#Uzbekistan: O‘zbek so‘mini denominatsiya qilish kerakmi?

O‘zbekistonda pul birligi so‘mni denominatsiya (pul qiymatini o‘zgartirish) vaqti keldimi?
Ushbu masala Facebookdagi Potrebitel Plyus guruhida muhokama qilindi. Guruh ishtirokchisi Maksat Alimov muhokamaga chorlar ekan, 5000 so‘mlik pul banknotasi bugungi kunda O‘zbekistonda eng yirik banknota ekanligini aytgan. 'Pulimizning tannarxi qiymatiga qaraganda ancha yuqori, 1:1000 miqdorida denominatsiya qilish kerak', degan fikrni oldinga surgan. "Agarda shunday qilinadigan bo‘lsa, odamlar katta xarid uchun qoplab pul ko‘tarib yurishmas edi va banklar ham korxonalarga oylik pullarini tarqatishda qulayroq bo‘lar edi", deb fikr bildirgan. Uning taklifiga javoban guruh a‘zolari o‘z sharhlarini qoldirganlar.
Ulardan ayrimlari:
(Izohlar tahrirsiz chop etilmoqda)
http://on.fb.me/1GWjDxZ
Ogyust Roden: Bizdaqa, qo‘l bilan boshqariladigon iqtisod holatida har 10 yilda denominatsiya qilish kerak bo‘ladi. Asta sekinlik bilan Zimbabve yo‘li bilan ketayapmiz.
Anatoliy Inogamov: Xudo asrasin. Denominatsiya bu so‘mning keskin qadirsizlanishi, inflyatsiyaning o‘sishi, iqtisod tushkunligi bu hammasi defoltka olib keladi, biz esa buni hech hohlamaymiz. Korobkalarda [pul] ko‘tarib yuramiz undan ko‘ra.
Salah Ad Din Usmanov: O‘zbek so‘mini denominatsiya qilish – Islom Karimov va‘da qilgan "Buyuk kelajjaka olib boruvchi", 5 printsipli "O‘zbek Modeli" ishlamasligidan dalolatdir. Bunga avtor va uning atrofidagilari iqror bo‘lishmaydi.
Mahmudjon M. Abdujabboriy: Alla qachon kattaroq pul birligini muomilaga chiqarish yoki 1 ga 1000 denom qilish kerak edi.
Ali Bek: Hozirgi holatimizda faqatgina kartochkalik [plastik] to‘lov tizimini joriy etish kerak, lekin shuni ham eplay olishmayapti.
Sharifxon Sadykov: Kartochkalik to‘lov tizimini tehnik jihhatan takomillashtirish kerak.
Rustam Bek: Hech bo‘lmaganda 10,000 so‘mlik chiqarishsa, bozorga borishimiz ancha yengilashar edi!
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












