O‘zbekiston iqtisodi havas qilgulikmi?

Ўқилиш вақти: 1 дақ

O‘zbekiston dunyoning jadal rivojlanayotgan besh iqtisod orasida.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘zining mustaqillik nutqida xuddi ana shunday da‘vo bilan chiqdi.

Janob Karimovga ko‘ra, bugun uning mamlakati erishayotgan yutuqlarga butun dunyo havas qilmoqda.

O‘zbekiston rahbari shuningdek, mamlakat sovet davri bilan solishtirganda baxtlilik ko‘rsatkichi, yashash sharoitlari hamda uzoq umr ko‘rish bobida bir necha baravar ilgari rivojlanib ketgan.

Ayni damda, tashqi dunyoda O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga shubha bilan qarashadi.

Avvalambor, millionlab o‘zbeklar o‘z yurtida non topa olmasdan, Rossiya va Qozog‘istonga borib, eng og‘ir ishlarni qilib bo‘lsa-da, oila boqishmoqda.

Buning ustiga, qishloq xo‘jaligi, xususan, paxtachilikda hamon yuz yil oldingi kabi qo‘l mehnatidan foydalaniladi.

Faqat hozir bu mehnat majburiylik tusini olgan.

Shunday sharoitda janob Karimov aytmoqchi, O‘zbekiston dunyoning eng jadal rivojlanayotgan besh davlati ichida bo‘lishi qanchalik haqiqatga yaqin?

Parijdan tahlilchi Kamoliddin Rabbimov buni savol ostiga oladi.

"Karimovning aytgan fikrlarining tasdig‘ini topish juda ham qiyin. Chunki, iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi bir qancha yo‘nalishlar bor. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmi bo‘yicha olganda ham, sotib olish qobiliyati bilan o‘lchaganda ham, yillik umumiy yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan o‘lchaganda ham o‘zbek iqtisodini dunyoning birinchi beshtaligiga ham, o‘ntaligiga ham, yigirmataligiga ham kiritish mushkul", deydi tahlilchi.

Suhbatni to‘liq tinglang:

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio