Сурат тагсўзи, Xalqaro Qiynoq qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash kuni munosabati bilan Bishkekda bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan taniqli huquq faoli Azimjon Asqarovning suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Suratda Azimjon Asqarov va uning ayoli Hadicha Asqarova. Sapargүl Abdinabiyeva olgan suratlar.
Сурат тагсўзи, Azimjon Asqarov 2010 yilda Jaloloboddagi etnik zo‘ravonliklarda qatnashganlik va militsiya xodimini o‘ldirishda ayblangan. Ammo uning o‘zi hech qachon bu ayblarni bo‘yniga olmagan.
Сурат тагсўзи, Ko‘rgazma "Fridom Xauz" inson haqlari tashkilotti tomonidan uyushtirilgan.
Сурат тагсўзи, Chet ellik bolalar Azimjon Asqarovni qo‘llab-quvvatlab chizgan suratgar.
Сурат тагсўзи, Ko‘rgazmadan maqsad - Azimjon Asqarovni ma‘naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
Сурат тагсўзи, Azimjon Asqarovning o‘zi ham ko‘pgina avtoportretlar muallifi.
Сурат тагсўзи, Huquq faollari Azimjon Asqarovning qamoqda chizgan suratlarini 2011 yilda yashirincha namoyishga qo‘yishgan edi.
Сурат тагсўзи, Azimjon Asqarov Toshkentdagi Benьkov nomli rassomchilik bilim yurtini bitirgan. (Hozirgi Kamoliddin Behzod nomli Milliy rassomlik va dizayn instituti-tahr.)
Сурат тагсўзи, Azimjon Asqarov hibsga olingan kun. Moybo‘yoq.
Сурат тагсўзи, Ko‘rgazmadan Azimjon Asqarov 1977 yildan boshlab chizgan suratlar ham namoyish etilmoqda.
Сурат тагсўзи, Bu safar ko‘rgazma Qirg‘iziston Rassomlar Uyushmasining zalida bo‘lib o‘tmoqda
Сурат тагсўзи, Azimjon Asqarov Xelsinki guruhining "Inson huquqlari sohasidagi jasorati uchun" Faxriy Yorlig‘i va boshqa qator xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan.