan. Uning fikrlari o‘zbek Twitterida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ayrim fikr bildiruvchilar fohishalikning o‘rniga ko‘p xotinlikni legallashtirish lozimligini aytgan.
"Ochig‘i, bir paytlar fohishalarga cheksiz nafrat bilan qarar edim. Biroq bugun fikrim o‘zgargan: fohishalarga achinish bilan qarayman. Ularni mijoz erkaklar tomonidan zo‘ravonlik va shafqatsizlik, jamiyat tomonidan loqaydlik va bemehrlik qurbonlari deb bila boshladim", - deb yozgan Sanjar Said.
Blogger ushbu holatni shundayligicha qoldirib bo‘lmasligini, fohishalarni jisman yo‘q qilish yoki kaltaklash bugungi kunga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.
Unga ko‘ra, murakkab vaziyatga tushib qolgan ojizalarning ahvolini o‘nglaydigan choralarni taklif qilishi kerak.
Blogda shunday choralardan biri fohishalikni legallashtirish bo‘lishi ehtimoli haqida yozilgan.
"Ayrimlar tomonidan fohishabozlikni legallashtirib, xizmat ko‘rsatishning bu turi davlat nazorati ostiga olinishi lozimligi ham taklif sifatida berilmoqda. Bu bugungi ko‘plab davlatlar tajribasida bor holat. Shu bilan asosiy ishtirokchilar: uylanishga ulgurmagan yoki o‘z jinsiy hayotidan qoniqish hosil qilmagan yosh yigitlar, o‘smirlar va erkaklarni ham, ularga xizmat ko‘rsatayotgan fohishalarni ham oqibati mudhish turli teri tanosil kasalliklaridan himoyalash imkoni tug‘iladi", -deyiladi blogda.
Jamiyatdagi mavjud hodisalar va muammolarga nisbatan o‘zining qarashlari bilan ajralib turuvchi bloggerning bu safargi fikrlari ham katta aks sado bergan.
O‘zbekzabon Twitter ahli bu mavzuda ikkiga bo‘linganini ko‘rish mumkin.
Ayrim foydalanuvchilar ushbu fikrni hissiyotga berilib qabul qilgan. Fohishalikni legallashtirishni istovchilar O‘zbekistonga balo yopirilishini istayotganlardir, degan foydalanuvchilardan biri.
"Fohishalikni legallashtirish, bu haqiqiy o‘zbek yigitining gapi emas, bu gapni gapirish or... uyat...", - deydi SherZod_koMilov
Biroq fohishalikni qonuniylashtirish muammoga yechim bo‘lishi mumkinligini bildirgan tomon ham bor.
"Ishni maktablarda jinsiy-reproduktiv tarbiya bo‘yicha bilim berish sifatini oshirishdan boshlash kerak. Yana bilmadimu, fohishalarni patent olib, soliq to‘lab ishlaydigan qilib qo‘ysa, bu ularning sonini ozayishiga olib kelsa kerak", - deydi Sher Abdugapirov.
"Fohishalikni qonuniylashtirish bu muammolarni yechishning yagona yo‘li. Xohlaysizlarmi yo‘qmi, kelajakda bu narsa sodir bo‘ladi", deydi @AmirShax.
Fikr bildiruvchilar orasida fohishalikdan ko‘ra ko‘pxotinlikni qonuniylashtirish kerak, degan fikrlar ham yangragan.
Yana bir Twitter foydalanuvchisi ayni vaqtda fohishalikni legallashtirish O‘zbekistonda muammoni hal qilmasligini aytgan.
"Legallashtirdik ham deylik, hamma fohishalar legalny (qonuniy - tahr.) fohisha bo‘lib, soliq to‘lab ishlaydi deb o‘ylaysizlarmi? Bo‘magan gap! Legal ishlash un 086 to‘ldirgan fohisha, poliklinikadan 086 (tibbiyot formasi - tahr.) ni sotib olmaydi deb kim kafolat beradi? Uni ustiga ularda puldan boshqa to‘lov ham bor. Fohishalikni legallashtirishdan avval boshka legal sohalarimizni legal ishlashini ta‘minlashimiz kerak. Huddi Yevropa mamlakatlaridagiday", - deydi @islambek_e.
Mavzuni o‘rgangan Xushnud Xudayberdiyev esa fohishalar legallashgan davlatlarda ahvol shu darajada yomonlashgani va natijada ular ko‘payib ketganligini yozgan.
Xudayberdiyev bu borada blog post yozayotganini ham qistirib o‘tgan.
Mentalitet jihatidan O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan Turkiyada fohishalik faoliyati legallashtirilgan. Bu ish bilan shug‘ullanishni istovchi ayollar ro‘yxatdan o‘tishi va sog‘lig‘i to‘g‘risida hujjat olishiga to‘g‘ri keladi.
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












