O'zbek olimpiadachilari Parij-2024 dan oldin medallarni qo'lga kiritdilar

- Author, Komron Ergashev
- Role, Buyuk Britaniya
- Ўқилиш вақти: 3 дақ
Angliyaning Bas shahrida bo'lib o'tgan 65-matematika bo'yicha xalqaro olimpiadada O'zbekiston jamoasi ikkita kumush, uchta bronza medalni qo'lga kiritdilar.
Xalqaro matematika olimpiadasi dunyodagi eng nufuzli akademik musobaqalardan biri hisoblanadi.
Unda oliy ta'lim olmayotgan talabalar va matematik tadqiqotlarda o'z ulushini qo'shayotgan ishtirokchilar qatnashadilar.
- Самарқанд шахмат чемпионати Ўзбекистонга нима беради?
- Britaniyada o'qish: O'zbek va Bangladesh palovini farqlagan Safin
- Britaniyada o'qish: Janona Seynt-Endryus Universitetida neyrofanlarni o'rganadi
- Britaniyada o'qish, Oksford universiteti talabasi: Xorazmiyning fanga hissasini hech kim hatlab o'tolmaydi
Xalqaro matematika olimpiadasi har yili o'tkaziladi va ikki kun davomida olti masalani echishga 4,5 soat muhlat berib imtihonlar tashkillashtiriladi.

Сурат манбаси, Telegram/UzMathCommunity
Har kuni uch masalani echish talab qilinadi.
Olimpiada algebra, kombinatorika, geometriya, sonlar nazariyasi yo'nalishlarini qamrab oladi. Imtihonlar juda ko'p masala yechishni talab etadi va tashkilotchilar bu imtihonlarga oylab, ba'zan esa yillab tayyorgarlik ko'radilar.
Hatto ba'zi mamlakatlar xalqaro olimpiadadan oldin unga tayyorgarlik uchun maxsus treyning lagerlarini tashkillashtiradilar.
Olimpiadada har bir masala 7 ball bilan baholanadi va g'olib mamlakat har bir ishtirokchining individual ballarini jamlashtirish yo'li bilan aniqlanadi.

Сурат манбаси, Telegram/UzMathCommunity
Bu yilgi xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari London shahriga, Oksford Universiteti, Ikkinchi Jahon Urushida shifrlash bo'limi joylashgan Bletchli-parkka va Stounhedjga sayohatlar qildilar.
Matematika olimpiadasining ochilish va yopilish marosimlari ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi, ularda taniqli kishilar chiqish qildilar.
Misol uchun, 1988 yilgi xalqaro olimpiada oltin medali sohibi Terens Tao maxsus ma'ruza qildi.
Terens Tao 2006 yili Filds medali sohibi ham bo'lgan, Filds medali matematikadagi Nobel mukofoti deb ko'riladi, faqat bu medal bilan har to'rt yilda mukofotlanadi.

Сурат манбаси, Telegram/UzMathCommunity
Xalqaro olimpiada doirasida sun'iy intellektdan matematika va matematika tadqiqotlarida foydalanish mavzusi qizg'in bahs qilindi. Muhokamalardan birida Sang Luong(Thang Luong) o'z jamoasining sun'iy aqlni ishlatishdagi qo'lga kiritgan yutug'ini namoyish etdi.
Xalqaro matematika olimpiadasida bu yil O'zbekistonni Asadbek Boboqulov, Madina Suyunova, Elbek Zohidjonov, Ozodbek Axtamov, To'lqin Jaylovov va Rasulbek G'affarovlar taqdim etdilar.
Xalqaro olimpiada bo'yicha O'zbekiston jamoasi ushbu nufuzli musobaqada qatnashayotgan 1997 yildan buyon eng yaxshi natijani qo'lga kiritdilar: ikki kumush va uch bronza.
•Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o'quvchisi To'lqin Jaylovov 24 ball bilan kumush,
•Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Elbek Zohidjonov 24 ball bilan kumush,
•Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o'quvchisi Ozodbek Axtamov 21 ball bilan bronza,
•Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Rasulbek G'affarov 21 ball bilan bronza,
•Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o'quvchisi Madina Suyunova 17 ball bilan bronza medalini qo'lga kiritdilar.
Bu yilgi g'olib jamoa AQSh bo'ldi, u 2 yuqori ball bilan besh yildan buyon birinchilikni qo'ldan bermay kelayotgan Xitoyni ortda qoldirdi.

Uchinchi o'rinni Janubiy Koreya jamoasi egalladi.
Bu yil O'zbekiston 43-o'rinni egalladi, bu jamoaning 2010 yildan buyon eng yaxshi ko'rsatkichi bo'ldi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yili fan olimpiadalari g'oliblarini mukofotlash haqidagi qarorni imzolagan.
Ushbu qarorga binoan, kumush medal sohibi 102 million so'm, o'qituvchisi 85 million so'm, bronza medali sohibi 68 million so'm, ustozi 51 million so'm pul mukofotlari bilan mukofotlanadilar.
Umid qilamizki, bu yilgi O'zbekiston matematiklarining g'alabasi keyingi yil yanada yuqori yutuqlarga ruhlantiradi.

Сурат манбаси, Telegram/UzMathCommunity
Xalqaro olimpiadaning eng yaxshi qismi - butun dunyo bo'ylab yangi do'stlar orttirish imkoniyati yuzaga kelishidir. Matematikani yaxshi ko'radigan har bir kishi o'z qiziqish va fikrlarini boshqa hammaslaklari bilan bo'lashishlari mumkin bo'ladi. Xalqaro musobaqada tanishgan insonlar bir umrga do'st bo'lib qoladilar.
Jahonda ko'plab xalqaro fan olimpiadalari o'tkaziladi.
Ular orasida biologiya, kimyo, fizika va informatika(kompyuter fanlari) bor.
Keyingi yil Xalqaro Matematika olimpiadasi Avstraliyaning Sanshayn-Kostida, 2026 yilgisi esa Xitoyning Shanxay shahrida bo'lib o'tadi.
https://t.me/bbcuzbek
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002















