Afg‘on parlamenti binosi hujumga tutildi

Сурат манбаси, Naqibullah Faiq
Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligining aytishicha, parlament yoki Ulusi Jirgaga hujum qilgan 6 nafar qurolli o‘ldirildi.
Qurollilar avvaliga Kobuldagi parlament binosi darvoza oldida avtomobilda o‘rnatilgan bombani portlatishgan, keyin ichkariga hujumga o‘tishgan.
Politsiya hujumchilarga qarshi zarba berayotib, ichkaridagilarni evakuatsiya qilgan.
Tolibon hujum mas‘uliyatini zimmasiga olgan. Bugun parlament yangi mudofaa vaziri Massum Stanakzay nomzodini tasdiqlab ovoz berishi kutilayotgandi.
Toliblar hujum aynan shu munosabat bilan uyushtirilganini aytishgan.
Jonli efir

Сурат манбаси, Reuters
Ichki ishlar vazirligi voizi Siddiq Siddiqiyga ko‘ra, xudkush hujumchi avvaliga darvozada portlashni amalga oshirgan. Keyin ular parlament binosiga bostirib kirishga urinishgan.
Qarshi hujumlardan so‘ng, ular parlament yonida qurilayotgan binoga kirganlar. Otishma qariyb bir soat davlm etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda parlament ichkarisi tutunga to‘lgani, odamlar qochayotganlari aks etgan.
Kamida 18 kishi jarohat olgan. Janob Siddiqiyga ko‘ra, parlament a‘zolaridan hech kimga ziyon yetmagan.
Hujum boshlangan payt parlament ichkarisida jonli teleefir borayotgan bo‘lgan.
Teletasvirlarda ham Ulusi Jirga vakillari binodan chiqib qochayotganlari aks etgan.
"Afg‘onistondagi andozalar nuqtai nazaridan ham bu o‘ta jiddiy hodisa", deydi Bi-bi-sining Kobuldagi muxbiri Devid Loyn.
Politsiya vaziyat nazorat ostida ekanini aytgan.
Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
Instagram – BBC UZBEK
Twitter – BBC UZBEK
Odnoklassniki – BBC UZBEK
Facebook- BBC UZBEK
Google+ BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio












