Isroil-falastin mojarosi: Ikki davlat yechimi nima va u nega hech amalga oshmagan?

Isroil askari qurol bilan va musulmon namozxonining qo‘llarini yuziga tutgan holda turgan siluetlari – ikkalasi ham Al-Aqso masjidi/Ma’bad tog‘i gumbazi oldida.

Surat manbasi, Getty Images BBC

O'qilish vaqti: 18 daq

Saudiya Arabistoni va Frantsiya BMTda o‘tkazilgan yuqori darajali anjumanga hamraislik qildi. Ushbu anjumandan ko‘zlangan maqsad – o‘nlab yillardan beri davom etayotgan Arab-Isroil mojarosini bartaraf etish uchun ikki-davlat yechimini qayta kun tartibiga olib chiqish edi. Anjuman Falastin davlatini tuzish uchun asos yaratishga qaratilgan.

2022 yil 7 oktyabrda XAMASning Isroilga qilgan hujumlari va shundan keyin G‘azoda boshlangan urush ikki-davlat yechimi imkoniyatini yanada kamaytirdi. Biroq G‘azodagi og‘ir gumanitar inqiroz sharoitida arab va Yevropa davlatlari ushbu yechimni tiklashga urinmoqda. Frantsiya Falastin davlatini tan olishini ma’lum qildi, Buyuk Britaniya esa Isroil ma’lum shartlarga amal qilmasa, shunday qadam tashlashini bildirdi.

Anjumanda Isroil va uning yaqin hamkori – AQSh ishtirok etmadi. Vashington bu uchrashuvni urushni to‘xtatish bo‘yicha o‘z tashabbuslariga zid, deb baholadi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mazkur anjumanni "muhim burilish nuqtasi" deb atab, u "ishg‘olni tugatish va ikki-davlat yechimiga erishish yo‘lida qaytmas sur’at berishini" ta’kidladi.

Aloqador mavzular:
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lammi (chapda) BMTda Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafani quchoqladi. Lammi Buyuk Britaniya nomidan Isroil ma’lum shartlarni bajarmasa, Falastin davlatini tan olish majburiyatini oldi.

Surat manbasi, Sarah Yenesel / EPA / Shutterstock

Surat tagso‘zi, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lammi (chapda) BMTda Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafani quchoqladi. Lammi Buyuk Britaniya nomidan Isroil ma’lum shartlarni bajarmasa, Falastin davlatini tan olish majburiyatini oldi.

Anjumanda Isroil va uning yaqin hamkori – AQSh ishtirok etmadi. Vashington bu uchrashuvni urushni to‘xtatish bo‘yicha o‘z tashabbuslariga zid, deb baholadi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mazkur anjumanni "muhim burilish nuqtasi" deb atab, u "ishg‘olni tugatish va ikki-davlat yechimiga erishish yo‘lida qaytmas sur’at berishini" ta’kidladi.

Ikki-davlat yechimi nima?

Ikki-davlat yechimi xavfsiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan chegaralarga ega Falastin davlati Isroil bilan yonma-yon tinchlikda yashashini nazarda tutadi.

Falastinliklar o‘z davlatini 1967 yilgi urushda Isroil tomonidan ishg‘ol qilingan G‘arbiy sohil, Sharqiy Quddus va G‘azo hududlariga asoslashni istaydi.

Biroq Isroilning hozirgi hukumati Falastin mustaqil davlat sifatida barpo etilishiga qarshi.

1990 yillarda Isroil Bosh vaziri Yitzhak Rabin (chapda) va FOT (Falastin Ozodlik Tashkiloti) raisi Yosir Arafat (o‘ngda) o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) raisi Yosir Arafat (o‘ngda) Isroil bosh vaziri Yitzak Rabin (chapda) bilan qo‘l siqishmoqda, ular orasida AQSh prezidenti Bill Klinton turibdi.

Isroil bu haqda nima deydi?

Isroil Bosh vaziri Binьyamin Netanьyahu o‘z siyosiy faoliyati davomida Falastin davlatchiligi va ikki-davlat yechimi g‘oyasiga doim qarshi chiqqan.

7 oktyabrdagi XAMAS hujumlaridan ikki hafta oldin u BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqib, Isroil va uning arab qo‘shnilari o‘rtasida "tinchlikning yangi davri boshlanganini" e’lon qilgandi.

Netanyahu o‘tgan chorak asr mobaynida xalqaro ekspertlar ikki-davlat yechimiga asoslangan muzokaralarni ilgari surgani, lekin bu "birorta ham tinchlik kelishuvi"ga olib kelmaganini ta’kidladi:

"2020 yilda men ilgari surgan yondashuv asosida qisqa vaqtda katta natijaga erishdik – to‘rt oyda to‘rtta arab mamlakati bilan tinchlik shartnomalari tuzdik."

Bu kelishuvlar "Ibrohim kelishuvlari" deb nomlanadi va AQShning Donald Tramp rahbarligidagi ma’muriyati orqali amalga oshirilgan edi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 2023 yil 22-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh shtab-kvartirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Binyamin Netanyaxu Falastin davlatini istisno qilgan holda arab qo‘shnilari bilan tinchlik o‘rnatishni rejalashtirgan, uning xaritasi ham shunday edi.

Netanyahuning aytishicha, ushbu kelishuvlar falastinliklarni "Isroilni yo‘q qilish haqidagi xayollaridan voz kechib, haqiqiy tinchlik yo‘liga olib chiqishi" kerak.

U "Yangi Yaqin Sharq" xaritasini ko‘rsatib, ikki-davlat yechimidan voz kechishga signal berdi.

Ikki-davlat yechimi qanday paydo bo‘lgan?

Bu g‘oya ilk bor 1947 yildagi BMTning Bo‘linish rejasida taklif etilgan. Unda Britaniya mandati ostidagi Falastin hududini yahudiylar va arablar o‘rtasida ikki davlatga bo‘lish nazarda tutilgan edi.

1993 yilga kelib, Norvegiya orqali olib borilgan yashirin muzokaralarda Isroil va Yosir Arofat boshchiligidagi Falastin Ozodlik Tashkiloti o‘zaro tan olishga kelishib oldi. Bu kelishuv "Oslo jarayoni" deb nom oldi.

"Yer evaziga tinchlik" tamoyiliga asoslangan kelishuvlar Falastin Ma’muriyatiga (FM) o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berdi, lekin Isroil harbiy nazorat va yahudiylar manzilgohlarini barpo etishni davom ettirdi.

Keyingi muzokaralarga qoldirilgan, lekin hal qilinmagan asosiy masalalar quyidagilar edi:

1948 yildagi birinchi arab-isroil urushi vaqtida o‘z uylaridan qochishga majbur bo‘lgan falastinlik qochqinlar taqdiri;

1967 yilda Isroil tomonidan anneksiya qilingan Sharqiy Quddusning kelajagi – bu hudud har ikki tomon uchun muqaddas sanaladi va o‘ta hassos masala hisoblanadi.

2000 yilda Kemp-Devidda AQSh prezidenti Bill Klinton rahbarligidagi yopiq muzokaralarda mazkur masalalar ko‘tarildi. Biroq Isroil Bosh vaziri Ehud Barak va Falastin rahbari Arofat o‘rtasida kelishuvga erishilmadi.

Muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, har bir tomon aybni boshqa tomonga yukladi. Isroil va AQSh rasmiylari Yosir Arofat o‘ziga taklif etilgan eng sahiy kelishuvdan bosh tortganini aytdi. Falastinliklar esa buni o‘z talabi va huquqlariga javob bermaydigan soxta kelishuv deb baholadi – xususan, Sharqiy Quddusda kelajakdagi falastin davlati poytaxtini tuzish talablari inobatga olinmagan edi.

1987 yilda G‘azoda tashkil etilgan HAMAS – Islomiy Qarshilik Harakati, Fathning tinchlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarini qabul qilmadi va 1994 yildan boshlab xudkushlik hujumlari bilan muzokaralarni izdan chiqarishga harakat qildi.

Bu vaqtda dindor yahudiy manzilgohlari ham Isroil hukumati imkoniyatlaridan foydalanib, Xudo va’da qilgan deb ishongan yerlarda o‘z hozirligini kengaytirishga kirishdi.

2000 yilda esa falastinliklar istagan narsa bilan isroilliklar taklif qilgan yechim o‘rtasidagi farq bartaraf etilmadi.

Prezident Klinton 2000 yil 25 iyul kuni Merilend shtatining Turmont shahri yaqinidagi Kemp Devidda Isroil Bosh vaziri Barak va Falastin yetakchisi Yosir Arafat bilan uchrashdi. 15 kunlik shiddatli muzokaralardan so‘ng Kemp Deviddagi Yaqin Sharq tinchlik sammiti barbod bo‘ldi, ammo Prezident Bill Klinton Isroil-Falastin mojarosini tugatish sari "sezilarli yutuqlarga" erishilganini ta’kidladi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, 2000-yilgi Kemp Devid muzokaralari Falastinliklarning xohishlari va Isroilliklarning takliflari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf eta olmadi.

Oslodan keyingi voqealar

2000 yilda "Ikkinchi Intifada" – falastinliklar qo‘zg‘oloni boshlangach, Isroilda siyosiy ta’sir markazi o‘ng qanotga siljidi. Oslo kelishuvlarining asosiy tarafdori – Isroil Mehnat partiyasi siyosiy sahnadan chetlashdi, uning o‘rnini o‘ng qanot siyosatchilar egalladi.

Qo‘zg‘olonga Isroil armiyasi kuch bilan javob berdi. Ariel Sharon rahbarligidagi hukumat G‘arbiy sohilda ayrim falastin shaharlarini Isroildan ajratish maqsadida devor qurilishini boshladi. Yosir Arafat Ramallahda qamalda qoldi va 2004 yilda vafot etdi.

Sharon G‘azodagi bir necha ming yahudiy ko‘chmanchilarni chiqarib, harbiylarni hudud atrofiga qayta joylashtirdi. G‘arbiy sohildagi to‘rtta manzilgoh ham evakuatsiya qilindi. Bu "alohidalashuv" rejasi aholisi zich falastin hududini ajratish orqali Isroilda yahudiylar sonini ko‘pchilikda saqlab qolishga qaratilgan edi.

Sharonning maslahatchisi bu harakatni «muzokaralar jarayonini muzlatib qo‘yish uchun kerakli formaldegid» deb atagan edi.

Ushbu harakat Likud partiyasini bo‘lib yubordi va yahudiy ko‘chmanchilar qarshiligiga uchradi. Lekin Sharon yangi partiya tuzib, 2006 yilgi saylovda ishtirok etdi. Ammo saylov arafasidagi og‘ir xastaligi sababli, Sharonning G‘arbiy sohilga nisbatan ham shunday rejasi bor yoki yo‘q bo‘lgani noma’lum qoldi.

Arofatning vorisi Mahmud Abbos buni Oslo kelishuvlariga xiyonat deb atadi. Ammo G‘azoda HAMAS buni qarshilik g‘alabasi sifatida nishonladi.

Isroil askarlari 2006 yilda G‘arbiy Sohilning Xevron shahrida kelgindilarni qidirish chog‘ida arab bozorida patrul o‘tkazmoqda

Surat manbasi, Uriel Sinai / Getty Images

Surat tagso‘zi, Isroil askarlari 2006 yilda G‘arbiy Sohilning Xevron shahrida kelgindilarni qidirish chog‘ida arab bozorida patrul o‘tkazmoqda

G‘azo va HAMASning kuchayishi

2006 yil 7 sentyabrь kuni G‘arbiy Sohilning Nablus shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda yuzlari niqobli qurollangan falastinlik jangarilar hukmron XAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida norozilik namoyishida ishtirok etmoqda.

Surat manbasi, Jaafar Ashtiyeh / AFP via Getty Image

Surat tagso‘zi, 2006 yilda G‘arbiy Sohilning Nablus shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda qurollangan falastinlik jangarilar hukmron XAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida norozilik namoyishida ishtirok etmoqda

Isroil Misr bilan hamkorlikda G‘azoni qamalga oldi. Har ikki tomon o‘rtasida zo‘ravonlik muntazam kuchaydi: HAMAS raketa otar va reydlar uyushtirardi, Isroil havodan bombalar va hujumlar bilan javob berardi.

Shu orada Fathning korruptsiyaga qarshi kurash va mustaqillik bo‘yicha muvaffaqiyatsizligi ortidan HAMAS G‘arbiy sohilda siyosiy pozitsiyasini kuchaytirdi, 2006 yildagi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi.

HAMAS kuch bilan G‘azodan Falastin Ma’muriyatini chiqarib yubordi. Natijada, qurolli qarshilik markaziga aylangan G‘azo bilan diplomatik yo‘l tanlagan G‘arbiy sohil o‘rtasida nifoq yuzaga keldi.

Shu bilan birga, HAMASning siyosiy mavqeida ayrim o‘zgarishlarini ham ko‘rish mumkin edi. Ular uzoq muddatli tinchlikni muhokama qilishga tayyor ekanini bildirishdi va 1967 yilda Isroil egallagan yerlarda mustaqil davlat tuzishni taklif qilishdi. Ammo harakat o‘z Nizomidagi Isroil yo‘q qilinishi zarur degan pozitsiyasini o‘zgartirmadi.

Isroil esa G‘arbiy sohilda manzilgohlar qurilishi va yahudiy aholi ko‘chirib kelinishini to‘xtatmadi – bu jarayon hozirgacha davom etmoqda.

Bu vaqt mobaynida HAMAS nazoratsizlikdan foydalanib, Hizbulloh va boshqa ittifoqchilar orqali harbiy qudratini oshirdi. Bu harakat "Qarshilik o‘qi" nomi bilan tanildi

G‘arbiy Sohildagi 22 ta yangi aholi punktining taxminiy joylashuvi ko‘rsatilgan xarita.
Surat tagso‘zi, G‘arbiy Sohildagi 22 ta yangi aholi punktining taxminiy joylashuvi ko‘rsatilgan xarita

Yangi omillar: 7 oktyabrdan keyingi vaziyat

2023 yil 7 oktyabrdagi HAMAS hujumlari va undan keyingi G‘azo urushi yangi geosiyosiy o‘zgarishlarga olib keldi.

Binьyamin Netanyahuning aytishicha, u endi falastin davlatining har qanday shakliga yanada qattiqroq qarshi. U Isroil Iordan daryosi g‘arbidagi barcha hududlar – G‘azo va G‘arbiy sohil ustidan to‘liq xavfsizlik nazoratini saqlab qolishi kerakligini aytdi.

Isroil parlamenti 2024 yil iyulida Falastin davlatining tashkil etilishiga qarshi rasmiy qaror qabul qildi. O‘ng qanot siyosatchilar G‘azo va G‘arbiy sohildagi yerlarni Isroilga qo‘shib olishni, hatto G‘azo aholisini doimiy ravishda chiqarib yuborishni talab qilishmoqda.

HAMASni yo‘q qilish yuzasidan Isroilda keng konsensus mavjud, biroq bu urinish G‘azoda juda katta insoniy talafotlarga sabab bo‘ldi.

Ayni paytda, Isroilning HAMAS yetakchilarini yo‘q qilishdagi muvaffaqiyati, Hizbulloh va Eron ta’sirining kamayishi xalqaro bosimni oshirdi – Isroil endi tinchlik tomon harakat qilishga majbur bo‘la boshladi.

Arab va Yevropa davlatlari qo‘llovida BMT anjumani, shuningdek, Frantsiya va Buyuk Britaniyaning Falastin davlatini tan olish niyati, Isroilga ikki-davlat yechimiga qaytish uchun bosimni oshirmoqda.

Biroq tarixan ikki-davlat yechimini qo‘llab-quvvatlab kelgan AQSh undan uzoqlashmoqda.

Donald Tramp o‘z pozitsiyasini ochiq aytmagan bo‘lsa-da, uning ma’muriyati BMT anjumaniga qarshi chiqdi.

Reuters agentligiga ko‘ra, AQSh diplomatik yozuvida shunday deyilgan:

«AQSh Falastin davlatini bir tomonlama tan olish bo‘yicha har qanday qadamga qarshi. Bu urush paytida Isroilga siyosiy va huquqiy bosim bo‘lib, uning dushmanlarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.»

29 iyul kuni Trampdan Isroilga bosim o‘tkazish kerakmi, deb so‘rashganda, u bunday bosim HAMASni «mukofotlash» sifatida baholanishi mumkinligini aytdi.

Natijada, AQSh qo‘llovisiz ikki-davlat yechimini tiklashga doir har qanday sa’y-harakat hozircha noaniq va murakkab bo‘lib turibdi.

11 avgust 2025. Isroil "Al-Jazira" jurnalistlarini o‘ldirdi, Netanyahu G‘azoni bosib olish rejasidan qaytmoqchi emas

"Al-Jazira" muxbiri Anas ash-Sharif G‘azoda

Surat manbasi, Getty Images

Isroil G‘azo shahridagi Ash-Shifo shifoxonasi darvozasi oldida yoyilgan "Al-Jazira" telekanali jurnalistlarining chodiriga havo zarbasi berganini tan oldi. Oqibatda mashhur jurnalist Anas ash-Sharif va yana to‘rt telekanal xodimi halok bo‘lgan.

Qarorgohi Qatarning Doha shahrida joylashgan "Al-Jazira" xalqaro telekanali o‘z jurnalistlariga hujumni "matbuot erkinligiga ochiqdan-ochiq va qasddan yana bir hujum" deb keskin qoraladi.

Anas ash-Sharif bilan birga yana bir muxbir Muhammad Qreyqe, video operatorlar Ibrohim Zohir, Muhammad Noufal, Muamin Aliva halok bo‘lganlar.

"Ushbu hujum tinch aholining shafqatsiz qirg‘in etilishi, ocharchilikka majburlanishi va butun boshli jamoalarning yer bilan yakson etilishiga olib kelgan Isroilning G‘azoga davom etayotgan ishg‘oli manzarasida ro‘y berdi. Jurnalistlarning o‘ldirilishi - G‘azoning yaqinlashib kelayotgan tortib olinishi va okkupatsiyasini fosh etayotgan ovozlarni o‘chirishga harakatdir", deyiladi "Al-Jazira" tarqatgan bayonotda.

Telekompaniya "o‘zining eng yaxshi jurnalistlari" ruhiga hurmat bajo keltiradi va jurnalistlarga "qasddan hujum uchun mas’uliyat"ni Isroil harbiylariga yuklaydi.

"Anas va uning hamkasblari hudud haqidagi "azobli haqiqat"ni fosh etib kelgan G‘azoning eng oxirgi qolgan ovozlari" edi, deyiladi "Al-Jazira" bayonotida.

28 yoshda hlok bo‘lgan Anas ash-Sharifning iltimosiga binoan uning X(sobiq Tvitter)dagi sahifasiga do‘stlari vasiyatini chop qildilar.

"Unda o‘z xalqimni qo‘llab-quvvatlash uchun bor kuchimni berdim", deyiladi.

11 avgust kuni jurnalistlarning dafn marosimi o‘tkazilgan.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Isroil uzoq vaqtdan buyon Anas ash-Sharifni Hamasga aloqador shaxs edi, deya da’vo qilib kelgan.

"Al-Jazira" va inson haqlari tashkilotlari ushbu da’volarni jurnalistlarni o‘ldirish va Isroilga yoqmaydigan xabarlarni bostirishni oqlash maqsadidagi asossiy iddaolar deb rad etib keladi.

Xalqaro Jurnalistlarni Himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Isroil o‘zining ash-Sharifga qarshi ilgari surgan ayblovlarini isbotlaydigan dalil taqdim etmaganidan larzaga tushganini e’lon qildi.

Jurnalistlarni Himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, Isroilning G‘azoda harbiy bosqinini boshlaganidan buyon bo‘lgada 186 jurnalist o‘ldirilgan.

Netanyahu BMT qoraloviga duch kelgan rejasini himoya qildi

Netayanhu

Surat manbasi, Reuters

BMT Xavfsizlik Kengashida Isroilning G‘azoni to‘la bosib olish rejasi qattiq qoralandi, reja "xalqaro insonparvarlik qonunlarining buzilishi" bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirildi.

Tel-Avivda minglab protestchilar Isroil hukumati rejasidan norozilik izhor qildilar, bu reja garovga olingan isroilliklarning hayotini xavf ostiga qoldirishi aytildi.

Nyu-Yorkda Isroilning G‘azo rejasi muhokama qilinishidan oldin Quddusda Bosh vazir Benyamin Netanyahu jurnalistlar bilan muloqot qildi, Hamas hali ham harbiy quvvatini saqlab qolayotgan joylarni nishonga olish "urushga yakun yasashning eng yaxshi yo‘li" deb aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu urushni tez tugatishning eng yaxshi yo‘li.

Netanyahu aytishicha, G‘azo shahri va Al-Mavasiy qochqinlar jamlog‘i hududida hamon Hamas harbiy kuchini saqlab qolayapti.

"Isroilning o‘z ishini oxiriga yetkazish va Hamasni mag‘lub etishdan boshqa tanlovi yo‘q. Hozir bir zo‘r kelishuvga erishdik. G‘azoning 70-75 foizi Isroil nazoratida, harbiy nazoratida", dedi Bosh vazir Netanyahu.

Biroq Isroil hukumatining urushni kengaytirish rejasi butun dunyoda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

"Agar bu reja hayotga tatbiq etilsa, G‘azoda yana bir falokatga sabab bo‘ladi, butun mintaqaga aks-sado berib, yanada ko‘p joyidan ko‘chirsh, o‘limlar va vayronalarni keltirib chiqaradi", BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida BMT Bosh kotibi yordamchisi Miroslav Yencha.

Xorijiy davlatlar, shu jumladan, Isroil ittifoqchilari ham garovdagilarni qaytarish va G‘azoda avj olgan insonparvarlik inqirozini bartaraf etish uchun uchun muzokarali sulhga chaqirib kelayaptilar, so‘nggi Xavfsizlik Kengashi bayonotlari ohangi ham avvalgilariga o‘xshamagan bo‘ldi.

Isroil harbiy rahbariyatining o‘zi ham hukumat rejasiga qarshi ekani haqidagi gap-so‘zlarga qaramasdan, Netanyahu rejasidan qaytmasligini aytdi.

"Boshqalarning dastaklovi bo‘lsa-bo‘lmasa, biz baribir urushni yengamiz", dedi 10 avgustdagi matbuot anjumanida Isroil bosh vaziri.

"Bizning maqsadimiz G‘azoni bosib olish emas, balki Hamas yoki Falastin ma’muriyatiga aloqador bo‘lmagan bo‘lga noharbiy ma’muriyatini yo‘lga qo‘yish", dedi Netanyahu.

Keyinroq Isroil bosh vaziri idorasi Netanyahu AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan yangi harbiy rejani muhokama qilganlari haqida xabar tarqatdi.

Hamas 2023 yil 7 oktyabrida Isroilga hujum qilib qaryib 1200 kishini o‘ldirgani va 251 isroillikni garovga olgani ortidan Isroil G‘azoda harbiy amaliyot boshladi.

251 garovga olingan insondan 49 nafari G‘azoda yer ostida, Hamas qo‘lida qolmoqda, Isroil harbiylariga ko‘ra, shulardan 27 nafari o‘lgan.

Isroil ishg‘oli kamida 61430 falastinlikni o‘ldirdi, deydi G‘azodagi sog‘liqni saqlash vazirligi, BMT bu raqamni ishonchli deb biladi.

G‘azo fuqaro mudofaasi agentligi xabar qilishicha, yakshanba kuni Isroil hujumlari butun bo‘ylab kamida 27 insonni o‘ldirgan, shulardan 11 nafari oziq-ovqat tarqatish punkti oldida kutib turgan insonlar edi.

8 avgust. Isroil G‘azo shahrini to‘la bosib olmoqchi

G‘azo bo‘lgasiga kiritilgan Isroil armiyasi

Surat manbasi, Getty Images

Isroil hukumati Bosh vazir Netanyahuning G‘azo shahri ustidan Isroil armiyasi to‘la nazoratini joriy etish qarorini ma’qulladi. Bu qaror ham Isroil ichkarisida, ham xorijda tanqidlarga sabab bo‘layapti.

Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi - 7 avgust tunida Isroilning harbiy hukumati bosh vazir rejasini ma’qulladi.

"Isroil armiyasi G‘azo shahri ustidan to‘la nazoratni o‘rnatishga tayyorlanadi, ayni vaqtning o‘zida jangovar harakatlar hududlaridan tashqarida bo‘lgan tinch aholiga insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatadi", deyiladi Isroil bosh vaziri idorasi tarqatgan bayonotda.

Rasman xabar qilinishicha, Bosh vazir Netanyahu hukumatining "urushni to‘xtatish" rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Hamasni qurolsizlantirish;
  • Barcha garovdagilarni qaytarish - ham tiriklar, ham o‘liklarni;
  • G‘azo bo‘lgasini demilitarizatsiyalash;
  • G‘azo bo‘lgasi xavfsizligi ustidan Isroil nazoratini o‘rnatish;
  • Hamasga ham, Falastin ma’muriyatiga ham bo‘ysunmaydigan muqobil fuqarolik hukumatini yo‘lga qo‘yish.

Harbiy hukumat majlisi oldidan AQShdagi Fox Newsga gapirgan Bosh vazir Benyamin Netanyahu G‘azo bo‘lgasi ustidan to‘la nazoratni qo‘lga olmoqchi ekanlari, lekin doimga emasligini aytdi.

Bugungi kunda Isroil harbiylari G‘azoning 75 foiz hududini nazorat qilayapti.

Isroildagi aksariyatning fikricha, hukumatning yangi rejasi bu reja o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga, ya’ni Hamasni to‘la tor-mor etishga erishishi dargumon va qolgan tirik garovdagilarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Times of Israel gazetasi yozishicha, G‘azo shahridagi harbiy amaliyot bu hududda yashab turgan qariyb 800 ming g‘azolikni yoppasiga ko‘chirishni talab qiladi.

Isroil hukumatining yangi rejasi qariyb ikki yildan buyon davom etayotgan G‘azo urushidagi yangi eskalatsiya va hoynahoy, butun G‘azo bo‘lgasi ustidan harbiy nazoratni o‘rnatish maqsadining birinchi bosqichi, deydi Bi-bi-sining Yaqin Sharq bo‘yicha muxbiri Hyuga Bachega.

Bosh vazir Netanyahu butun G‘azo bo‘lgasini Isroil nazoratiga olishni istaydi, ammo hozircha ma’qullangan reja bo‘lganing eng yirik shahri G‘azo shahrini nazarda tutadi.

Hukumat rejasi Isroil armiyasi rahbariyati noroziligiga sabab bo‘lgan, garovga olingan isroilliklarning qarindoshlari bunga qarshi chiqib kelishayotgan va bu narsa yanada ko‘p g‘azoliklar umriga zomin bo‘ladi, degan xavotirlarni paydo qilgan.

Ushbu reja xalqaro sahnada Isroilning yanada yakkalanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Hukumat G‘azoni to‘la okkupatsiya qilmoqchi ekani haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin BMT Isroilning harbiy ekspansiyasi falastinlik tinch aholi va isroillik garovdagilar uchun "halokatli oqibatlarga" olib kelishidan ogohlantirgan edi.

Isroildagi omma so‘rovi natijalariga ko‘ra, aksar isroilliklar garovdagilarni ozod qilish va urushni to‘xtatish uchun Hamas bilan sulh kelishuviga erishishni yoqlaydilar.

Isroil rahbariyati esa, G‘azodagi insonparvarlik inqirozi tufayli Isroilga bo‘layotgan xalqaro bosim Hamasni ruhlantirib yubordi va Hamas tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirmayapti, deydi.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Ayni paytda to‘la ishg‘ol haqidagi tahdid boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralarda Hamasni yon berishga majburlash maqsadidagi strategiyaning bir qismi bo‘lishi mumkin degan gap-so‘zlar ham yo‘q emas.

Butun urush davomida Netanyahuni o‘zining koalitsion hukumati parchalanib ketishi oldini olish maqsadida nizoni cho‘zib kelayotganlikda ayblashadi.

Chunki Netanyahuning koalitsion hukumati millatchi vazirlarning dastagiga tayanadi, bu vazirlar esa Hamas bilan har qanday kelishuvga erishilsa, hukumatdan chiqib ketish bilan tahdid qilib keladilar.

Harbiy hukumat majlisidan oldin bergan intervyusida Bosh vazir Netanyahu, Isroil G‘azo nazoratini "Arab kuchlari"ga bermoqchi, deb aytdi.

Ammo bu "Arab kuchlari" tarkibiga qaysi mamlakatlar kirishini ochiqlagani yo‘q.

Hukumat rejasini isroillik garovdagilarning oilalari keskin qoraladilar.

Norozilik namoyishlari Tel-Avivda va harbiy hukumat majlisi borayotgan Isroil bosh vazirining Quddusdagi idorasi qarshisida bo‘lib o‘tdi.

Bir-birlarini zanjirlar bilan bog‘lab olgan namoyishchilar Isroil hukumatining rejasi o‘zlarining yaqinlari uchun "o‘lim hukmi" bo‘ladi, dedilar.

Isroildagi muxolifatdagi "Yesh Atid" partiyasi rahbari Yair Lapid hukumat rejasini qoraladi.

G‘azo shahri ustidan nazoratni qo‘lga olish rejasi "yanada ko‘p halokatlarga yetaklaydigan halokat bo‘ladi, dedi Yair Lapid.

6 avgust. Hamas tugadimi, G‘azoning taqdiri nima bo‘ladi? Isroil bosh vaziri yangi rejasini ochiqlamoqchi

Xabarlarga ko‘ra, Netanyaxuning rejasi harbiy boshliqlarning qarshiligiga uchramoqda

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Xabarlarga ko‘ra, Netanyaxuning rejasi harbiy boshliqlarning qarshiligiga uchramoqda

"Qaror qabul qilindi, endi ortga yo‘l yo‘q. Biz G‘azo sektorini to‘liq egallashga va Hamasni mag‘lub etishda davom etamiz", deb ta’kidlagan isroillik jurnalistlarga yuqori martabali amaldor.

Harbiy boshliq va boshqa harbiy rahbarlar bu rejaga qarshi ekanligi haqidagi xabarlarga javoban, ismi oshkor etilmagan amaldor: "Agar bu shtab boshlig‘iga to‘g‘ri kelmasa, u iste’foga chiqishi kerak", dedi.

Garovga olinganlarning oilalari bunday rejalar yaqinlarining hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda. G‘azoda 50 nafar garovga olinganlarning 20 nafari tirik deb hisoblanadi. So‘rovnomalarga ko‘ra esa, har to‘rt isroillikdan uchtasi ularni qaytarish uchun sulh shartnomasini afzal ko‘radi.

Isroilning ko‘plab yaqin ittifoqchilari ham urushni tugatish va gumanitar inqirozni yumshatish uchun harakat qilishga undagan holda bunday harakatni qoralaydi.

Isroilning o‘zida, yuzlab nafaqadagi Isroil xavfsizlik xodimlari, jumladan, sobiq razvedka agentliklari rahbarlari AQSh prezidenti Donald Trampga Netanyaxuga urushni tugatish uchun bosim o‘tkazishni so‘rab xat yo‘llashdi.

Xatni imzolaganlardan biri, ichki razvedka agentligining sobiq boshlig‘i Ami Ayalon BBC ga bundan bu yog‘iga harbiy harakatlar behuda bo‘lishini aytdi.

Aloqador mavzular:
Ami Ayalon
BBC
Harbiy nuqtai nazardan, Hamas butunlay yo‘q qilib bo‘lingan. U mafkura sifatida Falastin xalqi orasida, va Islom dunyosida tobora ko‘proq kuchga ega bo‘lmoqda.
Ami Ayalon
Ichki razvedka agentligining sobiq boshlig‘i

"Harbiy nuqtai nazardan, Hamas butunlay yo‘q qilib bo‘lingan. U mafkura sifatida Falastin xalqi orasida, atrofimizdagi arab mahallalarida va shuningdek, Islom dunyosida tobora ko‘proq kuchga ega bo‘lmoqda. Hamas mafkurasini mag‘lub etishning yagona yo‘li – bu yaxshiroq kelajakni taqdim etishdir."

So‘nggi o‘zgarishlar Hamas bilan sulh va garovga olinganlar bo‘yicha bilvosita muzokaralar to‘xtab qolganidan so‘ng yuz berdi. Falastin qurolli guruhlari garovga olingan ikkita isroillikning zaif va holdan toygan holdagi uchta videosini chiqardi.

2023 yil 7 oktyabr kuni Nova musiqa festivalidan o‘g‘irlab ketilgan Rom Blaslavski va Evyatar Davidning tasvirlari isroilliklarni hayratda qoldirdi. David er osti tunnelida o‘z qabrini qazayotgani ko‘rsatilgan.

So‘nggi media e’lonlari Hamasni yangi bitimga majburlash uchun bosim taktikasi ekanligi haqida ba’zi taxminlar mavjud.

Isroil harbiylari allaqachon G‘azoning 75 foizini boshqaruv nazorati ostiga olgani aytmoqda. Ammo taklif qilingan rejaga ko‘ra, u butun hududni egallab, hozir ikki milliondan ortiq falastinliklar to‘plangan hududlargacha kirib boradi.

Bu tinch aholi va BMT hamda boshqa yordam guruhlarining faoliyati uchun nimani anglatishi aniq emas. G‘azodagi 2,1 million aholining qariyb 90 foizi ko‘chirilgan, hatto ba’zilari bir necha martalab ko‘chirilgan va ular gavjum va og‘ir sharoitlarda yashamoqda. Gumanitar guruhlar va BMT rasmiylari ko‘pchilik ochlikdan o‘layotganini aytib, Isroilni muhim yordamni tarqatishga to‘sqinlik qilishda ayblamoqda.

Hamas tomonidan e’lon qilingan videodan olingan kadrda isroillik garovga olingan Evyatar Davidning G‘azo tunelida ushlab turilgani ko‘rsatilgan

Surat manbasi, BBC (other)

Surat tagso‘zi, Hamas tomonidan e’lon qilingan videodan olingan kadrda isroillik garovga olingan Evyatar Davidning G‘azo tunelida ushlab turilgani ko‘rsatilgan

Isroil esa G‘azodagi sharoitlarni yaxshilash maqsadida u yerdagi mahalliy tadbirkorlarga ayrim mahsulotlarni olib kirishni qayta boshlashga ruxsat berishini aytmoqda. Tasdiqlangan narsalar orasida bolalar ovqatlari, meva va sabzavotlar hamda gigiena vositalari mavjud. Ilgari Hamas foyda ko‘rayotgani haqidagi da’volar tufayli xususiy import to‘xtatilgan edi.

Rasmiy javob bo‘lmadi, ammo ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilning ba’zi qismlarini boshqaradigan Falastin ma’muriyati rasmiylari Isroil taklifini qoralab, xalqaro hamjamiyatni har qanday yangi harbiy ishg‘olni oldini olish uchun aralashishga chaqirdi.

Falastinliklar Isroilning o‘ta o‘ng qanot vazirlari G‘azoni to‘liq egallab olish va anneksiya qilishni ochiqchasiga targ‘ib qilayotganini va oxir-oqibat u yerda yangi yahudiy aholi punktlarini qurishni istayotganini ta’kidlashmoqda.

2005 yilda Isroil G‘azo sektoridagi aholi punktlarini yo‘q qildi va o‘z kuchlarini u yerdan olib chiqdi.

Ammo Misr bilan bir qatorda, ular hududga kirishni qattiq nazorat qilishni saqlab qolishdi.

Yangi ishg‘ol g‘oyasi o‘nlab yillar davom etgan Isroil-Falastin mojarosini hal qilish uchun uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan xalqaro formula – ikki davlat yechimini jonlantirish bo‘yicha tobora kuchayib borayotgan xalqaro harakatlar fonida paydo bo‘ldi. U G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorida mustaqil Falastin davlatini tashkil etishni ko‘zda tutadi, uning poytaxti Sharqiy Quddus bo‘ladi.

O‘tgan hafta Buyuk Britaniya va Kanada Falastin davlatini tan olish bo‘yicha shartli rejalarini e’lon qilib, bu borada Frantsiya qatoriga qo‘shildi.

Isroil bosh vaziri G‘azodagi keyingi qadamlarni hal qilish uchun asosiy vazirlar va harbiy rahbarlar bilan uchrashishi kutilmoqda. Isroil armiyasi radiosining xabar berishicha, ular markaziy qochqinlar lagerlarini o‘rab olish, havo hujumlari va quruqlikdagi reydlarni o‘tkazish bo‘yicha dastlabki armiya rejalarini muhokama qilishlari kerak.

Netanyaxu bu hafta to‘liq xavfsizlik kabineti yig‘ilishini chaqirishini aytdi.

Isroil ommaviy axborot vositalari sharhlovchilari shubha bildirishdi va amaliy harbiy, siyosiy va diplomatik muammolarga e’tibor qaratishdi. "Yedioth Ahronoth" gazetasida Nahum Barnea: "Netanyaxu hech qachon bunday miqyosda tavakkal qilmagan", deydi.

U Isroil bosh vaziri o‘zining barcha urush maqsadlariga erishish haqidagi va’dasini takrorlaganini ta’kidlaydi.

"Ammo 22 oylik qonli janglardan so‘ng, bunday va’dalarni jiddiy qabul qilish qiyin. Netanyaxuning G‘azodagi urushda faqat bitta maqsadi borga o‘xshaydi, bu urushni uzaytirish."

Isroil G‘azoda o‘zining harbiy hujumini 2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroil janubiga hujumiga javoban boshladi, unda 1200 ga yaqin odam o‘ldirilgan va 251 kishi garovga olingan edi.

O‘shandan beri Isroil kuchlari tomonidan G‘azoda kamida 61,020 falastinlik o‘ldirilgan, deb xabar beradi Hamas tomonidan boshqariladigan sog‘liqni saqlash vazirligi.

12 iyun 2025. AQSh elchisi: Musulmon mamlakatlar Falastin davlati uchun yer bersinlar

Elchi Mayk Hakabining VVS ga intervyusi
Surat tagso‘zi, Elchi Mayk Hakabi so‘zlariga ko‘ra, hozirgi AQSh ma’muriyati ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlamaydi

AQShning Isroildagi elchisi "musulmon mamlakatlar" kelajakdagi Falastin davlatini barpo etish uchun o‘z yerlarining bir qismini berishlari kerakligini taklif qildi.

Elchi Mayk Hakabi Bi-bi-siga shunday dedi:

"Musulmon mamlakatlar Isroil nazoratidagi yerlarga nisbatan 644 barobar ko‘p yerga ega. Shuning uchun, agar Falastin davlatini yaratishga shunchalik xohish bo‘lsa, ehtimol, kimdir: 'Biz uni qabul qilamiz', der?"

Aloqador mavzular

Elchi shuningdek, AQShning Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi ittifoqchilarini ham tanqid qildi. Ular Isroil ishg‘oli ostidagi G‘arbiy Sohildagi Falastin jamoalariga nisbatan "zo‘ravonlikka da’vatlar"i uchun isroillik o‘ta o‘ng qanotchi ikki vazirga sanksiya joriy qilgan edilar.

Intervyuda elchi Mayk Hakabi ikki davlat yechimini — Isroil va Falastin o‘rtasida tinchlik o‘rnatish uchun taklif qilingan va ko‘plab AQSh ma’muriyatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan formulani — "orzu qilinadigan maqsad" deb atadi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Ikki davlat yechimi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va G‘azoda, sharqiy Quddus poytaxti bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini nazarda tutadi. Bu davlat Isroil bilan yonma-yon mavjud bo‘ladi.

Bloomberg'ga bergan alohida intervyusida elchi Mayk Hakabi aytishicha, AQSh endi mustaqil Falastin davlatini yaratish maqsadini ko‘zlamayapti.

AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi Temmi Bryus keyinroq shunday dedi: "Elchi o‘z shaxsiy fikrini bildirgan. AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati uchun prezident mas’ul."

Iqtibos

Surat manbasi, .

Shu oy oxirida Nyu-Yorkdagi BMTda Frantsiya va Saudiya diplomatlari Falastin davlatini yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasini belgilashga qaratilgan anjumanga mezbonlik qiladilar.

Mayk Hakabi kelajakdagi Falastin davlati qaerda joylashishi mumkinligi yoki AQSh bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash-quvvatlamasligi haqida aniq gapirmagan bo‘lsa-da, u anjumanni "noqulay vaqtdagi va nomaqbul" deb ta’rifladi.

"Bu urush davrida Yevropa davlatlari tomonidan bunday tashabbusni ilgari surish mutlaqo noto‘g‘ri," dedi u. "Bu Isroil xavfsizligini kamaytiradi."

"Nega u (Falastin davlati) aynan Isroil egallab turgan yerda bo‘lishi shart?" — dedi u Bi-bi-sining Newshour dasturi bilan suhbatda.

"Menimcha, bu savolni ikki davlatli yechimni qo‘llab-quvvatlayotgan har bir kishiga berish kerak."

Falastin davlati G‘arbiy Sohilda joylashmasligi kerak degan mavqe AQSh mavqe’mi, degan savolga Hakabi shunday javob berdi: "Men hech qachon bo‘lmaydi demayman, lekin madaniyat o‘zgarishi kerak.

Hozirgi madaniyatda yahudiylarni nishonga olish va o‘ldirish mumkin va bu uchun mukofot beriladi. Bu narsa o‘zgarishi kerak."

Isroil ikki davlatli yechimni rad etadi. Isroilga ko‘ra, har qanday yakuniy kelishuv falastinliklar bilan muzokaralar natijasida bo‘lishi kerak, davlatchilik esa shart sifatida qo‘yilmasligi lozim.

Hakabi avval ham "katta Isroil" g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Bu g‘oya ishg‘ol qilingan Falastin hududlari ustidan Isroilning doimiy nazoratini ta’minlashni nazarda tutadi. U G‘arbiy Sohil uchun "Yahudiya va Samariya" degan bibliyaviy atamalardan foydalangan.

Mayk Hakabining ba’zi bayonotlari Isroildagi ultramillatchi guruhlarning nuqtai nazarini aks ettiradi. Bu harakatdagi ba’zi siyosatchilar, jumladan joriy hukumatdagi o‘ta o‘ng qanotchi vazirlar, G‘arbiy Sohil va G‘azodan falastinliklarni chiqarib yuborishni taklif qiladilar. Bu vazirlar, "Falastin davlati arab yoki musulmon mamlakatlarida tashkil etilishi mumkin", deydilar.

Agar bunday siyosat amalga oshirilsa, huquqni himoya qilish tashkilotlari va Yevropa hukumatlari buni xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishi deb hisoblaydilar.

Sanksiyalar - "larzaga soluvchi"

Elchi Mayk Hakabi Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va Moliya vaziri Bezalel Smotrichga qarshi sanksiyalar joriy etilganiga ham munosabat bildirdi. 10 iyun kuni Buyuk Britaniya, Norvegiya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya isroillik ikki vazirga sanksiya qo‘llash haqida qo‘shma qaror qabul qilgan edilar.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lammi isroillik vazirlar "ekstremistik zo‘ravonlikka da’vat qilganlar va falastinliklarning inson huquqlarini jiddiy buzganlar" deb bayonot berdi. Ularga Britaniyaga kirish taqiqlandi va Britaniyadagi aktivlari muzlatildi.

Isroil bu qarorga qattiq e’tiroz bildirdi, Hakabi esa buni "shokka soladigan qaror" deb atadi.

"Men haligacha bu ikki saylangan vazir mamlakat suverenitetini hurmat qilishi kerak bo‘lgan hamda hech qanday jinoiy harakat sodir etmaganlarini tan olishlari lozim bo‘lgan mamlakatlar tomonidan nega sanksiyaga tortilganlari haqida jiddiy sababni eshitganim yo‘q," dedi u.

G‘azodagi urush 2023 yil oktyabrida Hamas Isroilga hujum qilib, taxminan 1200 kishini o‘ldirib, 251 nafarini garovga olganidan keyin boshlandi.

Hozirgi paytda Hamas tomonidan G‘azoda 56 nafar garovdagi shaxs saqlanayapti, ulardan kamida 20 nafari tirik deb ko‘riladi.

2023 yil oktyabridan buyon G‘azodagi Hamas boshqaruvidagi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 54927 falastinlik halok bo‘lgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ularning to‘rtdan biri bolalardir.